Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

29-tur. 2 aprel, soat 23:45

GRANADA

Jeremi Boga (50)

1 : 4

BARSELONA

Luis Suares (44)
Pako Alkaser (64)
Ivan Rakitich (83)
Neymar (90+1)
JAMOALAR TARKIBI
13.Gilyermo Ochoa (D)
22.Dimitri FulkYE
20.Matyo SonYE
03.Gaston Silva
06.David Lomban
08.Muborak Vakaso
26.Viktoriyen Angban
18.Andreas Pereyra
05.Uche Agbo
23.Litri
24.Artem Kraves
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
24.Jeremi Matyo
12.Rafinya
21.Andre Gomes
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
20.Serxi Roberto
09.Luis Suares
11.Neymar
ZAHIRA
01.Rui Silva (D)
25.Sverrir Ingason
35.Pervis Estupinan
04.Serxi Samper
10.Jeremi Boga
07.Adrian Ramos
19.Isaak Kuenka
  13.Yasper Sillessen (D)
23.Samuel Yumtiti
19.Lukas Din
08.Andres Inyesta
28.Karles Alena
06.Denis Suares
17.Fransisko Alkaser

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 56taga yetkazib oldi
90+2'
Vuuuuuh! Neymarning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi!
90+1'
GOOOOOOOL! Neymar, 1:4!
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
89'
Vuuuuh! Boga qulay vaziyatga chiqib, jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
88'
"Barselona"da o‘zgarish bo‘ldi: Rakitich o‘rniga Karles Alena tushdi
88'
Vuuuuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Suares birga bir vaziyatga chiqib, yordamga kelgan Neymarga pas berdi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi
86'
Vuuuuh! Neymar maydon markazidan raqib jarima maydonchasigacha yetib bordi, ammo to‘pni Lombanga oldirdi. Himoyachi to‘p sheriklariga o‘z vaqtida uzatmadi va Neymar undan to‘pni olib qo‘yib, zarba berdi. Ochoa oyog‘i bilan to‘pni qaytardi. qaytgan to‘pni Suares darvozaga aniq tepa olmadi
83'
GOOOOOOL! Ivan Rakitich, 1:3! Jarima maydonchasi chizig‘i ustida bergan zarba natijasida to‘p rekoshet holatda to‘rga borib tushdi
82'
Agbo ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etmoqda
80'
"Granada" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Kataloniyaliklar to‘pni egallab olishdi
78'
"Granada"da o‘zgarish: Gaston Silva o‘rniga Isaak Kuenka tushdi
77'
Suares o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va narigi tomonda ochilgan Neymarga pas berdi. Markaziy himoyachini to‘pni egallab oldi
75'
Perreyra olis masofadan aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
73'
Rakitich tovoni bilan uzatma berib, Suaresni birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi, ammo himoyachi to‘pni qaytarib qoldi
71'
Neymar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Matyoning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
67'
"Barsa"da o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Andres Inyesta tushdi
66'
Vuuuuh! Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. Ochoa musht bilan to‘pni yuqoriga o‘tkazib yubordi
64'
GOOOOOOOL! Pako Alkaser, 1:2! Suaresning uzatmasidan keyin hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi
63'
Buskets jarima maydonchasi tomon kirayotgan Serxi Robertoga uzatma berdi. Himoyachi to‘pga yeta olmadi
60'
Xordi Alba sariq kartochka oldi
59'
David Lomban sariq kartochka oldi
59'
Neymar himoyachilarni chalg‘itib, jarima maydonchasi ichida zarba berishga urindi. To‘p himoyachilardan o‘tmadi
56'
"Granada"da o‘zgarish: Kraves o‘rniga Adrian Romes tushdi
55'
Busketsning uzatmasidan keyin Neymar ofsaydda qoldi
54'
Neymar olis masofadan aniq zarba berdi. Ochoa to‘pni egalladi
50'
GOOOOOOL! Jeremi Boga, 1:1! Zaxiradan maydona tushgan futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, darvozani ishg‘ol qildi!
46'
Vuuuuh! Alkaser o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Ochoa zarbai qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Granada"da o‘zgarish bo‘ldi. Boga maydonga tushdi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Granada" - "Barselona" - 0:1.
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
44'
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Olis masofadang yetkazilgan uzatma natijasida urugvaylik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, to‘pni Ochoaning ustidan oshirib, to‘rga joylab qo‘ydi
44'
Rakitichning uzatmasidan keyin Neymar birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo biroz ofsaydda qolgan ekan
40'
Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. Noaniq
39'
Neymarning jarimadan uzatmasiga bu safar Matyo biroz yeta olmadi
36'
"Barselona" yana bir yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi
35'
Ehhh, Matyo! Neymarning jarimadan yetkazilgan uzatmasini Jeremi jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi. Aks holda, u darvozabon bilan birga bir vaziyatda edi
34'
Vuuuuuh! Neymarning ayyorona uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketdi va 8-9 metrlardan zarba berdi. Meksikalik posbon oyog‘i bilan zarbani qaytardi
32'
Alkaser jarima maydonchasi chizig‘i ustidan noaniq zarba berdi
29'
Neymarning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan keyin to‘p rekoshet tufayli ofsaydda turgan Suaresga bordi
28'
Serxi Roberto ogohlantirildi
27'
VUUUUUUH! Ochoa qahramonlik ko‘rsatib, Suaresning 2ta xavfli zarbasini qaytardi!
26'
Vuuuh! Neymar jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Ochoa ikkinchi urinishda to‘pni egalladi
24'
VUUUUH! "Barselona" tezkor hujum tashkil qildi. Neymarning uzatmasidan keyin Suares 16 metrdan zarba berdi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi. Neymar qaytgan to‘pni darvozaga joyladi, ammo ofsayd
21'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ochoa to‘pni musht bilan urib yubordi
18'
Qarshi hujumda Rakitich o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi to‘pni maydonda olib qola olmadi
17'
"Barselona"da majburiy o‘zgarish: Rafinya jarohat tufayli maydonni tark etmoqda. Pako Alkaser o‘yinni davom ettiradi
16'
"Barsa" o‘yinni to‘la nazorat qilmoqda
11'
Vuuuh! Kraves "Barselona" jarima maydonchasida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Noaniq
11'
Andre Gomesh ofsaydda qoldi
9'
Burchak to‘pi samarasiz yakunlandi
8'
Neymar Suares bilan devor o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi
7'
Vuuuh! Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Suaresga uzatma berdi. Luis birozgina to‘pga yeta olmadi. Ochoa to‘pni egallab oldi
5'
Serji Robertoning uxatmasidan keyin Suares raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo u to‘pga yetma olmadi
3'
Rakitich chiroyli uzatma bilan Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo urugvaylik futbolchi ofsaydda qoldi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Granada" futbolchilari kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Ispaniya chempionatining 29-turi doirasida "Barselona" safarda "Granada" mehmoni bo‘lmoqda.
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.