Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

31-tur, 8 aprel, 19:15. Bosh hakam: Rikardo De Burgos Bengoyechea (Bilbao)

REAL MADRID

Pepe (52)

1 : 1

ATLETIKO

Grizmann (85)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
03.Pepe
04.Serxio Ramos
02.Daniel Karvaxal
12.Marselo
08.Toni Kroos
19.Luka Modrich
14.Kazemiro
11.Garet Beyl
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Yan Oblak (D)
20.Xuanfran
03.Filipe Luis
02.Diyego Godin
15.Stefan Savich
06.Koke
08.Saul Niguyes
10.Yannik Karrasko
14.Gabi
09.Fernando Torres
07.Antuan Grizmann
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho
16.Mateo Kovachich
10.Xames Rodriges
22.Isko
17.Lukas Vaskes
21.Alvaro Morata
  25.Andre Moreyra (D)
24.Xose Ximenes
19.Lukas Ernandes
11.Anxel Korrea
22.Tomas Parti
17.Alessio Cherchi
42.Roberto Nunez
SARIQ KARTOCHKA
Kazemiro (37)
 
Saul (52)
Godin (60)

Matn

90+4'
O‘yin tugadi. "Real" - "Atletiko - 1:1. Zidan shogirdlari muhim 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi
90+3'
Eng so‘nggi daqiqa qoldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
88'
Koke sariq kartochka oldi.
87'
Karvaxal ogohlantirish oldi.
85'
GOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 1:1! "Atletiko" nihoyat "Real" mudofaasini yorib o‘tishning yo‘lini topdi. Grizmann birga bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi!
85'
"Matraschilar" o‘ng qanotdan uzatma berishdi. "Real" xavfni bartaraf etdi
81'
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushdi
80'
"Atletiko" to‘pni nazorat qilmoqda
78'
"Atletiko"da o‘zgarish: Torres o‘rniga Tomas Parti tushdi
76'
"Real"da o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Isko tushdi
74'
VUUUUUUH! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Grizmann qaychi uslubida zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. Ammo Antuan biroz ofsaydda qolgan ekan
73'
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
71'
Koke "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi
69'
Ronaldu darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi Benzemaning zarba berishiga imkon bermadi
68'
Karrasko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
67'
Benzema jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va 15 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
67'
Pepe o‘yinni davom ettira olmadi. O‘rniga Nacho Monreal o‘yinni davom ettiradi.
63'
Pepe va Kroos to‘qnashib ketishdi. Pepega tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
63'
"Real" futbolchilari o‘z jarima maydonchalari tashqarisida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Mehmonlar vaziyatdan foydalana olishmadi
62'
"Atletiko"da o‘zgarish: Saul o‘rniga Anxel Korrea tushdi
60'
Diyego Godin sariq kartochka oldi
60'
VUUUUUUUUH! Koke maydon markazida to‘pni egallab, Torresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Fernandoning zarbasini Keylor Navas qaytardi!
59'
Vuuh! Saul olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Navas ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
57'
Zidan shogirdlari to‘pni nazorat qilishmoqda
55'
Vuuuuh! Beyl o‘ng qanotdan uzatma berdi. Savich bosh bilan qaytargan to‘pni Karvaxal jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qaytardi va 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
52'
GOOOOOOOOL! Pepe, 1:0! Kroos yetkazib bergan uzatmani "Real" himoyachisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
52'
Saul sariq kartochka oldi.
48'
VUUUUUUUUH! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Ronaldu bosh bilan darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Benzema tomonidan yo‘llangan zarbani Oblak ko‘kragi bilan qaytardi!!!
47'
Vuuuuh! Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Ronaldu baland sakrab, bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Madrid derbisida hozircha hisob - 0:0. Tanaffus
45'
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
40'
Burchak to‘pi qaytarildi. Takroriy uzatilgan to‘pga Torres bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
39'
VUUUUUUUH! Serxio Ramos o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi! U maydon markazida to‘pni Grizmanga berib qo‘ydi. Antuan raqib jarima maydonchasi atrofiga yaqinlashib, zarba berdi. To‘p Navasning qo‘lidan tark etdi
38'
O‘yin maydon markaziga ko‘chayotgandek
37'
Kazemiro sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga qochayotgan Torresni yiqitdi
35'
Jarima maydonchasiga uzatma berildi. 11 metrli nuqta ustida turgan Torres to‘pni to‘xtata olmadi
34'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli chiqmadi
32'
Beyl olis masofadan aniq zarba berdi. Oblak to‘pni egallab oldi
31'
VUUUUUUUUUH! EHHHHHHHHHH! "Atletiko" futbolchilari maydon markazida to‘pni raqibga berib qo‘yishdi va "Real" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Ronaldu o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Darvozaga kirib ketayotgan to‘pni Svvich bosh bilan qaytarib qoldi!!! Stefan qayerdandir paydo bo‘p qoldi
29'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "Real" futbolchisi zarba berdi. Noaniq
28'
Vuuuuuuuh! Benzema va Ronaldu o‘zaro "devor" o‘ynab, raqib jarima maydonchasi kirishdi. Krim 14 metrlardan zarba berdi. Oblak zarba qaytardi! Burchak to‘pi
27'
Saul! Jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bera olmadi!
22'
Vuuuuh! Mehmonlar ijrosidagi burchak to‘pi taxlikali bo‘ldi. Navas xavfni bartaraf etdi
21'
"Atletiko" birinchi burchak to‘piga ega bo‘ldi
20'
"Real" o‘yindagi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol ishlatildi
19'
"Atletiko" qarshi hujumga o‘tib ketdi, ammo Grizmann ofsaydda qolib ketgan ekan. Aks holda u darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qolgandi
18'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi
18'
Modrich olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘zp himoyachining boshidan maydonni tark etdi
17'
Ronaldu jarimadan uzatma berdi. Ramos shu yerda edi, ammo himoyachi to‘pni qaytardi
15'
Vuuuuuuh! Ronaldu! Jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi! Yan Oblak zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pni himoyachi vaziyatdan uzoqlashtirdi
12'
Karvaxal o‘ng qanotdan uyushtirilgan hujumda to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
11'
Maydon markazida mayda qoidabuzarliklar ko‘payib qoldi. O‘yin surati ham pasaydi
10'
Grizmann jarima zarbasidan to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Marselo to‘pni qaytardi
9'
Juda xavfli! O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazib berilgan to‘pni Torres darvozaga yo‘llashiga sal qoldi. U to‘pga zarba berishga ulgurmadi
8'
Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga oshirdi, darvozabon o‘z o‘rnida
7'
Jamoalar o‘yinni faol boshlashdi. Hech kim himoya haqida o‘ylamayapti
6'
Mehmonlarning tezkor qarshi hujumida Karrasko to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
5'
Modrich tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pga darvozabon birinchi bo‘lib yetib keldi va ushlab oldi
4'
Beyl burchak zarbasidan oshirilgan to‘pga qaychi uslubida zarba berdi,ammo to‘p himoyachiga tegib qaytdi
3'
Torres to‘pni jarima zarbasidan jarima maydoniga oshirdi. Hech kim unga zarba berishga ulgurmadi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi
2'
"Atletiko" ilk hujumda chap qanotda jarima zarbasi ishlab oldi
1'
"Real"ning dastlabki hujumi. To‘p o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazildi, ammo Ronaldu unga zarba berishga ulgurmadi
0'
O‘yin boshlandi
'
Jamoalar maydonga tushib kelishdi
'
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari! Sizlarni Ispaniya chempionatining markaziy o‘yinlaridan birini biz bilan birga kuzatib borishga taklif qilamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.