Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash, Osiyo
| «A» guruhi, 7-tur, 28 mart, soat 18:00. Bosh hakam: Muhanad Qosim Eysa Sarray (Iroq) | ||
O‘ZBEKISTONOdil Ahmedov (66)
|
1 : 0 |
QATAR |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
21.Aleksandr Lobanov 02.Egor Krimes 05.Anzur Ismoilov 07.Aziz Haydarov 08.Server Jeparov 09.Odil Ahmedov (S) 10.Sardor Rashidov 11.Igor Sergeev 20.Aleksandr Merzlyakov 22.Davron Hoshimov 23.Eldor Shomurodov |
22.Saad ash-Shiyb 02.Muhammad Musa 06.Muhammad Kasola 07.Rodrigo Tavata 09.Yosir Iso 10.Hasan al-Haydos 13.Ibrohim Majid (S) 15.Pedro Korreya 16.Akrom Hassan Afif 18.Luiz Junior 23.Sebastyan Soriya |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Murodjon Zuhurov 12.Ignatiy Nesterov 03.Rustamjon Ashurmatov 04.Marat Bikmayev 06.Jaloliddin Masharipov 13.Dostonbek Hamdamov 14.Temurxo‘ja Abduxoliqov 15.Aleksandr Geynrix 16.Jamshid Iskanderov 17.Vadim Afonin 18.Otabek Shukurov 19.Oleg Zoteev |
01.Xalifa Abubakar 21.Umar Barri 03.Ahmad Yosir Abdulrahmon 04.Al-Mahdiy Ali Muxtor 05.Karim Budiaf 08.Ali Asadalla 11.Meshal Abdulla 12.Hamid Ismoil 14.Ahmad Muhammad as-Sayid 17.Ismoil Muhammad 19.Al-Moiz Ali 20.Ali Hasan Afif |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Aziz Haydarov (21)
Odil Ahmedov (39) Aleksandr Lobanov (83) Marat Bikmayev (88) |
Sebastyan Soriya (68)
|
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘YIN TUGADI! G‘ALABA MUBORAK! O‘ZBEKISTON - QATAR 1:0! |
| 90+4' | ![]() |
Vuuuuh! Shomurodov so‘nggi himoyachidan o‘tib keta olmadi |
| 90+3' | ![]() |
Lobanov to‘pni egallab oldi. Yaxshi bu |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! QAtarning xavfli hujumi paytida Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 89' | ![]() |
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p narigi tomonga o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
Marat Bikmayev ogohlantirish oldi |
| 87' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Krimes ishg‘ol qilib qo‘yishiga bir baxya qoldi! To‘p Yegorning oyog‘idan keyin to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 86' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov tushdi |
| 85' | ![]() |
Lobanovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 84' | ![]() |
Qatarlik futbolchi yaqqol ofsaydda qoldi. U birga bir vaziyatga chiqqandi |
| 83' | ![]() |
Aleksandr Lobanov ogohlantirish oldi. Vaqtni cho‘zgani uchun |
| 81' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Vadim Afonin tushdi |
| 78' | ![]() |
Qatarda o‘zgarish: Hasan al-Haydos o‘rniga boshqa futbolchi tushdi |
| 78' | ![]() |
Vuh! Ahmedov olis masofadan chap oyoqda zarba berdi. Noaniq |
| 76' | ![]() |
Terma jamoamiz qarshi hujumdan foydalana olmadi. Sergeevning uzatmasi Shomurodov tomon o‘tmadi |
| 75' | ![]() |
Vuuuuh! Jeparov jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va Sergeev tomon yetkazdi. Himoyachi to‘pni o‘tkazib yubordi, ammo Igor buni kutmagandi shekilli, to‘pni egallay olmadi |
| 73' | ![]() |
VUUUUUUUH! Odil Ahmedov o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va zarba berdi. Darvozabon qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi |
| 69' | ![]() |
Qatarda o‘zgarish: Tabata o‘rniga Ali Asadalla tushdi |
| 68' | ![]() |
Qatarliklar hakamni o‘rab olib, keskin tortishishmoqda. Ular penalti talab qilishmoqda |
| 65' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Odil Ahmedoooooov!!! 1:0! Olis burchakka to‘pni joylab qo‘ymoqda Odil! |
| 64' | ![]() |
! Xavfli jarima zarbasi ishladik. Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida! |
| 62' | ![]() |
Junior olis masofadan noaniq zarba berdi |
| 60' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Marat Bikmayev tushdi |
| 59' | ![]() |
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Haydos oyoq bilan zarba berdi, noaniq |
| 56' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga vakillarimizdan biri bosh bilan zarba berishga urindi, ammo noaniq |
| 55' | ![]() |
Rashidovning uzatmasidan keyin Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, faqat burchak to‘pi |
| 52' | ![]() |
Krimes fol orqali Soriyani to‘xtatdi. Qatarning jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Ehhhh, Sergeev! Jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi, ammo 16 metrdan aniq zarba bera olmadi! |
| 46' | ![]() |
Odil o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Server to‘pni ko‘kragi bilan qaytardiyu, ammo himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha O‘zbekiston - Qatar - 0:0. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
Vuuuuh! Burchak to‘pini Jeparov va Rashidov kombinasiya shaklida o‘yinga kiritishdi. Krimes chiziq ustida bosh bilan to‘pni orqaroqqa futbolchilarimizdan birining zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Ammo Yegor qaytarayotgan paytda to‘p chiziqni kesib o‘tgan deb topildi |
| 43' | ![]() |
Qatarlik himoyachiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Odilning zarbasini futbolchi bosh bilan qaytargandi |
| 42' | ![]() |
Vuuuuh! Qatarda xavfli hujum. Haydos chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, orqaroqqa uzatma berdi. Tabata 15 metrdan aniq zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 41' | ![]() |
Junior olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 40' | ![]() |
Merzlyakov bir amallab burchak to‘pi ishladi |
| 39' | ![]() |
Odil Ahmedov sariq kartochka oldi. Xavfli o‘yin uchun |
| 38' | ![]() |
Vuh, Shomurodov! Olis masofadan kuchli zarba berdi. Ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 35' | ![]() |
Anzur Soriyaning o‘zidan o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymadi |
| 34' | ![]() |
Chap qanotdan jarima zarbasini ishladik |
| 33' | ![]() |
Shomurodov ofsaydda qoldi |
| 31' | ![]() |
Ehhhh, Ahmedov! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani darvozabon qaytardi. Odil esa 13 metrlardan aniq zarba bera olmadi |
| 30' | ![]() |
Rashidov burchakdan yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 30' | ![]() |
Sergeev to‘p uchun oxirigacha kurashdi va burchak to‘pi ishladi |
| 27' | ![]() |
Ehhh, Shomurodov! Chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdayu, ammo ikkinchi futbolchiga to‘pni oldirib qo‘ydi |
| 27' | ![]() |
Jeparov autdan to‘pni otib berdi. Himoyachi qaytargan to‘pga Ahmedov zarba berishga urindi. Ammo zarba noaniq |
| 25' | ![]() |
Rashidov o‘ng qanotdan raqib darvozasi oldiga uzatma berdi. Sergeev to‘p uchun kurashda darvozabonga nisbatan fol ishlatdi |
| 23' | ![]() |
Rashidov o‘ng qanotda ikki himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatdi. Sardor fol ishlatgan ekan |
| 21' | ![]() |
Al-Haydos jarima maydonchasi ichida ataylab yiqildi. Hakam unga sariq bermadi |
| 21' | ![]() |
Aziz Haydarov ogohlantirish oldi |
| 19' | ![]() |
Jeparov o‘ng qanotdan jarima to‘pini unchalik muvaffaqiyatli yetkaza olmadi. To‘pni Shiyb egallab oldi |
| 18' | ![]() |
Qatarning xavfli hujumini qiyinchilik bilan bartaraf etdik |
| 15' | ![]() |
Jeparov ofsaydda qoldi |
| 14' | ![]() |
Rashidov burchak to‘pini yuqoriga ko‘tara olmadi va to‘pni mehmonlar qaytarishdi |
| 14' | ![]() |
Vuuuh! Yaxshi hujum! Rashidov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi |
| 12' | ![]() |
Jeparov maydon markazidan uzatma bilan Sergeevni jarima maydonchasiga boshladi, ammo to‘pni darvozabon egallab oldi |
| 12' | ![]() |
Shomurodov o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo to‘pni yo‘qotdi |
| 11' | ![]() |
Hakam Hoshimovni og‘zaki ogohlantirdi |
| 10' | ![]() |
O‘zbekistonliklar maydon markazidan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz |
| 8' | ![]() |
Soriya ofsaydda qoldi. Aks holda birga bir vaziyatda xavfli zarba yo‘llagandi |
| 8' | ![]() |
Qatar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ismoilov bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 6' | ![]() |
Jeparov o‘ng qanotdagi chiziqdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazib berdi. Samarasiz |
| 5' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan to‘pni darvozamiz oldiga yetkazishdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 4' | ![]() |
Qatarlik futbolchi Korreya olis masofada zarba berdi. Noaniq |
| 3' | ![]() |
Terma jamoamiz hali hujum tashkil qila olmaganicha yo‘q. Qatarliklar bunga imkon berishmayapti |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga O‘zbekiston terma jamoasi kiritib berdi. |
| ' | ![]() |
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu saralash bosqichida ilk marta oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi |
| ' | ![]() |
Endi O‘zbekiston madhiyasi yangraydi. Serquyosh, hur o‘lkam... |
| ' | ![]() |
Dastlab Qatar madhiyasi yangramoqda |
| ' | ![]() |
Diqqat! O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Osiyo qit’asida JCH-2018 saralash bosqichi doirasida 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. "A" guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi "Bunyodkkor" stadionida Qatarni qabul qilmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|