Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 26-tur. 4 mart, soat 20:15 | ||
EYBARRuben Penya (72)
|
1 : 4 |
REAL MADRIDKarim Benzema (14, 25)
Xames Rodriges (29) Marko Asensio (60) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Yoel (D) 04.Ivan Ramis 15.Mauro dos Santos 19.Antonio Luna 07.Ander Kapa 11.Ruben Penya 24.Adrian 14.Dani Garsiya 05.Gonsalo Eskalante 21.Pedro Leon 09.Serxi Enrik |
01.Keylor Navas (D) 03.Pepe 04.Serxio Ramos 06.Nacho 23.Danilo 14.Kazemiro 10.Xames Rodriges 20.Marko Asensio 19.Luka Modrich 17.Lukas Vaskes 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Asyer Riyesgo (D) 03.Aleks Galves 18.Anaits Arbilla 06.Kristian Rivera 08.Takashi Inui 17.Kike 25.Bebe |
13. Kiko Kasilya (D) 02. Daniel Karvaxal 12. Marselo 16. Mateo Kovachich 08. Toni Kroos 22. Isko 18. Mariano Dias |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 87' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Pedro Leo o‘rniga Takashi Inui tushdi |
| 86' | ![]() |
Vuuuuuuh! Leonning uzatmasidan keyin Enrich raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi |
| 84' | ![]() |
Madridliklar yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 83' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Pepe qaytarib qoldi |
| 79' | ![]() |
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Isko tushdi |
| 74' | ![]() |
Xames jarimadan yetkazib bergan uzatmaga Dias bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 72' | ![]() |
GOOOOOOL! Ruben Penya, 1:4! Chap qanotdan Leon yetkazib bergan uzatmani Penya darvozaga burib qo‘ydi |
| 71' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Mateo Kovachich tushdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuh! Burchak to‘pidan keyin Eskalante "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi |
| 66' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Mariano Dias tushdi |
| 65' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirish oldi. U keyingi turni o‘tkazib yuborishga majbur |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan aniq uzatmani Arbilya darvozabon maydonchasi ichida davroza tomon bura olmadi |
| 63' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Dani Garsiya o‘rniga Kristian Rivera tushdi |
| 62' | ![]() |
Nacho sariq kartochka oldi |
| 60' | ![]() |
GOOOOOOOL! Marko Asensio, 0:4! Asensio dastlab o‘ng qanotdan yordamga yetib kelgan Xamesni to‘p bilan ta’minladi. Rodrigesning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi va bo‘sh qolgan darvozani Asensio ishg‘ol qildi |
| 55' | ![]() |
"Eybar"da o‘zgarish: Antonio Luna o‘rniga Albilya tushdi |
| 54' | ![]() |
Penya chap qanotdan yetkazgan uzatmani Pepe bosh bilan qaytarib qoldi |
| 53' | ![]() |
Xames burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan qaytardi |
| 53' | ![]() |
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni "Real" jarima maydonchasi ichida Penya egalladi va zarba berdi. Danilo zarbani qaytardi! |
| 52' | ![]() |
"Eybar" to‘pni nazorat qilmoqda, Madrid bunga qarshi emas |
| 49' | ![]() |
Vuuuh! Yaxshi vaziyat! Nacho bosh bilan jarima maydonchasidagi Benzemaga to‘pni tashlab berdi. Ammo Karim yakkama-yakka darvozani ishg‘ol qila olmadi. Uning zarbasi noaniq chiqdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Eybar" - "Real" - 0:3. Tanaffus. |
| 44' | ![]() |
Vuuuh! "Real" to‘rtinchi golni urishi mumkin edi. Dastlab Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘pni Yoel oyog‘i bilan qaytardi. Hujumning davomida Asensio o‘ng tomondan zarba berdi. Psobon to‘pni egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Asensio jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 42' | ![]() |
Mezbonlar bosimni oshirishmoqda |
| 40' | ![]() |
Chap qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi |
| 38' | ![]() |
VUUUUH! Enrich! Yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Ramos qutqarmoqda |
| 38' | ![]() |
"Eybar" to‘pni nazorat qilmoqda, ammo "Real" himoyasini yorib o‘ta olmayapti |
| 34' | ![]() |
Danilo jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 32' | ![]() |
Gonsalo Eskalente ogohlantirish oldi. U Kazemiroga nisbatan fol ishlatdi |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Xames Rodriges, 0:3! Benzema o‘ng bergan uzatmani yarim himoyachi shundoqqina darvozabon maydonchasi ichidan to‘pni to‘rga joylab qo‘ydi |
| 28' | ![]() |
Xavfli vazyait! "Eybar" futbolchisi qanotdan bergan uzatma natijasi to‘p olis yuqori burchak tomon yo‘l olayotgandi, Navas to‘ni qaytardi, uning yonida turgan hujumchi posbonga nisbatan fol ishlatdi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 0:2! Xames jarimadan yetkazgan uzatmani Benzema yaqin masofadan oyog‘i bilan darvozaga burib qo‘ydi! |
| 23' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Muvaffaqiyatsiz |
| 22' | ![]() |
Kazemiro jarima maydonchasiga uzatma berdi, ammo to‘p hech kimga nasib qilmadi va maydonni tark etdi |
| 20' | ![]() |
"Eybar"ning hujumi. Eskalate jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi, ammo noaniq |
| 14' | ![]() |
GOOOOOOOL! Karim Benzema, 0:1! Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatma narigi tomonga o‘tib ketdi hamda Benzema yo‘llagan kuchli bo‘lmagan zarbani darvozabon qaytardi. Karim takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 12' | ![]() |
Mezbonlar maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarbani Navas qiyinchiliksiz egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Benzema bu safar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachini aldab o‘ta olmadi. |
| 7' | ![]() |
Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo himoyachilarni alday olmadi |
| 5' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilishmoqda |
| 1' | ![]() |
Vuuuuuh! Madridliklar raqib jarima maydonchasi tashqarisida yaxshi kombinasiya tashkil qildi va Bezemani birga bir vaziyatga chiqarishdi. Himoyachi Karim zarba bermasidan oldin to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 1' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga "Real" kiritib berdik. Ketdik! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Bugungi o‘yinda Beyl (diskvalifikasiya) va Ronaldu (jarohat) "Real"ga yordam bera olishmaydi. Bu esa jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. Ammo madridliklar safida yuqori saviyadagi futbolchilar yetarli |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida "Real" safarda "Eybar" mehmoni bo‘lmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|