Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi. «A» guruhi

2-tur. 27 fevral, 16:00. Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

LOKOMOTIV

Salamat Quttiboyev (1)
Marat Bikmayev (57)

2 : 0

AL-AHLI (BAA)

JAMOALAR TARKIBI
01.Ignatiy Nesterov
05.Kaxi Maxaradze
08.Salamat Quttiboyev
10.Marat Bikmayev
15.Sardor Mirzayev
18.Temur Kapadze
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
28.Shuhrat Muhammadiyev
33.Oleg Zoteev
42.Muhammad Kone
99.Jaloliddin Masharipov
  55.Majid Nosir
02.Salmin Xamis
03.Asamoa Gyan
04.Habib al-Fardan
05.Volid Abbos
10.Everton Ribeyro
13.Xamis Ismoil
57.Muhammad Sebil
62.Abdulaziz Sanqur
88.Majid Hassan
99.Makete Diop.
ZAHIRA
12.Ma’mur Ikromov
04.Boburbek Yo‘ldoshev
07.Gnoxere Krizo
11.Sadriddin Abdullayev
17.Salim Mustafoyev
29.Quvondiq Ro‘ziyev
37.Sherzod Fayziyev
  33.Saif Abdulla
7.Ismoil Hammadiy
20.Said Ahmad Abdulla
24.Muhammad Jobir al-Hammadiy
26.Abdulaziz Haykal
70.Volid Husayin
92.Said Jassim Hassan

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Lokomotiv" - Al-Ahli" 2:0. Temiryo‘lchilar dastlabki 3 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi
90+4'
Ribeyro jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p jonli devordan maydonni tark etdi
90+3'
Maxaradze jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida fol ishlatdi
90+1'
Krizo himoyachidan o‘tib, yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgandi, himoyachi unga nisbatan fol ishlatdi. Hakam o‘yinni to‘xtatmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Oleg Zoteev o‘rniga Sherzod Fayziyev tushdi
90'
Makete Diop bosh bilan noaniq zarba berdi
88'
Muhammadiyev o‘ng qanotdan oldinga yaxshi o‘tdi-yu, ammo uzatmani eplolmadi
87'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Salamat Quttiboyev o‘rniga Quvondiq Ro‘ziyev tushdi
86'
Vuuuuh! Bikmayevning uzatmasini jarima maydonchasi ichida o‘ziga bo‘ysundirdi, ammo uning zarba berishiiga himoyachi xalal berib qoldi
85'
Muhammadiyev o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi, ammo uzatma berishni qoyillatimadi
84'
Krizo ikki futbolchidan o‘tib ketishga urindi, ammo o‘zi fol ishlatdi
82'
VUUUUUUH! O‘sha Bikmayevning xatosidan keyin raqib juda xavfli hujum tashkil qilib, vaziyatdan foydalana olmadi. Diopning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, yon tomonga ketdi
81'
Ehhh, Bikmayev! Yaxshi hujum paytida sheriklariga pas berish o‘rniga o‘zi raqib futbolchisini aldashga urindi. ammo to‘pni oldirib qo‘ydi
80'
Kapadze maydon markazida ikki raqibdan o‘tib ketib, hujumga o‘tayotgan edi, ammo uchinchisidan o‘tib ketish unga nasib qilmadi
78'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ammo muvaffaqiyatsiz
76'
Bikmayev Krizoni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo ofsayd
75'
Jarima zarbasini Sardor Mirzayev to‘g‘ri darvoza tomon yo‘naltirdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
74'
Said Ahmad Abdulla ogohlantirildi
74'
Mehmon futbolchisi jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
72'
"Al-Ahli"da ham o‘zgarish: Majid Hassan o‘rniga Said Ahmad Abdulla tushdi
72'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Masharipov o‘rniga Gnoxere Krizo tushdi
71'
Bikmayev chap tomonda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Majid Nosir to‘pni egallab oldi
70'
Vuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Makete Diop bosh bilan zarba berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
69'
Zoteev chap qanotdan yeztama berdi. To‘pga Mirzayev sakradi, ammo yeta olmadi
67'
Zoteev chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Majid Nosir to‘pni egallab oldi
66'
Zoteevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
65'
Amirlik futbolchilari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Futbolchilarimiz xavfni bartaraf etishdi
61'
"Lokomotiv" qarshi hujumga o‘tayotganida Bikmayev texnik xatoga yo‘l qo‘ydi va hujum yo‘qqa chiqdi
57'
GOOOOOOL! Marat Bikmayev! 2:0! Himoyachilarning xatosidan keyin Marat yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi!
55'
"Ahli" futbolchisi ofsaydda qoldi
55'
To‘p nazorati BAA klubi tomonida. "Lokomotiv" himoyalanmoqda
49'
Quttiboyev jarima maydonchasi burchagidakn zarba berdi. Nosir to‘pni egallab oldi
47'
"Ahli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni vakillarimiz egallab olishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Lokomotiv" - "Al-Ahli" 1:0.
45+2'
Kapadze jarima maydonchasiga kirayotgan Maxaradze tomon uzatma berdi. Majid Nosir to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Jaloliddin Masharipov jarima zarbasini tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
42'
Shundoqqina "Al-Ahli" jarima maydonchasi chizig‘i oldidan Quttiboyevga nisbatan fol ishlatildi. Yaxshi vaziyat
40'
Vuh! Masharipov olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
38'
Navbatdagi hujum natijasida Mirzayev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
37'
Jamoamiz qarshi xujum tashkil qildi. Quttiboyev o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga vakillarimizdan hech kim yetib bora olmadi. Himoyachi to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi
31'
Vuuuuh! "Al-Ahli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va darvozani ishg‘ol qildi! Hakam golni inobatga olmadi, boisi raqiblar Maxaradzega nisbatan fol ishlatishgandi
30'
Eh! Qarshi hujum paytida Sardor Mirzayev raqib jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p Zoteevga tegib qolgani uchun darvozagacha bormadi
26'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga mehmon futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. Nesterov to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
25'
VUUUUUH! Nesterov "Loko"ni goldan qutqarmoqda! Habib Fardan jarima maydonchasi chizig‘i oldidan aniq zarba berdi. Ignatiy chiroyli seyv namoyish qildi
25'
Jarohat olgan Asamoa Gyan o‘yinni davom ettira olmadi. uning o‘rniga Sayid Jassim Hassan tushdi
24'
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Nesterov musht bilan to‘pni urib yubordi
21'
Nesterov qaltis harakat qildi. U o‘ziga yetkazilgan to‘pni ko‘p ushlab qoldi. Natijada hujumchi undan to‘pni olib qo‘yishiga bir baxya qoldi
19'
Kapadze o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni raqiblarga oldirib qo‘ydi. "Al-Ahli" futbolchisi zarbasi yo‘liga himoyachilarimiz g‘ov bo‘lishdi
17'
Vuuuh! Maydon markazida mehmonlar To‘xtaxo‘jayevga nisbatan fol ishlatishdi, ammo xitoylik hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Natijada Ribeyro jarima maydonchasiga kirib, zarba berdi. Nesterov to‘pni egallab oldi
16'
Marat Bikmayev jarima maydonchasi tashqarisida bir himoyachini aldashga urindi, ammo bu ishni uddalay olmadi. Aks holda birga bir vaziyatga chiqib ketardi
14'
O‘yin tempi yuqori emas
11'
"Al-Ahli" futbolchisi Asamoa Gyan jarohat oldi. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko‘rsatiladi
11'
Maxaradze aniq uzatma bera olmagani uchun hujum uzilib qoldi
8'
Ustunlik mehmonlar tomonida. "Lokomotiv" maydon markazidan o‘ta olmayapti
6'
Ikkinchi burchak to‘pini Bikmayev egallab oldi va to‘pni oldinga tepib yubordi
5'
"Al-Ahli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nesterov qiyinchilik bilan to‘pni to‘sin ustidan o‘tkazib yubordi
1'
GOOOOOOOL! Salamat Quttiboyev, 1:0! "Lokomotiv" birinchi hujumniyoq gol bilan yakunlandi. Temur Kapadze Bikmayev chap qanotdan oldinga boshladi. Maratning uzatmasini Quttiboyev bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
1'
Diqqat, uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga "Lokomotiv" futbolchilari kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Osiyo chempionlar ligasining 2-tur o‘yinlari boshlanmoqda. "Lokomotiv" o‘z maydonida BAAning "Al-Ahli" klubini qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.