Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi. «A» guruhi

3-tur. 13 mart, soat 20:30. Bosh hakam: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya)

ISTIQLOL (Eron)

Farshid Ismoiliy (37)
Ali Qurboniy (84)

2 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
01.Mahdi Rahmatiy
02.Xusro Haydariy
03.Robson Januario
06.Umid Ibrohimiy
09.Kaveh Rizoiy
17.Ali Qurboniy
18.Milod Zokirpurkinjiy
24.Umid Nur Afkan
77.Behnam Barzay
88.Farshid Ismoiliy
90.Leandro Padovaniy
  01.Ignatiy Nesterov
04.Boburbek Yo‘ldoshev
05.Kaxi Maxaradze
08.Salmat Quttiboyev
10.Marat Bikmayev
15.Sardor Mirzayev
18.Temur Kapadze (S)
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
28.Shuhrat Muhammadiyev
33.Oleg Zoteev
99.Jaloliddin Masharipov
ZAHIRA
22.Sayid Hussayniy
08.Yoqub Karimiy
11.Jobir Ansoriy
14.Farshid Bag‘iriy
28.Sayid Muhsin Karimiy
33.Sayid Majid Hussayniy
74.Mujtaba Haqdo‘st
  12.Ignatiy Nesterov
07.Gnohere Krizo
11.Sadriddin Abdullayev
22.Murodbek Bobojonov
29.Quvondiq Ro‘ziyev
37.Sherzod Fayziyev
42.Muhammad Kone

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Istiqlol" - "Lokomotiv" 2:0.
90+2'
"Istiqlol"da o‘zgarish% Qurboniy o‘rniga Sayid Muhsin Karimiy tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Bikmayev olis masofadan zarba berishga urindi. Noaniq
89'
Tehronliklar xavfli qarshi hujumga o‘tishdi. To‘xtaxo‘jayev xavfni bartaraf etdi
88'
VUUUUUUH! Olis masofadan tepib yuborilgan to‘pni Yo‘ldoshev yana o‘tkazib yubordi va Rizoiy birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Nesterov duelda g‘olib chiqdi
87'
Vuuuh! Zoteev chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi
87'
Mezbonlar yaxshi imkoniyatdan foydalana olishmadi
86'
"Istiqlol"da o‘zgarish: Barzay o‘rniga Farshid Bag‘iriy tushdi
86'
Krizo ofsaydda qoldi
84'
GOOL! Ali Qurboniy, 2:0! Bobur Yo‘ldoshevning qo‘pol xatosidan keyin Qurboniy birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi
81'
Maxaradze maydon markazidan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Krizo to‘pni ko‘kragi bilan qabul qilishga urindi, ammo to‘p uning ko‘kragidan maydonni tark etdi
80'
Ehhh, Ro‘ziyev! Masharipov o‘ng qanotdan uzatma berib, jarima maydonchasiga kirgan Quvondiqni to‘p bilan ta’minladi. "Loko" futbolchisi darvoza olida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi
79'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Quttiboyev o‘rniga Quvondiq Ro‘ziyev tushdi
77'
"Istiqlol"da o‘zgarish: Ismoiliy o‘rniga Mujtaba Haqdo‘st tushdi
74'
Maxaradze jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llash imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo to‘p himoyachiga tegib qaytdi
71'
Krizo ofsaydda qoldi
71'
Krizo Mirzayev bilan "devor" uslubida o‘ynab, raqib jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo zarba berishga ulgurmadi
69'
Vuuuuh! Masharipov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi, ammo hakam burchak to‘pi bermadi
67'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Temur Kapadze o‘rniga Krizo tushdi
64'
Bobur Yo‘ldoshevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
62'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Maxaradze "qaychi" uslubida zarba berishga harakat qildi. Ancha noaniq
62'
Muhammadiyev o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va burchak to‘pi ishladi
60'
Ehhh! Tushunarsiz! Bikmayev raqib jarima maydonchasi ichida himoyachidan o‘tib ketayotganida eronlik futbolchi Maratni yiqitdi. Ammo, negadir, laynsmen bayroqchasini ko‘tarib, folni Bikmayev ishlatdi deb hisoblandi
58'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni vakillarimiz egallab olishdi
57'
VUUUUUH! Raqiblar qarshi hujumga o‘tishdi va Ibrohimiy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p To‘xtaxo‘jayev orqali ustunga tegib, maydonni tark etdi
56'
Mirzayev burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Rahmatiy to‘pni egallab oldi
54'
Kapadze chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Bikmayev to‘pga yeta olmadi
50'
Maxaradze jarima maydonchasida turgan Bikmayevni to‘p bilan ta’minladi, ammo Marat xavfli vaziyat yarata olmadi
50'
Kapadze jarima maydonchasiga chap qanotdan kirgan Mirzayevga to‘pni autdan otib berdi. Sardorning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
48'
Mirzayev chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Mezbonlar to‘pni egallab olishdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Istiqlol" - "Lokomotiv" 1:0
45+1'
Qurboniy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
43'
Mezbonlar ko‘pchilik bo‘lib himoyalanishmoqda. Vakillarimiz ularning mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti
37'
GOOL! Farshid Ismoiliy, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarishdi, ammo to‘p burchak to‘pini o‘yinga kiritigan Ismoiliyga bordi. U bir futbolchimizni aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va yerlatib zarba berdi. To‘p futbolchilari orasidan o‘tib, darvozaga borib tushdi. Nesterov to‘pni ko‘rmay qoldi shekilli
36'
Mezbonlar to‘pni nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirishmoqda. Burchak to‘pi ishlandi
31'
Qarshi hujumda Mirzayev chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Bikmayevga uzatma berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
29'
"Lokomotiv" o‘yinni yomon olib bormayapti. Vaziyatlardan foydalanish kerak
26'
Vuuuuh! Maydon markazida to‘pni yo‘qotdik va jarima maydonchamizga uzatma berildi. Rizoiy to‘pni egallay olmadi, aks holda Nesterov bilan yuzma-yuz holatda qolardi
24'
Mezbonlar jarima to‘pini tepishdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
22'
Vuuuuh! Vakillarimizda yana yaxshi imkoniyat. Raqib jarima maydonchasiga yuqoridan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi, ammo to‘pni Masharipov egallab, Kapadzega uzatma berdi. Temir esa orqaroqda zarba berish uchun qulay vaziyatda turgan Mirzayevga to‘pni qoldirdi. Sardorning zarbasidan keyin to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
20'
Ismoiliyga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. U jarima maydonchamizga kirmoqchi bo‘lganida, Kapadze to‘pni undan olib qo‘ydi
17'
VUUUUUUUH! Qanday imkoniyat a! Bikmayev raqib posboniga nisbatan bosim uyushtirdi va Rahmatiy to‘pni uzoqlashtirish paytida xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p Mirzayevga kelib tushdi. Sardor 30 metrlardan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p ustundan 1 metrlar masofadan o‘tib ketdi
14'
Bikmayev maydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Raqib jarima maydonchasi ichida mehmonlar fol ishlatdi deb hisobladi, hakam
12'
Afkan olis masofadan zarba berdi. Noaniq
11'
Vuh! Ehtiyot bo‘lish kerak. Barzay "Loko" jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam penalti deb hisoblamadi
11'
MAydonda ochiq futbol kechmoqda. Jamoalar markazi uchun kurash olib borishmoqda
7'
Mezbonlar yon qanotdan to‘pni jarima maydonchamizga yetkazib berishdi. Nesterov to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi, himoyachilarimiz to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi
5'
VUUUUUUH! "Lokomotiv" hisobni ochishi shart edi! Zoteev chap qanotda bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi, deyarli birga bir vaziyatda Bikmayevga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. Oleg o‘zi zarba berishi kerak edimi?!
4'
Vuuuh! Zoteev chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Bikmayev to‘pga biroz yeta olmadi
3'
Jarimadan yo‘llangan zarba aniq chiqmadi
2'
To‘xtaxo‘jayev o‘z jarima maydonchasi tashqarisida fol ishlatdi
2'
"Istiqlol"ning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani mezbon futbolchisi darvoza tomon burishga urindi. Noaniq
1'
Diqqat! Bahs boshlandi! To‘pni o‘yinga tehronliklar kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Afsuski, "Bunyodkor" ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Umid qilamiz, "temiryo‘lchilar" "Ozodiy" stadionida g‘alaba qozonib, o‘zbek futbol muxlislariga quvonya hadya etishadi
'
Osiyo chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Lokomotiv" Tehronda "Istiqlol" mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.