Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi, nimchorak final

Javob o‘yini, 8 mart, 00:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya)

NAPOLI

Dris Mertens (24)

1 : 3

REAL MADRID

Serxio Ramos (52, 57)
Alvaro Morata (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
25.Pepe Reyna (D)
33.Raul Albiol
26.Kalidu Kulibali
02.Elseyd Xyusay
31.Favzi G‘ulom
05.Allan
42.Amadu Diavara
17.Marek Hamshik
24.Lorenso InsinYE
14.Dris Mertens
07.Xose Kalyexon
  01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
12.Marselo
02.Daniel Karvaxal
04.Serxio Ramos
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
01.Rafael Kabral (D)
19.Nikola Maksimovich
20.Pyotr Zelinski
30.Marko Rog
08.Jorjinyo
11.Kristian Madjo
99.Arkadiush Milik
  13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho
22.Isko
10.Xames Rodriges
23.Danilo
21.Alvaro Morata
17.Lukas Vaskes
SARIQ KARTOCHKA
Allan (55)
 

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Real" Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi.
90+1'
GOOOOOOOL! Alvaro Morata, 1:3! Dastlab Marseloning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Darvozabon qaytargan to‘pni Morata darvozaga joylab qo‘ydi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
Diavara ogohlantirish oldi
87'
Mertens raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Penalti yo‘q
83'
Vuuuuuuh! Karvaxal hujumga faol qo‘shildi, bir himoyachini aldab o‘tib, 5 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
82'
Rog olis masofadan zarba berdi. Noaniq
80'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Isko tushdi
78'
VUuuuh! "Real"da yaxshi imkoniyat! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib Morataga berdi. Hujumchining zarbasidan keyin to‘p himoyachidan maydonni tark etdi
77'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Morata tushdi
75'
"Napoli"da o‘zgarish: Hamshik o‘rniga Zelinski tushdi
72'
Vuuuuh! Vaskesning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi ichida darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi, ammo Reyna unga zarba berish imkoniyatini bermadi
70'
"Napoli"da o‘zgarish: Insinye o‘rniga Arkadiush Milik tushdi
68'
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
67'
Burchak to‘pidan keyin Kulibali baland sakrab bosh bilan zarba berishga urindi. Ammo himoyachi fol ishlatdi deb topildi
67'
Vuuuuh! "Napoli" yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Xamshik yetkazib bergan uzatmaga Mertens biroz yeta olmadi
65'
Vuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Rog jarima maydonchasi chizig‘i ustidan qabul qildi va zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
64'
Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
62'
Ramos 5 daqiqa ichida 2ta gol urib, to‘qnashuv taqdirini butunlay hal qilib qo‘ydi. Endi "Napoli" kamida 4ta gol urishi kerak. Bu esa imkonsiz ish
59'
Vuuuuh! Kalyexon jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi
57'
GOOOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:2! Yana bir burchak to‘pi, yana bosh bilan zarba va yana gol!
56'
"Napoli"da o‘zgarish: Allan o‘rniga Marko Rog tushdi
55'
Allan sariq kartochka oldi
54'
"Napoli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Marselo to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
52'
GOOOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani "Real" sardori bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
51'
Mezbonlar maydon markazida to‘pni raqibga berib qo‘yishdi. Kroos olis ustun tomon uzatma berdi. Xyusay bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
48'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ramos bosh bilan qaytardi
47'
Vuuuuuh! Marseloning olis masofadan yetkazilgan uzatmani raqib jarima maydonchasi tashqarisida egalladi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
'
Ushbu to‘qnashuvda umumiy hisob 2:3ga yetdi, "Real" foydasiga. Bitta gol "Napoli"ni keyingi bosqichga olib chiqadi, safarda urilgan gol evaziga. "Madrid" bitta gol ursa, ko‘p narsani hal qilib qo‘yadi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Napoli" - "Real" - 1:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi.
41'
Vuuuuh! Insinye chap qanotdan uzatma berib, jarima maydonchasiga kirgan Hamshikni to‘p bilan ta’minladi. Marek o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi
39'
VUUUUUUH! Hamshik maydon markazidan boshlab "Real" darvozaboni bilan yakkma-yakka vaziyatga chiqib ketdi va jarima maydonchasi ostonasidan zarba berdi. Noaniq
37'
VUUUUUUUUH! Bu safar omad "Real" tomonida bo‘ldi. Mertens jarima maydonchasi ichida zarba berdi. To‘p ustunga tegib, yon tomonga ketdi
37'
"Napoli" chap qanotda jarima to‘pi ishladi
35'
Vuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Kulibali bosh bilan zarba berdi. Zarba noaniq chiqdi, vaholanki, unga hech kim xalal bermayotgandi
34'
Mezbonlar raqibga nisbatan ancha jiddiy pressing uyushtirmoqda
29'
VUUUUUUUUUH! "Real" qarshi hujumga o‘tib ketdi hamda Ronaldu Reynani aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni Beyl egalladi va chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib zarba berdi. To‘p darvozabonning qo‘lidan narigi tomonga o‘tib ketdi
27'
Goldan ruhlangan neapolliklar bosimni oshirishmoqda. Himoyachilar Insinyega muvaffaqiyatli zarba berishga imkon berishmadi
24'
GOOOOOOOOL! Dris Mertens, 1:0! Maydon egalari chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Mertenesni to‘p bilan ta’minlashdi va hujumchi o‘tkir burchak ostida birga-bir vaziyatda zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi!
23'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi
22'
Mehmonlar qarshi hujumdan foydalana olishmadi. Beyl to‘pni o‘zida ko‘p saqlab qoldi va vaziyat qo‘ldan chiqdi
21'
O‘yin tempi tushdi. To‘p nazorati "Real" tomoniga o‘tdi
18'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Beyl jarima maydonchasi tashqarisida qabul qildi va zarba berdi. To‘pni Reyna egalladi
17'
Oho! Madridliklar o‘z jarima maydonchalari tashqarisida Hamshikka zarba berish imkoniyatini berib qo‘yishdi. Marekning zarbasiga aniqlik yetishmadi
15'
Oho! "Real" ijrosida dastlabki aniq zarba. Beyl o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasi ostonasiga yetkazdi. Kroos to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. Reyna to‘pni egallab oldi
14'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Pepega nisbatan fol ishlatildi
14'
VUuuuh! Insinye olis masofadan darvozabon uchun noqulay zarba berdi. To‘p Navasning qo‘lidan maydonni tark etdi
11'
"Real"ga qarshi hujumga o‘tdi. Beyl yaxshi vaziyatga ega bo‘ldi, ammo Benzema ofsaydda qolgandi
10'
Neapolliklar jiddiy bosim uyushtirishmoqda
8'
Vuuh! Hamshik jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
7'
"Napoli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Navas yaqin burchakka kirayotgan to‘pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
5'
Mertens ofsaydda qoldi
3'
Oho! Chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi. G‘ulom to‘pni darvoza tomon bura olmadi
2'
Oho! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin "Napoli" hujum tashkil qildi va Kroos to‘pni darvozabonga yetkazishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Hujumchi o‘tkir burchak ostida to‘pni darvozaga bura olmadi
1'
Oho! Mertens jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi
1'
Bahs boshlandi! To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi.
'
Chempionlar ligasi madhiyasi yangramoqda!
'
Diqqat! Junayt Chaqir ortidan "Napoli" va "Real" futbolchilari maydonga chiqib kelishmoqda
'
Neapoldagi "San-Paolo" stadioniga yig‘ilgan muxlislar mezbon jamoani qizg‘in qo‘llab-quvvatlashni boshlab yuborishdi. Stadionda ajoyib muhit
'
Madridda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda "Real" raqibi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija Zidan shogirdlari uchun yetarlicha ishonch baxsh etadi, ammo "Napoli" ixtiyorida ham 90 daqiqa vaqt bor. Xullas, javob o‘yini juda ham qizg‘in kechishi kutilmoqda
'
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final javob o‘yinlari boshlanmoqda. "Napoli" o‘z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.