Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi. «S» guruhi
| 2-tur. 28 fevral, 18:00 | ||
BUNYODKORVadim Chemirtan (10)
Doston Hamdamov (43) |
2 : 3 |
AL-AYNUmar Abdulrahmon (8, 89-penalti)
Lukas Kayo (15) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Murodjon Zuhurov 02.Rustamjon Ashurmatov, 04.Akrom Komilov 07.Dushan Michich 08.Javlon Ibrohimov 10.Eldor Shomurodov 11.Vadim Chemirtan 16.Alisher Sanoyev 17.Dostonbek Hamdamov 19.Nurillo To‘xtasinov 21.Dilshodbek Ahmadaliyev |
17.Xolid Eysa 5.Ismoil Ahmad 7.Lukas Kayo 10.Umar Abdulrahmon 13.Ahmad Barman 15.Xolid Abdulrahmon 16.Muhammad ar-Raqiy 19.Mohnad Salim 20.Nosir ash-Shamroniy 29.Li Myung Ju 77.Bandar al-Ahbobiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
45.Dilshod Hamroyev 05.Javlon Mirabdullayev 20.Sardorbek Azimov 29.Otabek Shukurov 30.Xurshid G‘iyosov 44.Mirjamol Qosimov 97.Javohir Esonqulov |
40.Muhammad Busanda 3.Dovud Ali 11.Said AL-Xatiriy 14.Muhammad Salim 18.Ibrohim Diakiy 37.Rashid Muxayer 70.Danilo Asprilya |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Vadim Chemirtan (27)
Nurullo To‘xtasinov (30) Akrom Komilov (67) Rustam Ashurmatov (90+2) |
Ahmad Barman (44)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Akrom Komilov (71)
|
||
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Bunyodkor" yaxshi o‘ynab, imkoniyatni boy berdi |
| 90+3' | ![]() |
Ehhhh, hisobni tenglashtirishimiz kerak edi! Shomurodov jarima maydonchasiga kirdi va... na aniq zarba berdi, na aniq uzatma... |
| 90+2' | ![]() |
Rustam Ashurmatov ogohlantirildi |
| 90+1' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Ahmadaliyev o‘rniga Javohir Esonqulov tushdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
GOL! Umar Abdulrahmon, 2:3. Zuxurovga imkoniyat qoldirmadi |
| 88' | ![]() |
Ehhh, darvozamiz tomon penalti... Shukurov jarima maydonchasi ichida Kayoni yiqitdi. Kerakmidi shu? |
| 86' | ![]() |
Chemirtan ofsaydda qoldi |
| 83' | ![]() |
Chap qanotda Chemirtanga nisbatan fol ishlatildi. G‘iyosov yetkazib bergan uzatmani Michich bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo noaniq |
| 82' | ![]() |
Shukurov to‘pni orqaroqdagi G‘isovga uzatdi va Xurshid to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 81' | ![]() |
Burchak to‘pi ishladik |
| 80' | ![]() |
Yaxshi! Umarning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 79' | ![]() |
Hakam darvozamiz tomon jarima zarbasi belgilamoqda. Darvozagacha 25 metrlar bor |
| 77' | ![]() |
Chemirtan olis masofadan naoniq zarba berdi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuuh! Qarshi hujumdan foydalanib qolishimiz mumkin edi! Shomurodov o‘z jarima maydonchasi oldida to‘ni egalladi va butun maydonni bosib o‘tib, Hamdamovga uzatma berdi. Doston to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi, ammo Eysa uni egallab oldi. Shomurodov biroz yeta olmadi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuuh! Kayonin o‘ta xavfli zarbasini Zuhurov qaytarmoqda. To‘p olis to‘qqizlikka kirayotgandi |
| 74' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Yarim himoyachi To‘xtasinov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Xurshid G‘iyosov tushirildi. G‘iyosov Komilovning pozisiyasini yopishi kerak |
| 71' | ![]() |
Kutilmagan holat! Akrom Komilov maydondan chetlatildi. Hozirgina maydonga tushgan Asprilyani to‘psiz holatda himoyachimiz urdi shekilli. |
| 69' | ![]() |
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Ahmad Barman o‘rniga Danilo Asprilya tushirildi |
| 67' | ![]() |
Akrom Komilov sariq oldi. Xavfli o‘yin uchun |
| 66' | ![]() |
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Shamroniy o‘rniga Abrohim Diakiy tushdi |
| 65' | ![]() |
Ehh, Raqib jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatma uchun kurashda Chemirtan raqibdan to‘pni olib qo‘yib, birga bir vaziyatda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘ib ketdi. Boz ustiga, hakam Chemirtan qoidani buzdi deb hisobladi |
| 64' | ![]() |
Ehh, Chemirtan bergan kuchli zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 62' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Chemirtanga nisbatan fol ishlatildi. Bundan foydalanish kerak |
| 61' | ![]() |
VUUUUUH! Hamdamov ajoyib imkoniyatni ko‘kka sovurdi! Shomurodov chap qanotdan bergan uzatmani jarima maydonchasining narigi tomonida Hamdamov egalladi va yordamga kelgan Ibrohimovga pas berdi. Javlon to‘pni egallab turib, jarima maydonchasi kirib kelgan Dostonning o‘ziga berdi. Afsuski, Hamdmov 12-13 metrlardan to‘pni yuqoriga tepib yubordi |
| 59' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Kayo chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Murodjon to‘pni qabul qildi |
| 59' | ![]() |
Vuuuh! Umarning olis masofadan yetkazgan uzatmasidan keyin Shamroniy birga bir vaziyatga chiqayotgandi, Zuhurov to‘pni egallab oldi |
| 57' | ![]() |
Umar Abdulrahmon olis masofadan noaniq zarba berdi |
| 56' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Umar Abdulrahmon jarima maydonchamizga yetkazdi. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi |
| 55' | ![]() |
VUUUUUH! Ehhhhh! Shomurodov 15 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon maydonchasi ichida turgan Ismoil Ahmad to‘pni qaytardi, to‘p esa Chemirtanning oyog‘iga tegib, maydonni tark etdi |
| 54' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Alisher Sanoyev o‘rniga Otabek Shukurov tushirildi |
| 53' | ![]() |
Ehhhh, Chemirtan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo muvozanatni yo‘qotdi va yiqilib tushdi |
| 52' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Kayo jarima maydonchasi ichida darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘pni Zuxurov egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Komilov chap qanotdan yetkazgan uzatmani himoyachi qaytardi |
| 49' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga mehmon futbolchisi aniq zarba bera olmadi |
| 48' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Michich bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" - "Al-Ayn" - 2:2. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Shamroniy 18 metrlardan zarba berdi. Zuhurov to‘pni egalladi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 45+1' | ![]() |
Hamdamov to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Umar to‘pni qaytarib qoldi |
| 45' | ![]() |
Oho! Ahmadaliyev o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirayotganida Kayo uni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin |
| 44' | ![]() |
Ahmad Barman sariq kartochka oldi |
| 43' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Doston Hamdamov, 2:2! Sanoyevning uzatmasidan keyin Chemirtan chap qanotdan oldinga o‘tdi va raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Hamdamov himoyachini ortda qoldirib, 6 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi! |
| 38' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar" o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazib berishdi. Havodagi kurashlarda Amirlik futbolchilari ustunlik qilishmoqda |
| 36' | ![]() |
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Ahbobiy o‘rnig Dovud Ali tushdi |
| 34' | ![]() |
"Al-Ayn" himoyachisi Bandar al-Ahbobiy yo‘q joydan jarohat orttirib oldi shekilli, uni yordamchi mashinada maydondan olib chiqib ketishdi |
| 32' | ![]() |
Sanoyev jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 31' | ![]() |
Chap qanotda Hamdamov ikki futbolchi orasida o‘tib ketishga harakat qildi. Ammo Xolid uni yiqitdi |
| 24' | ![]() |
VUUUUUH! "Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni egallagan mehmonlar tezkor qarshi hujumga o‘tishdi. Shamroniy birga bir vaziyatga chiqib ketdi, biroq Ashurmatov xavfni bartaraf etdi! |
| 23' | ![]() |
Vuuuuh! Hamdamov chap qanotdan markaz tomon surildi va jarima maydonchasi oldidan zarba berdi. Xolid Eysa zarbani qaytardi |
| 22' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirib kelgan Umarga uzatma berildi. Michich to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etdi |
| 21' | ![]() |
Mehmonlar "Bunyodkor"ning hujum tashkil qilishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Li Myung Ju o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va sheriklariga uzatma berishga harakat qildi. Komilov to‘pni qaytarib qoldi |
| 15' | ![]() |
GOOL! Lukas Kayo, 1:2. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p "Bunyodkor" jarima maydonchasi ichidagi Kayoga kelib tushdi va u 6-7 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi |
| 10' | ![]() |
GOOOOOOOL! Vadim Chemirtan! 1:1! Maydon egalari chiroyli hujum orqali gol urishdi! Hamdamov birga bir vaziyatda bergan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi. Chemirtan esa bosh bilan darvozaga burib qo‘ydi! |
| 8' | ![]() |
GOOOOL! Umar Abdulrahmon chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Zuhurov zarbani qaytara olmadi. Afsus |
| 7' | ![]() |
Mezbonlar o‘z jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida Umarga nisbatan fol ishlatishdi |
| 5' | ![]() |
"Bunyodkor" birinchi raqamli jamoa sifatida hujumkor o‘yin namoyish qilmoqda |
| 5' | ![]() |
Vuuuh! Toshkentliklar qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasi atrofiga yetib kelishdi. So‘nggi pallada Sanoyev zarba bera olmay qoldi |
| 3' | ![]() |
Akrom Komilov olis masofadan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan maydonni tark etdi |
| 1' | ![]() |
Umar Abdulrahmon jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Zuhurov to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Bunyodkor" o‘z maydonida BAAning "Al-Ayn" klubini qabul qilmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|