Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

31-tur, 8 aprel, 23:45

MALAGA

Sandro Ramires (32)
Xoni (90)

2 : 0

BARSELONA

JAMOALAR TARKIBI
01.Karlos Kameni (D)
15.Federiko Rikka
18.Roberto Rosales
24.Luis Ernandes
05.Diyego Lyorente
06.Ignasio Kamacho
10.Xuan Anor
07.Xuan Karlos
14.Recio
19.Sandro Ramirez
31.Pablo Fornals
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
24.Jeremi MatYE
18.Xordi Alba
23.Samuel Umtiti
14.Xavyer Maskerano
06.Denis Suares
21.Andre Gomes
05.Serxio Buskets
11.Neymar
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
13.Denis Boyko (D)
03.Martin Demichelis
04.Mikel Vilyanuyeva
16.Adalberto Penaranda
17.Duda
21.Joni
09.Charlz
  13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
28.Karles Alena
30.Alexandro Karbonell
17.Fransisko Alkaser
SARIQ KARTOCHKA
 
Xordi Alba (8)

Matn

90+4'
Messi jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘ishldi
90'
GOOOOOOL! Xoni, 2:0! "Malaga" qarshi hujumda "Barselona"ni jazoladi!
89'
VUUUUUUH! Maskeranoing aniq uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatda zarba berdi. Kameni yana bir marta qutqarmoqda!
87'
Maskerano ogohlantirish oldi
83'
Inyesta jarima maydonchasiga uzatma berdi, ammo Buskets jarima maydonchasi ichida fol ishlatdi
79'
"Malaga" chiroyli qarshi hujumdan foydalana olmadi. Ter Shtegen zarbani qaytardi
79'
Messining zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib qaytdi
78'
Hakamlar bugun ko‘p xato qilishyapti. O‘yinni izdan chiqarib yuborishdi. "Malaga" futbochlilari jarima maydonchasi ichida Robertoni yiqitishdi. Hakam esa tashqarisidan jarima zarbasi belgilamoqda
76'
"Malaga"da o‘zgarish: Sandro Ramires o‘rniga Sharles Dias tushdi
76'
Suares bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni Kameni egalladi
75'
"Barselona" qarshi hujumda qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo to‘p yo‘qotildi
73'
"Malaga" jarima maydonchasi tashqarisidan jarima zarbasi tepadi
71'
Penaranda darvozani ishg‘ol qildi, ammo u ofsaydda qolgan ekan
70'
Penaranda ogohlantirish oldi
69'
Messining zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegib qaytdi
69'
Mehmonlar jarima zarbasi tepadigan bo‘lishdi
67'
"Malaga"da o‘zgarish: Xuanpi maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Adalberdo Penaranda tushdi
65'
Neymar maydondan chetlatildi! Raqib futbolchisiga nisbatan xavfli o‘ynadi
64'
Vuuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga chiqdi hamda to‘pni jarima maydonchasining o‘ng tomoniga olib qochdi. To‘pni 11 metrli nuqta ustiga yetkazdi. Neymar bosh bilan bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi
63'
Vuuuuuh! Xuanpi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
62'
Ehhhhh, Suares! Messining uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, Suaresga pas berdi. Luis negadir to‘pning ustidan sakrab o‘tib ketdi, ammo uning ortida zarba berishga tayyor futbolchi yo‘q edi
61'
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Pako Alkaser tushdi
60'
Vuuuuuh! Neymar jarima maydonchasi ichida Zidan uslubida fint ishlatdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonni tark etdi
57'
VUUUUUUH! "Malaga" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Sandro Ramiresning uzatmasidan keyin Xuanpi jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Ter Shtegen qutqardi
56'
Messi jarima maydonchasi tashqasridan zarba berdi. Noaniq
55'
Neymar jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Keyin esa Neymar fol ishlatdi
53'
Messiga nisbatan xavfli o‘ynaldi. Ammo bu safar ogohlantirish berilmadi
51'
Messi ijrosidagi jarima zarbalari anchadan beri darvozaga aniq bormayapti
50'
Messi jarima zarbasi ishladi. Darvozagacha 23 metrlar
46'
"Barselona"da birdaniga 2ta o‘zgarish bo‘ldi: Matyo o‘rniga Serxi Roberto, Denis Suares o‘rniga Andres Inyesta tushdi.
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Malaga" - "Barselona" 0:1. Tanaffus
45'
Resio ogohlantirildi
44'
"Malaga" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
43'
Denis Suares ofsaydda qoldi
40'
Kataloniyaliklarning navbatdagi xavfli hujumi burchak to‘pi bilan yakunlandi
39'
Xavfli vaziyat! Zarbani Kameni egallab oldi
39'
"Barsa" burchak to‘pi ishladi
37'
Federiko Rikka ogohlantirildi. Umtitiga nisbatan keskin o‘ynadi
35'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Kameni egallab oldi
33'
Samuel Umtiti ogohlantirish oldi
32'
GOOOOOOOOL! Sandro Ramires, 1:0! Qarshi hujumda to‘p olis masofadan oldinga yetkazildi hamda "Malaga" hujumchisi birga-bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi!
30'
Vuuuuuh! Messi chiroyli pas bilan Gomeshni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Andre raqib jarima maydonchasi ichida zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi gavdasi bilan uning yo‘lini to‘sib, xavfni bartaraf etdi
27'
Neymarga sariq kartochka ko‘rsatildi
23'
Vuuuuuh! Ter Shtegen to‘pni raqibiga tashlab berdi. Ammo "Malaga" futbolchisi o‘ng qanotdan bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba bera olmadi
22'
Messining zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
21'
Messiga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 22 metr masofa bor
19'
Vuhhh! Suares o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kameni to‘pni egalladi
16'
VUUUUUUUH! Albaning uzatmasidan keyin Luis Suares to‘pni raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi hamda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Kameni zarbani qaytardi!!!
14'
"Malaga"ning ilk hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma hech kimga tegmay, narigi tomonga o‘tib ketdi
13'
Himoyachilarning xatosidan keyin mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi. Laynsmen ofsaydda qayd etishda xatoga yo‘l qo‘ydi
12'
"Barsa" to‘pni nazoratda ushlab turibdi, ammo mudofaani yorib o‘ta olmayapti
8'
Xordi Alba sariq kartochka oldi
6'
"Barsa" asta-sekin raqib jarima maydonchasi tomon bosimni oshirib bormoqda
5'
Neymar chap qanotdan raqib jarima maydonchasi uzatma berdi. Kameni to‘pga ega chiqdi
3'
"Barselona" to‘pni nazorat qilishga kirishib ketdi va hujum tashkil qilish yo‘llarini izlamoqda
1'
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida "Barselona" safarda "Malaga"ga qarshi saf tortadi. O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi
'
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.