Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

28-tur, 20 mart, soat 00:45

BARSELONA

Luis Suares (35)
Lionel Messi (45-penalti, 53)
Andre Gomesh (89)

4 : 2

VALENSIYa

Elyakim Mangalya (30)
Munir el-Haddodiy (45+1)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
23.Samuel Umtiti
14.Xavyer Maskerano
05.Serxio Buskets
12.Rafinya
08.Andres Inyesta
04.Ivan Rakitich
11.Neymar
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
  01.Diyego Alves (D)
24.Ezekyel Garay
05.Elyakim Mangalya
21.Martin Montoyya
02.Joao Kanselo
14.Xose Gayya
08.Enso Peres
10.Daniel Parexo
18.Karlos Soler
09.Munir el-Haddodiy
15.Fabian Orelyana
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
18.Xordi Alba
06.Denis Suares
20.Serxi Roberto
21.Andre Gomes
17.Pako Alkaser
  13.Xaume Domenek (D)
06.Gilyerme Sikeyra
23.Aymen Abdennur
20.Alvaro Medran
11.Akariya Bakkali
39.Evgeniy Valderrama
12.Simone Dzadza
SARIQ KARTOCHKA
 
Enso Peres (24)
QIZIL KARTOCHKA
 
Elyakim Mangalya (44)

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Valensiya" 4:2.
90+1'
Montoyya sariq oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
GOOOOOL! Andre Gomesh, 3:1! Neymar chap qanotda himoyachidan qochib ketdi, jarima maydonchasiga kirdi va yordamga yetib kelgan Gomeshga uzatma berdi. Andre 5 metrdan darvozani ishg‘ol qildi
86'
Messi sariq kartochka oldi, hakam e’tiroz birdirgani uchun. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
85'
Messi biryo‘la 5 futbolchidan o‘tib ketdi, ammo oltinchisidan o‘ta olmadi
85'
"Valensiya"da o‘zgarish: Joao Kanselo o‘rniga Bakkali tushdi
83'
Suares ofsaydda qoldi
83'
Jarima zarbasini Suares tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi
81'
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Garay nohaq
79'
Maydon egalari bir hujumda ikkita xavfli vaziyat yaratishdi, ammo, bugun vazyaitlardan foydalanishda juda ham oqsashmoqda Enrike shogirdlari
77'
Andre Gomesh ogohlantirildi
76'
VUUUUH! Neymar jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun va to‘sin kesishgan joydan maydonni tark etdi.
74'
"Barsa"da o‘zgarish: Rafinya o‘rniga Andre Gomesh tushdi
74'
Neymar bir himoyachini aldab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. Noaniq
73'
"Valensiya"da o‘zgarish: Munir o‘rniga Dzadza tushdi
72'
Vuuuuh! Neymardan uzatma qabul qilgan Messi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon qaytargan to‘p Suaresga kelib tushdi, ammo Luis buni kutmagandi shekilli, to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga burib qo‘ya olmadi
69'
Oho! Messidan to‘pni qabul qilgan Suares jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
67'
Inyesta sariq kartochka oldi
66'
Vuuuuh! Messi chap qanotdan oldinga o‘tdi va narigi qanotda ochilgan Rafinyaga aniq uzatma berdi. Yarim himoyachi oldinga yurishi mumkin edi, ammo u 17 metrlardan o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘pni Alves egalladi
65'
"Barselona"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Serji Roberto tushdi
64'
Vuuuuuh! Mezbonlar qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qilishdi va Neymar jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egallab, zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi, darvozabon maydonchasidan o‘tib ketayotgan to‘pga Inyesta va Suares yeta olishmadi
62'
Vuuuuh! Messining aniq uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi
61'
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan aylanma zarba berdi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
60'
Oho! Neymarning uzatmasiga Rafinya qaychi uslubida zarba berdi. Biroq u ofsaydda qolgan ekan
57'
Neymarning uzatmasidan keyin Rakitich jarima maydonchasi ichida qabul qildi va Messiga uzatma berdi. Lionel yiqilib tushdi, ammo penalti emas
54'
Vuuuuuh! Qarshi hujumda Munir jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo Pikeni aldab o‘ta olmadi
55'
Messi jarima maydonchasiga kirayotgan Suaresga aniq uzatma berdi. Ammo Luis imkoniyatdan foydalana olmadi
54'
E’tiborga molik jihat. Bugun Enrikening yordamchisi Unsue ko‘proq futbolchilarga ko‘rsatma bermoqda. Demak, u kelasi mavsumda "Barselona" bosh murabbiyiga aylanadi
53'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 3:2! Burchak to‘pi qaytarildi, ammo Maskerano to‘pni jarima maydonchasi ichidagi Messiga yetkazdi. Argentinalik futbolchi o‘ng oyoqda yaqin burchakni nishonga oldi
52'
VUUUUUH! Ehhhhhh, Neymar! Messining ajoyib pasidan keyin braziliyalik futbolchi birga bir vaziyatda jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p darvozabonning oyog‘idan maydonni tark etdi
51'
Soler jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
50'
Vuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, bir himoyachidan o‘tdi, ammo zarba berishga ulgurmadi
49'
Neymarning uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi. Aks holda birga-bir vaziyatga chiqardi
49'
Neymar chap qanotda bir himoyachidan o‘tib ketdi va zarba berdi. To‘p boshqa himoyachiga tegib qaytdi
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
46'
"Valensiya"da o‘zgarish bo‘ldi: Orelyana o‘rniga Abdennur tushdi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Barselona" - "Valensiya" 2:2. Tanaffus
45+1'
GOOOOOL! Munir el-Haddodiy, 2:2! Xose Gayyaning uzatmasidan keyin Munir darvozabon bilan birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Haddodiy golni xursandchilik bilan nishonlamadi. Aksincha "Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislardan uzr so‘radi
45'
GOOOOOL! Lionel Messi, 2:1! Argentinalik futbolchi markaz bo‘ylab zarba berdi. Darvozabon yon tomonga tashlandi.
44'
Mangalyaga qizil kartochka va "Valensiya" darvozasiga penalti!
43'
Parexo ogohlantirildi. Inyestani qo‘li bilan tortib qoldi
42'
Vuuuuh! Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, to‘pni darvozabon yonidan dumalatdi, ammo to‘p maydonni ertaroq tark etgan deb hisoblandi
40'
Vuuh! Zarbani Messi yo‘lladi. To‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi
38'
Mangalya sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida Messiga nisbatan fol ishlatdi.
35'
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 1:1! Neymar to‘pni autdan otib berdi va Suares birga bir vaziyatga chiqib, undan samarali foydalandi!
34'
Inyestaning uzatmasini Messi raqib jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi
33'
Vuuuh! Neymar chap tomonda ikki futbolchi orasidan o‘tib ketib, to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Rafinyaning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
29'
GOOOOOOOL! Elyakim Mangalya, 0:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
28'
VUUUUUUH! Munir el-Haddodiy birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi! Burchak to‘pi
27'
"Ko‘k-anorranglilar" maydon markazida to‘pni egallab, tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Messi Suaresni birga bir vaziyatga chiqarayotgandi, ammo himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
26'
Neymar jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam penalti yo‘q deya e’tirof etdi
25'
Messi to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Diyego Alves to‘pni egallab oldi
24'
Enso Peres sariq kartochka oldi. Neymarga nisbatan fol uchun
22'
Messi jarima maydonchasiga kirib kelgan Inyestaga pas berdi. To‘pni Andres egallay olmadi
21'
Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo sheriklariga pas bera olmadi
19'
Vuuuuh! "Valensiya"ning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Pike bir amallab qaytardi, ammo Soler 15 metrdan kuchli zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni qaytardi, so‘ngra uni Maskerano maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
16'
VUUUUUH! Messi ketma-ket bir necha futbolchilarni aldab o‘tib jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
15'
VUUUUUUUH! Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, Garayni chiroyli aldab o‘tdi va darvozabon maydonchasidagi Messiga uzatma berdi. Lionel ko‘ngildagidek zarba bera olmadi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. So‘ngra to‘pni Alves egallab oldi
11'
Munir ofsaydda qoldi
8'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Maskerano olis masofadan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
8'
VUuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi va deyarli birga bir vaziyatda ikkita zarba berdi. Dastlab darvozabon, keyin himoyachi xavfni bartaraf etdi
5'
Qarshi hujumda "ko‘rshapalaklar" yaxshi vaziyatga ega bo‘lishdi. Hujumchi jarima maydonchasiga kirib keldi, Maskerano to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi
5'
Inyesta chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ichida ochilayotgan Suaresga uzatma berdi. To‘pni himoyachi egallab oldi
3'
VUuuuuuh! "Valensiya" markaziy himoyachisi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni Suares egallab oldi. Dastlab mehmonlar xavfni bartaraf etgandek ko‘ringandi, ammo Inyestaning uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda Neymar darvozani ishg‘ol qilardi
1'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi.
'
"Deportivo"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmagan Neymar va Rafinya bugun asosiy tarkibga qaytishdi. Kataloniyaliklar o‘zining eng optimal tarkibida o‘yinni boshlashmoqda
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qilmoqda.
'
Xayrli oishom, iadrli futbol muxlislari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.