Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi, nimchorak final

Javob o‘yini, 9 mart, 00:45. Bosh hakam: Denis Aytekin (Germaniya)

BARSELONA

Luis Suares (3)
Leyvin Kurzava (40-avtogol)
Lionel Messi (50-penalti)
Neymar (88, 90+1-penalti)
Serji Roberto (90+5)

6 : 1

PSJ

Edinson Kavani (62)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
23.Samuel Umtiti
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta
12.Rafinya
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
11.Neymar
  01.Kevin Trapp (D)
05.Markinyos
02.Tiago Silva
12.Tomas MenYE
20.Leyvin Kurzava
25.Adrian Rabyo
14.Blez Matyuydi
06.Marko Verratti
07.Lukas Moura
23.Yulian Draksler
09.Edinson Kavani
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
18.Xordi Alba
19.Lukas Din
07.Arda Turan
20.Serxi Roberto
21.Andre Gomes
17.Pako Alkaser
  16.Alfons Areola (D)
03.Presnil Kimpemb
19.Serj OrYE
10.Xavyer Pastore
11.Anxel Di Mariya
04.Gjegoj Krixovyak
21.Xatem Ben-Arfa
SARIQ KARTOCHKA
Jerar Pike (23)
Serxio Buskets (36)
Ivan Rakitich (61)
 
Blez Matyuydi (5)
Yulian Draksler (14)
Edinson Kavani (42)

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "Barselna" - "PSJ" 6:1! FANTASTITIKA! Ta’rifga til ojiz!
90+6'
GOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOL! GOOOOOOOL Serji Roberto, 6:1!!!!!
90+4'
Verratti sariq kartochka oldi
90+3'
"PSJ"da o‘zgarish bo‘ldi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shildi
90+1'
GOOOOOOOOL! Neymar, 5:1!
90'
PENALTI! "PSJ" darvozasiga
88'
GOOOOOOOOL! NEymar jarima zarbasidan to‘pni "to‘qqizlik"ga mixlab qo‘ydi!
87'
Neymarga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 20 metr
86'
Vuuuuuh! Andre Gomesh o‘ng qanotdan uzatma berdi va to‘pni Trapp qaytardi. Neymar bo‘sh qolgan darvoza tomon zarba berdi. Orye zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
85'
VUUUUUUUUUH! Di Mariya yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va aniq zarba bera olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
84'
Neymar chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi
84'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Andre Gomesh tushdi
79'
"Barselona" burchak to‘pidan keyin gol urishga yaqin keldi. Zarbani himoyachilar qaytarishdi
77'
Oho! Jarimadan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi. Arda bo‘sh qolgan darvozaga bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Ammo avvalroq Pike ofsaydda qolgandi
76'
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Serji Roberto tushdi
75'
"PSJ"da o‘zgarish: Draksler o‘rniga Serj Orye tushdi
74'
VUUUUUH! Messi bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
71'
Neymar olis masofadan yerlatib zarba berdi. To‘pni darvozabon osonlik bilan egalladi
67'
Luis Suares ogohlantirildi. Simulyasiya uchun. U jarima maydonchasi ichida yiqilib, penalti ishlashga urindi
66'
Vuuuuuh! Arda birga bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p darvoabonning oldidan o‘tdi, ammo himoyachi qaytarib qoldi
66'
Neymar jarima maydonchasining chap qanotida to‘pni o‘ziga bo‘ysindirdiyu, ammo, himoyachini alday olmadi
65'
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Arda Turon tushirildi
64'
VUUUUUUUH! Kavani! Hujumchi "Barsa"ni kechirmoqda! U birga bir vaziyatga chiqdi va olis burchak tomon zarba berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan to‘pni qaytardi
63'
Endi qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi. Bu aniq. "Barsa" keyingi bosqichga chiqishi uchun 3ta gol urishi kerak
62'
GOOOOOOL! Edinson Kavani, 3:1! Mehmonlar standartdan gol urib ketishdi. Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Kurzava bosh bilan Kavaniga qoldirib berdi. Edinson 7-8 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi!
61'
Ivan Rakitich ogohlantirildi
60'
Vuuuuh! "PSJ" ijrosidagi burchak zarbasi xavli bo‘ldi. To‘p darvozaga aniq bormadi
59'
"Barsa" qisqa paslar orqali raqib mudofaasini yorib o‘tishga urinmoqda
51'
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi unga imkoniyat bermadi
54'
Messi chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmon futbolchisi to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tayotganida Rafinya o‘ng qanotda to‘pni egallab oldi va o‘zi zarba berdi. Trapp to‘pni egallab oldi
52'
VUUUUUUUUH! Menye o‘ng qanotda Umtitini aldab o‘tdi va jarima maydonchasi uzatma berdi. Kavanining zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi!!!
50'
GOOOOOOOOOL! Lionel MESSSIII, 3:0! Argentinalik futbolchining kuchli zarbasini Trapp qaytara olmadi
48'
PENALTI!"PSJ" darvozasi tomon! Inyestaning uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo Rabyo uni yiqitdi
46'
"PSJ" ilk daqiqalardan oldinga o‘tdi. Draksler jarima maydonchasi kirib keldi va Rafinya to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pidan keyin parijlik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga "PSJ" kiritib berdi
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "PSJ" 2:0. Hali hammasi oldinda!
45+4'
Mezbonlar maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachi to‘pni bosh bilan qaytardi
45+2'
"Barsa" bosimni oshirib bormoqda. Ular burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi
45'
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
42'
Edinson Kavani ogohlantirildi. Hakamdan Pike uchun sariq kartochka so‘ragani uchun
40'
GOOOOOOOOL! Andres INYESTA, 2:0! Yarim himoyachi jarima maydonchasi ichida raqib himoyachisi bilan to‘p kurash olib bordi va chiziq oldida to‘pni tovoni bilan qaytarib qoldi. Kurzava esa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi!!!
39'
Kavani ofsaydda qoldi
38'
Lukas Moura maydonda yotibdi. Jarohat oldi shekilli
37'
Suares va Rakitich raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonida yaxshgi kombinasiya tashkil qilishdi, ammo Ivanning tovon bilan uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi
36'
Serxio Buskets ogohlantirish oldi
35'
Vuuuuh! Qarshi Messi Suaresni jarima maydonchasiga boshladi. Luisning zarbasini Trapp egallab oldi
34'
Oho! Inyesta jarima maydonchasiga uzatma berdi. Menyo qo‘li bilan Neymarni yiqitdi, hakam penalti belgilashga jazm qilmadi
33'
Vuuuuh! Rafinya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Trapp to‘pni egallab oldi
31'
Vuuuh! "Barsa" himoyachisining xatosidan keyin Lukas Moura to‘pni egallab oldi va 25 metrlardan aniq zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
29'
Messi chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan zarba bergan Pike ofsaydda qoldi
28'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
26'
Messining jarimadan yo‘llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
25'
Kurzava Rafinyani yiqitdi. Darvozagacha 25 metr masofa bor
23'
Jerar Pike sariq kartochka oldi. Maydon markazida Kavaniga nisbatan xavfli podkat ishlatdi
23'
Messi o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Trapp musht bilan to‘pni urib yubordi
20'
To‘p nazorati to‘laligicha "Barsa"da, "PSJ" butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda
17'
Vuuuuuuuh! Neymar olis masofadan juda xavfli zarba berdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
17'
Parijliklar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Markinyos ofsaydda qoldi
15'
Vuuuuh! Messi yo‘llagan jarima zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
14'
Draksler Messini ortdan itarib yiqitdi va sariq kartochka oldi
12'
PSJ ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rakitich to‘pni qaytardi
11'
"PSJ" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berayotganida to‘p yerga yotayotgan Maskeranoning tayanch qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Bu penalti emas, burchak to‘pi
10'
Navbatdagi burchak to‘pini himoyachi qaytardi, Maskerano jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
9'
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarto‘pni qaytarishdi, ammo qarshi hujumga o‘tib keta olishmadi
8'
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berayotganida, to‘p himoyachining qo‘liga tegib qoldi. Hakam penalti yo‘q deya ishora qildi
8'
Messi jarima maydonchasiga yetkazgan uzatmani darvozabon egalladi
6'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Trapp egallab oldi
5'
Blez Matyuydi ogohlantirish oldi.
3'
GOOOOOOOOOL! Luis SUARESSSSSS, 1:0! Rafinyaning uzatmasidan keyin to‘p himoyachining boshidan darvozabon maydonchasi oldida turgan Suaresga kelib tushdi va u bosh bilan to‘pni posbonning ustidan oshirib qo‘ydi. Himoyachi to‘pni darvoza ichida qaytardi. To‘p chiziqni kesib o‘tdi
1'
Diqqat! Bahs boshlandi! To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi. Ketdik. Jang boshlandi!!!
'
Diqqat, "Barselona" va "PSJ" futbolchilari "Kamp Nou" maydoniga chiqib kelishmoqda!
'
Futbolchilar maydonga chiqish uchun yo‘lakchada to‘planishmoqda. Yana ozgina qoldi. Atigi 4 daqiqa
'
"Kamp Nou" stadioni muxlislar bilan to‘lib toshgan!
'
O‘yin boshlanishiga 13 daqiqa qoldi. Jamoalar o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotini yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi
'
Parijda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda qahramonga aylangan Anxel di Mariya bu safar zaxirada qolgan
'
Luis Enrike asosiy tarkibda 3 himoyachi va 4 himoyachini tushirib, tavakkalga qo‘l urmoqda.
'
"Barselona" o‘z maydonida "PSJ"ni qabul qilmoqda.
'
Assalamu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasida nimchorak final bosqichi o‘yinlari davom etadi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.