Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

28-tur, 18 mart, soat 20:15

ATLETIK BILBAO

Aris Aduris (65)

1 : 2

REAL MADRID

Karim Benzema (25)
Kazemiro (68)
JAMOALAR TARKIBI
26.Kepa Arrizabalaga (D)
24.Mikel Balensiaga
04.Emerik Laport
27.Eray Alvarez
07.Benyat Echebarriya
08.Ander Iturraspe
18.Oskar de Markos
15.Inigo LekuYE
22.Raul Garsiya
11.Inaki Uilyams
20.Aris Aduris
  01.Keylor Navas (D)
12.Marselo
02.Daniel Karvaxal
06.Nacho
04.Serxio Ramos
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
19.Luka Modrich
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
01.Xorka Iraisos (D)
02.Eneko Boveda
25.Enrik Saborit
14.Susayeta
17.Mikel Riko
03.Gorka Elustondo
10.Iker Muniain
  13.Kiko Kasilya (D)
10.Xames Rodriges
22.Isko
23.Danilo
16.Mateo Kovachich
21.Alvaro Morata
17.Lukas Vaskes

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Atletik" - "Real" - 1:2.
90+3'
Keylor Navas sariq kartochka oldi
90+3'
Uilyams ofsaydda qoldi
90+2'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani madridlik futbolchi bosh bilan qaytardi
90+2'
"Atletik" jarima zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga de Markos bosh bilan zarba berdi. To‘pni Navas egallab oldi
86'
"Atletik"da o‘zgarish: Raul Garsiya o‘rniga Susayeta tushdi
85'
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Alvaro Morata tushdi
84'
O‘yin tempi tushdi, futbolchilar katta kuch yo‘qotishdi
79'
Qiziq. Ronaldu o‘ringa Isko tushdi
77'
Vuuuuuh! Uilyams o‘ng tomondan jarima maydonchasi kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Navas qutqardi
72'
VUUUUUUH! "Real" 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Dastlab Benzema chap tomondan darvozabon maydonchsiga yorib kirib, Ronalduga pas berdi. Himoyachi bir amallab to‘pni qaytardi. Marselo esa juda yaqin masofadan to‘pni yuqoriga tepib yubordi!
71'
Toni Kroos sariq kartochka oldi
68'
GOOOOOOOL! Kazemiro, 1:2! Burchakdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Ronalduning boshidan darvozabon maydonchasi ichida ochilgan Kazemiroga kelib tushdi. Braziliyalik yarim himoyachi deyarli bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
68'
Vaskes darvozabon maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
65'
GOOOOOOL! Aris Aduris, 1:1! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Raul Garsiya bosh bilan Aduris tashlab berdi. Hujumchi 3-4 metrdan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi
63'
VUUUUUUH! Navas! Inyaki Uilyams 10 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Keylor to‘pni qaytardi!
61'
"Real"da o‘zgarish: Modrich o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
59'
"Atletik"da o‘zgarish: Lekue o‘rniga Iker Muniain tushdi
56'
Inyaki o‘ng qanotda Marselodan o‘tib ketib,jarima maydonchasiga kirdi-yu, uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi
54'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Marselo to‘pni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi
52'
Benzema ofsaydda qoldi
51'
Vuuuh! Modrich jarima maydonchasi kirdi va tovoni bilan Kroosga qoldirdi. U o‘zi zarba bersa bo‘ladigan vaziyatda uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
49'
"Atletik" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Laport bosh bilan noaniq zarba berdi
46'
Vuuuuuuh! Uilyams chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Aduris baland sakrab bosh bilan zarba berdi. Burchakka borayotgan to‘pni Ramos qaytardi va Nacho uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletik" - "Real" - 0:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Mezbonlarning navbatdagi hujumini bartaraf etishdi madridliklar
42'
O‘yin tempi biroz tushdi. Jamoalar tanaffusga chiqishga tayyor shekilli
38'
"Real" yaxshi himoyalanmoqda
35'
Ehhh, Benzama! Marseloning uzatmasidan keyin olis ustun tomonda darvozaga aniq zarba bera olmadi
34'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida to‘p Marseloning boshidan darvoza tomon ketdi. Navas to‘pni egallab oldi
32'
Adurisda yaxshi imkoniyat. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Aduris bosh bilan darvoza tomon o‘tkazdi. To‘p Arisga kelib tushayotgandek edi, ammo Karvaxal gavdasi bilan yaxshi o‘ynadi
31'
Beyl ofsaydda qoldi
29'
Mezbonlarning hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Nacho bosh bilan qaytardi. Garsiya jarima maydonchasi tashqarisidan bosh bilan noaniq zarba berdi
28'
Aris Aduris sariq kartochka oldi
26'
Vuuuh! Beyl olis masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Darvozabon ikkinchi urinishdi to‘pni egallab oldi
25'
GOOOOOL! Karim Benzema, 0:1! Qarshi hujumda Ronaldu chap qanotdan oldinga o‘tdi va narigi tomondan jarima maydonchasiga kirayotgan Benzemaga uzatma berdi. Krim to‘pni olis burchakka joylab qo‘ydi
21'
Qiziq! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani himoyachi kutilmaganda o‘tkazib yubordi. Buni ketmagan Ronaldu ham to‘pni egallay olmadi
19'
Vuuuuh! Ramos! Burchakdan yetkazilganu uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
18'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Arrisabalaga musht bilan urib yubordi
18'
Vuuh! Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomondagi Beylga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
16'
VUUUUUH! Jarima maydonchasiga kirayotgan Ronalduga uzatma berildi va Krishtianu bir himoyachi ta’qibi ostida xavfli zarba berdi. Darvozabon seyv namoyish qilib, to‘pni egallab oldi
15'
VUUUUUUUH! "Atletik" o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Garsiya bosh bilan oldinga tashlab berdi. Eray 5-6 metrdan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
13'
Mezbonlar chap qanotdan to‘pni "Real" jarima maydonchasiga yetkazishdi. Kroos to‘pni egallab oldi
13'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Lekuye bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
12'
"Bilbao" bosimni davom ettirmoqda. Burchak to‘pi ishladi
9'
Vuuuuh! "Real" ilk hujumniyoq golga aylantirdi. Benzemaning uzatmasidan keyin Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va Krishtianuga pas berdi. Ronaldu biroz ofsaydda qolgan ekan
8'
"Atletik" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol ishlatildi
7'
Vuuuh! "Atletik"ning xavfli hujumi. Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Raul Garsiyaning unchalik kuchli bo‘lmagan zarbasini Navas qo‘lidan chiqarib yubordi. Nacho to‘pni tepib yubordi
6'
Aduris ofsaydda qoldi
6'
Ustunlik to‘laligacha "Atletik"da. "Real" hali birorta ham hujum tashkil qila olmadi
4'
Ronaldu to‘p uchun kurashda oyog‘ini yuqori ko‘targani uchun xavfli o‘yin qayd etildi
1'
Oho! Bilbaoning xavfli hujumi. Qanot yarim himoyachisi chap qanotdan "Real" jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasidagi Inyaki Uilyamsga yetkazdi. Hujumchi to‘pni darvozaga bura olmadi. To‘p undan maydonni tark etdi
1'
Uchrashuv boshlandi! To‘pni o‘yinga "Atletik" futbolchilari kiritib berishdi.
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Umuman olganda, Ispaniya chempionatining har bir o‘yini shiddatli kechayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Shu bois, La liga o‘zining eng qiziqarli mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda.
'
Ushbu jamoalar o‘rtasida Madridda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 83-daqiqada Morataning goli evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishgandi.
'
Hozirda "Real" La ligada peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Atletik" 7-pog‘onani egallab turibdi. Madridliklar "Bilbao"dan 18 ochko oldinda borishmoqda. Shunga qaramay, bugun qiziqarli o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Boisi, basklar o‘z uyida har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi. Bilbaoliklar ushbu mavsumda atigi 1 marta o‘z uyida yutqazgan (28 avgust kuni "Barselona"ga), 3 marta durang o‘ynagan. Qolgan bahslarda g‘alaba qozongan.
'
Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubi o‘z uyida "Real"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.