Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

27-tur, 12 mart, soat 20:15. Bosh hakam: Fernando Borbalan

DEPORTIVO

Xoselu (40)
Bergantinyos (75)

2 : 1

BARSELONA

Luis Suares (46)
JAMOALAR TARKIBI
01.Xerman Lyuks (D)
03.Fernando Navarro
14.Alexandro Arribas
06.Raul Albentosa
02.Xuanfran
04.Aleks Bergantinyos
19.Faykal Fayr
21.Bruno Gama
11.Karles Xil
22.Selso Borjes
07.Xoselu
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
14.Xavyer Maskerano
20.Serxi Roberto
06.Denis Suares
21.Andre Gomes
07.Arda Turan
05.Serxio Buskets
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
ZAHIRA
13.Pshemislav Titon (D)
16.Luizinyo
15.Laure
08.Emre Sholak
23.Gael Kakuta
24.Ola Jon
09.Marlos Moreno
  13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
23.Samuel Yumtiti
04.Ivan Rakitich
08.Andres Inyesta
28.Karles Alena
17.Fransisko Alkaser
SARIQ KARTOCHKA
Fernando Navarro (14)
 

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Barselona" La Korunyada mag‘lub bo‘ldi!
90+3'
Messining jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasini himoyachi qaytardi
90+2'
VUuuuuuuh! "Deportivo"ning ikki futbolchisi qarshi hujumda ter Shtegenni dog‘da qoldira olishmadi!
90+1'
Messi noaniq zarba berdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Suaresga nisbatan fol ishlatildi
88'
Qarshi hujumda Xoselu jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi, ammo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
86'
"Depor"da o‘zgarish: Xuanfran o‘rniga Laure tushdi
85'
Vuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Alkaser bosh bilan to‘pni Suaresga tashlab berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
83'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan Messi jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pike darvoza oldida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
82'
Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. Lyuks to‘pni egalladi
82'
Himoyachilarning qo‘pol xatosidan keyin Kakuta ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi
80'
Ehhhh! Vuuuuuh! Serxi Roberto o‘ng qanotdan yerlatib bergan uzatmani SUares yaqin masofadan darvoza tomon burdi. Lyuks zarbani qaytardi!
79'
Messining navbatdagi uzatmani samarali chiqmadi. Lyuks to‘pni egallab oldi
78'
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
76'
"Barsa"da o‘zgarish: Denis Suares o‘rniga Pako Alkaser tushdi
75'
GOOOOOOOOOL! Bergantinyos, 2:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi!
74'
Vuuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Arribas bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen o‘ta noqulay zarbani qaytara oldi!
73'
Xuanfran jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi va burchak to‘pi ishladi
72'
Cholak jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
71'
"Depor"da o‘zgarish: Bruno Gama o‘rniga Gael Kakuta tushdi
71'
Inyestaning uzatmasidan keyin Denis chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ammo uning pasi noaniq chiqdi
69'
"Barsa"ning qisqa paslrai o‘tmayapti
64'
Vuuuuh! "Barsa"ning javob hujumi. Messining uzatmasidan keyin Denis chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘rilab, zarba berdi. Lyuks to‘pni qaytardi
63'
Vuuuuh! "Deportivo" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pga Xoselu jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
62'
"Depor"da o‘zgarish: Karles Xil o‘rniga Emre Cholak tushdi.
60'
Inyestaning chiroyli uzatmasidan keyin Rakitich jarima maydonchasi ichida ofsaydda to‘pni qabul qildi
58'
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Ivan Rakitich, Arda Turon o‘rniga Andres Inyesta tushdi
57'
Vuuuh! Albaning uzatmasini Messi jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon tepdi. Noaniq
56'
Maydon egalari ketma-ket hujum tashkil qilishmoqda. Burchak to‘pi ishlandi
54'
Vuuuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Xoselu jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va zarba berdi. To‘p Serxi Robertoning oyog‘idan maydonni tark etdi
53'
Arda Turon yetkazgan uzatmani Lyuks egallab oldi
53'
Mezbonlarning hujumi samarali chiqmadi
46'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 1:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Urugvaylik futbolchi 7-8 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Deportivo" - "Barselona" 1:0. Tanaffus
42'
Vuuuuuuh! "Barselona" 1 daqiqada 2ta hujum tashkil qildi. Dastlab berilgan zarba rekoshet holatda shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pini Pike egallab oldi va darvozabon maydonchasi o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
40'
GOOOOOOOOL! Xoselu, 1:0! Burchak to‘pidan keyin mehmon himoyachilari pala-partish harakat qilishdi. Ter Shtegen to‘pni qo‘ldan chiqarib yubordi va Xoselu yaqin masofadan to‘pni darvozaga joyladi!
39'
VUuuuuuuh! Chap qapnotdan yetkazilgan uzatmani Xoselu darvoza tomon burdi. Ter Shtegen burchakka kirayotgan to‘pni qaytarib qoldi! Burchak to‘pi
36'
Vuuuuuuh! Serxi Roberto ikki himoyachi orasidan abjirlik bilan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasi o‘ng tomonidan Suares tomon uzatma berdi. Lyuks to‘pni egallab oldi
34'
Messining uzatmasidan keyin Suares ofsaydda qoldi
33'
Arda chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi.
32'
Messining urinishlari hozircha samarasiz chiqmoqda
29'
"Barsa" futbolchilari yaxshi hujum tashkil qilishdi. Laynsmen Suaresga nisbatan ofsayd qayd etdi
27'
VUuuuuh! Maydon markaziga yaqin joyda belgilangan jarima to‘pini Messi yetkazib berdi. Suares bosh bilan zarba berdi. Xerman Lyuks to‘pni egallab oldi
25'
Maydon egalarining hujumi. Uzatmani Maskerano jarima maydonchasi ichida qaytarib qoldi
24'
"Deportivo" zich himoyalanib, raqibning erkin hujum qilishiga imkoniyat bermayapti
22'
Burchak to‘pi samarali chiqmadi
21'
Vuuuh! "Barsa" futbolchilari qisqa paslar bilan raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Messining zarbasidan keyin to‘p himoyachidan maydonni tark etdi.
20'
Denis o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasida ochilayotgan Suaresga uzatma berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etishga ulgurdi
16'
O‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni Ter Shtegen egallab oldi
14'
"Deportivo" futbolchisi Fernando Navarro ogohlantirish oldi
12'
Karles Xil ofsaydda qoldi
12'
"Barsa" bosimni oshirib bormoqda. Denis o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
11'
Roberto o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
10'
Dastlabki aniq zarba. Qarshi hujumda Xoselu jarima maydonchasiga kirdi va 15 metrlardan zarba berdi Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
9'
"Deportivo"ning hujumi samarali chiqmadi
6'
"Deportivo" maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar to‘ni qaytarishdi
4'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib, hujum variantlarini izlashmoqda
1'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga la-korunyaliklar kiritib berishdi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Barselona" safida bugun Neymar ishtirok etmaydi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida "Barselona" La-Korunyada "Deportivo" mehmoni bo‘lmoqda. Onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.