Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 25-tur, 1 mart, 23:30. Bosh hakam: Sanches Martines | ||
BARSELONALionel Messi (9)
Xuan Rodriges (11-avtogol) Luis Suares (27) Pako Alkaser (49) Neymar (66) Ivan Rakitich (87) |
6 : 1 |
SPORTING XIXONKarlos Kastro (21)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 23.Samuel Yumtiti 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 06.Denis Suares 12.Rafinya 09.Luis Suares 11.Neymar 10.Lionel Messi |
01.Ivan Kuelyar (D) 29.Xuan Rodrigez 12.Uva Echejile 03.Jan-Silven Baben 16.Lilyo 02.Duglas 14.Burjui 10.Nacho Kases 21.Xavi Torres 06.Serxio Alvares 09.Karlos Kastro |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 03.Jerar Pike 21.Andre Gomes 08.Andres Inyesta 20.Serxi Roberto 17.Fransisko Alkaser |
13.Diyego Marino (D) 18.Ismael Lopez 07.Viktor Rodrigez 22.Mikel Vezga 11.Alberto Lora 08.Lasina Traore 24.Duye Chop |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Burgui (24)
Karlos Kastro (45) |
||
Matn
| 90' | ![]() |
Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOL! Ivan Rakitich, 6:1! |
| 87' | ![]() |
To‘la ustunlik kataloniyaliklar tomonida. |
| 81' | ![]() |
OHO! Albaning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. Hakam ofsayd qayd etdi |
| 80' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Neymar zarba berdi. Ancha noaniq |
| 78' | ![]() |
Vuuuh! Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p Kuelyarning qo‘lidan maydonni tark etdi |
| 73' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Serxi Roberto tushirildi |
| 72' | ![]() |
Neymar olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni qabul qilib oldi |
| 71' | ![]() |
Chap qanotdan Neymarga qarshi fol ishlatildi |
| 66' | ![]() |
GOOOOOOL! Neymar, 5:1! Braziliyalik futbolchi jarima zarbasidan to‘pni "to‘qqizlik"ga mixlab qo‘ydi! |
| 65' | ![]() |
Jarima maydonchasi o‘ng burchagida Rakitich yiqitildi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 64' | ![]() |
Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 61' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Lionel Messi o‘rniga Andre Gomesh tushdi |
| 60' | ![]() |
"Sporting"da o‘zgarish: Burgui o‘rniga Isma Lopes tushdi |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messi darvoza tomon yumshoq zarba berdi. To‘p to‘sin va ustunlar kesishgan joyga tegib, maydonni tark etdi |
| 58' | ![]() |
Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari yarim aylanmasi ichida Denis Suaresga nisbatan fol ishlatishdi. Kim tepadi? Neymar yoki Messi? |
| 57' | ![]() |
Burchakdan o‘yinga kiritilgan to‘pga Baben bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 55' | ![]() |
Xuan Rodriges ogohlantirish oldi. Ataylab Neymarni tepib qulatgani uchun |
| 51' | ![]() |
Oho! Denisning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasi chizig‘i oldidan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 49' | ![]() |
GOOOOOL! Pako Alkaser, 4:1! Messi himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, jarima maydonchasiga kirdi va Alkaserni to‘p bilan ta’minladi. Pako imkoniyatdan samarali foydalandi |
| 47' | ![]() |
"Barsa" ikkinchi bo‘limni keskin hujumlar bilan boshladi. Hozircha ish darvozaga zarba berishgacha yetib bormayapti |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish bo‘ldi: Luis Suares o‘rniga Pako Alkaser maydonga tushdi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Sporting Xixon" 3:1. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Neymar ogohlantirish oldi. Hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 45' | ![]() |
Karlos Kastro sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tayotgan Neymarni tortib to‘xtatdi |
| 43' | ![]() |
VUUUUUUH! Qarshi hujum paytida Neymar maydon markazida to‘pni egallab, katta tezlikdan oldinga yurdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Kuelyar oyog‘i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuuh! Burgui chap qanotda Busketsdan o‘tib ketdi va zarba berdi. Tur Shtegen to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Kastro esa to‘pga biroz yeta olmadi |
| 41' | ![]() |
Neymar darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Xixon posboni ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Maydon egalari yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 38' | ![]() |
Luis Suares olis masofadan yerlatib zarba berdi. Kuelyar to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rafinya jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Birinchi zarba aniq chiqmadi, ikkinchidan, himoyachi qaytardi |
| 32' | ![]() |
Burgui chap qanotda Umtitidan qochib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 29' | ![]() |
Oho! Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Braziliyalik futbolchi Suaresga uzatma bera olmadi. Kuelyar to‘pni egallab oldi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 3:1! Rakitichning uzatmasini himoyachi bosh bilan qaytardi. Urugvaylik futbolchi to‘pni yerga tushirmasdan 13 metrlardan kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 26' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Rakitich bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qoldi |
| 25' | ![]() |
Messi-Neymar-Suares uchligi jarima zarbasini kombinasiya shaklida amalga oshirishdi. Burchak to‘pi ishlandi |
| 24' | ![]() |
Burjui sariq kartochka oldi. Messini yiqitgani uchun |
| 23' | ![]() |
Rafinyaning uzatmasidan keyin Luis Suares birga bir vaziyatga qochib ketishi mumkin edi, himoyachi podkat orqali to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Karlos Kastro, 2:1! Alvares birga bir vaziyatda bergan zarbadan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi va Kastro yarim metrdan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 21' | ![]() |
VUUUUUH! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib pas bilan Rafinyani yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Yarim himoyachi o‘tkir burchak ostida aniq zarba bera olmadi! |
| 17' | ![]() |
"Barselona" to‘pni nazorat qilishga o‘tdi |
| 15' | ![]() |
"Sporting" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 13' | ![]() |
Vuuuh! Qarshi hujumda Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachini aldab zarba berdi. Boshqa himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
GOOOOOL! Luis Suares, 2:0! Neymarning uzatmasidan urugvaylik hujumchi birga bir vaziyatda darvozabonni aldab o‘tdi va posbonni aldab o‘tdi hamda o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan to‘rga borib tushdi |
| 9' | ![]() |
GOOOOOOL! Lionel Messi, 1:0! Maskerano kutilmaganda oldinga chiziqqa kuzatma berdi. Argentinalik hujumchi birga bir vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi |
| 6' | ![]() |
Neymar darvozabon maydonchasi tomon yugurayotgan Luis Suares tomon uzatma berdi. Markaziy himoyachi to‘pni qaytarib qoldi |
| 5' | ![]() |
Navbatdagi hujumda ham Rafinya ishtirok etdi. uning uzatmasini himoyachi qaytarib qoldi |
| 3' | ![]() |
Oho! Messi jarima maydonchasining o‘ng tomondagi burchagida turgan Rafinyani to‘p bilan ta’minladi. Yarim himoyachi chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil qilishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Pike vaziyatdan uzoqlashtirdi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | To‘pni o‘yinga "Sporting" futbolchilari kiritib beradigan bo‘lishdi | |
| ' | ![]() |
Diqqat, hakamlar va futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida Xixonning "Sporting" klubini qabul qilmoqda. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|