Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

30-tur, 5 aprel, 22:30

BARSELONA

Luis Suares (25)
Lionel Messi (28, 33)

3 : 0

SEVILYa

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
23.Samuel Umtiti
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Xavyer Maskerano
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
  01.Serxio Riko (D)
05.Kleman Lengle
21.Nikolas Parexa
24.Gabriel Merkado
03.Mariano
18.Serxio Eskudero
11.Xoakin Korrea
10.Samir Nasri
08.Visente Iborra
15.Stiven NZonzi
20.Vitolo
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
18.Xordi Alba
21.Andre Gomes
28.Karles Alena
06.Denis Suares
17.Fransisko Alkaser
  13.David Soria (D)
06.Daniel Karrisu
04.Matias Kranevitter
17.Pablo Sarabiya
22.Franko Vaskes
12.Vissam Ben-Yedder
16.Stefan Yovetich
SARIQ KARTOCHKA
Pike (15)
Buskets (71)
Rakitich (78)
Alena (85)
 
Iborra (38)
Vitolo (58)

Matn

90+2'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, o‘z ochkolarini 69taga yetkazdi va kamida b ir necha soatga bo‘lsa-da, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
90+2'
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Riko zarbani qaytardi
90+1'
Vitolo ikkinchi sariqni olib maydonni tark etdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
85'
Karles Alena ogohlantirildi
80'
Ehhh, Yovetich! Jarima maydonchasigacha yaqinlashdiyu, aniq zarba bera olmadi. To‘pni sherigiga uzatgani ma’qulroq edi
80'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Karles Alena tushdi
79'
Rakitich ogohlantirildi
78'
Vuuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Alkaser birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Riko zarbani qaytardi, qaytgan to‘pga Rakitich zarba berdi. Noaniq
77'
"Barselona"da o‘zgarish: Jerar Pike o‘rniga Luka Din tushdi
75'
"Sevilya"da o‘zgarish: Iborra o‘rniga Stefan Yovetich tushirildi
73'
Eskuderoning uzatmasidan keyin to‘pni Ter Shtegen egallab oldi
71'
Buskets sariq kartochka oldi.
69'
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Inyesta darvoza yaqinida to‘pni qabul qildi, ammo biroz sirpanib ketishi natijasida vaziyatdan foydalana olmadi
67'
"Barsa"da o‘zgarish: Suares o‘rniga Pako Alkaser tushdi
64'
Sarabiya jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p to‘rga yon tomondan tegdi
62'
Vuuuuuh! "Sevilya" qanot yarim himoyachisi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib, Sarabiyaga uzatma berdi. 10 metrlardan berilgan kuchli zarbani Ter Shtegen qaytarishga muvaffaq bo‘ldi
62'
"Sevilya" yaxshi hujum takshil qildi. Roberto xavfni bartaraf etdi
58'
Vitolo sariq oldi
56'
Neymarning uzatmasidan keyin Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga pas berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
51'
Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni Rikoning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi. Serxio to‘pni egallab oldi
49'
Inyesta Neymardan uzatmani qabul qilib, devor uslubida braziliyalik futbolchining o‘ziga to‘pni yetkazdi. Ammo Neymar to‘pga yeta olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdiyu, hakam hushtagini chaldi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Sevilya" 3:0
41'
Messi xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, Leoga pas berdi. Argentinalik futbolchining zarbasini himoyachi qaytardi
38'
Iborra ogohlantirildi, Neymarni tepgani uchun
37'
Messi jarima maydonchasiga chap qanotdan kirayotgan Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi to‘pga yeta olmadi
33'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 3:0! Burchak to‘pidan keyin himoyachilar to‘pni qaytarishga urinishdi, ammo to‘p jarima maydonchasini tark etmadi. Messi 13 metrdan darvozani ishg‘ol qildi
31'
Kataloniyaliklar yana bir qarshi hujum tashkil qilishdi. Neymarning uzatmasidan keyin Messi chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va uzatma berdi. Riko to‘pni egallab oldi
28'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Qarshi hujumda "Barselona" raqibni jazoladi! MSN triosi — gol ijodkorlari!
25'
GOOOOOOOOL! Luis Sures, 1:0! Messi bir necha himoyachilarni aldab, o‘ng qanotdan jarima maydonchasi kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytarishi natijasida to‘p yuqoriga ko‘tarildi va urugvaylik futbolchi chalqancha uslubda zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
24'
Andalusiyaliklarda yaxshi imkoniyat. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Vitolo yaqin masofadan bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
22'
Mezbonlarning navbatdagi hujumini "Sevilya" markaziy himoyachilari bartaraf etishdi
21'
Suares va Neymar bir-birlarini tushunmay qolishdi. Aks holda yaxshi hujum yuzaga kelayotgandi
18'
Vuuuuuh! Inyesta yetkazib bergan uzatmani Rakitich jarima maydonchasi ichida bosh bilan darvoza tomon burdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
16'
VUUUUUUUH! Stiver NZonzi jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Maskeranodan ustun kelib, Ter Shtegen bilan yuzma-yuz holatga chiqdi. Hujumchining zarbasini darvozabon oyog‘i bilan qaytardi!
15'
Jerar Pike sariq kartochka oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
14'
"Barsa" to‘pni nazorat qilmoqda
12'
Neymar maydon chetida butsalarini almashtirib olmoqda
9'
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
8'
Suares darvozaga teskari turgan holda raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilayotganida, yiqildi. Hakam unga ishonmadi
7'
Inyestaning uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. Riko to‘pni ushlab oldi
4'
VUUUUUH! Suaresning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, yerga tegdi va yuqoriga ko‘tarildi. Riko to‘pni egallab oldi
3'
Roberto o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar io‘pni qaytarishdi
2'
Messi 2-3 futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo so‘nggi uzatma noaniq bo‘ldi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Kamp Nou" stadioni
'
Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Sevilya"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Hafta o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, Ispaniyada tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.