Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, chorak final
| Dastlabki o‘yin. 11 aprel, soat 23:45 | ||
YUVENTUSPaulo Dibala (7, 22)
Jorjio Kyellini (55) |
3 : 0 |
BARSELONA |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Janluijji Buffon (D) 23.Dani Alves 19.Leonardo Bonuchchi 03.JorJo Kyellini 12.Aleks Sandro 06.Sami Xedira 07.Xuan Kuadrado 05.Miralem Pyanich 21.Paulo Dibala 09.Gonsalo Iguain 17.Mario Manjukich |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Jeremi MatYE 03.Jerar Pike 23.Samuel Yumtiti 08.Andres Inyesta 20.Serxi Roberto 04.Ivan Rakitich 14.Xavyer Maskerano 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
25.Neto (D) 26.Stefan Lixtshtayner 15.Andrea Barsali 08.Klaudio Markizio 28.Tomas Rinkon 18.Mario Lemina 22.Kvadvo Asamoa |
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 18.Xordi Alba 06.Denis Suares 21.Andre Gomes 28.Karles Alena 17.Fransisko Alkaser |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Yuventus" o‘z uyida "Barselona"ni yirik hisobda mag‘lub etdi va amalda yarim final yo‘llanmasini hal qilib qo‘ydi |
| 90+5' | ![]() |
Neymarning uzatmasidan keyin SUares bosh bilan zarba berdi. To‘pni Buffon egallab oldi |
| 90+1' | ![]() |
Lemina ogohlantirish oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Yuve"da o‘zgarish: Pyanich o‘rniga Andrea Barsali tushdi |
| 88' | ![]() |
Gomeshning uzatmasidan keyin Rakitich to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 87' | ![]() |
Messining zarbasi jonli devorga tegdi va Suares burchak to‘pi ishladi |
| 86' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida jarima zarbasi ishladi |
| 81' | ![]() |
"Yuventus"da o‘zgarish: Dibala o‘rniga Tomas Rinkon tushdi |
| 80' | ![]() |
Vuuuh! Messi chap qanotdan uzatma berdi. Umtiti darvozabon maydonchasidan davrozani ishg‘ol eta olmadi |
| 78' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Buffonga nisbatan fol ishlatildi deb topildi |
| 78' | ![]() |
Vuuuh! Neymar bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va Suaresga uzatma berdi. Urugvaylik futbolchi vazyaitdan foydalana olmadi. Burchak to‘pi |
| 75' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Neymar chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. To‘pni Roberto egallab, orqaroqdagi Suaresga berdi. Urugvaylik futbolchining zarbasi naniq bo‘ldi |
| 74' | ![]() |
Xedira ogohlantirish oldi. Simulyasiya uchun |
| 73' | ![]() |
"Yuventus"da o‘zgarish: Kuadrado o‘rniga Mario Lemina tushdi |
| 72' | ![]() |
"Yuvnetus" raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. Ammo Xedira to‘pni ofsaydda qabul qildi deb topildi. Laynsmen adashdi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar chizig‘i ustidan bergan zarbani Kyellini qo‘li bilan qaytardi. Hakam vaziyatni payqamadi shekilli, aks holda penalti belgilanishi kerak edi |
| 68' | ![]() |
VUUUUUUUH! MEssining pasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga qochib ketib, zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi. "Barsa" imkoniyatlardan foydalana olmayapti |
| 66' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujumda fol qayd etildi |
| 63' | ![]() |
Manjukichga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 62' | ![]() |
Neymar hujum chizig‘iga o‘tgan Pike tomon uzatma berdi. To‘pni Buffon egalladi |
| 61' | ![]() |
"Ko‘k-anorranglilar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Jorjio Kyellini, 3:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi! Qoyil, "Yuve"! |
| 54' | ![]() |
VUUUUUUUH! Iguain birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasini Ter Shtegen qaytardi! |
| 54' | ![]() |
Luis Suares ogohlantirildi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuh! Kuadradoning pasidan keyin Iguain jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Vuuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Suares chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Inyesta 17 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 51' | ![]() |
Neymar olis masofadan juda noaniq zarba berdi |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh! Maskeranoning uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ammo uni biroz o‘zidan uzoqlashtirib yuborgani uchun Buffon egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Vuuuh! Xedira olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. Biroz noaniq |
| 47' | ![]() |
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasiga kirayotgan Suares tomon uzatma berdi. Himoyachi jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qaytarib qoldi. Lionel to‘pga yetib kelddi va o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish bo‘ldi: Jeremi Matyo o‘rniga Andre Gomesh tushdi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Yuventus" - "Barselona" 2:0, tanaffus |
| 45' | ![]() |
"Yuve" burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Matyo bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Iguain jarima maydonchasi burchagidan noqulay zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni o‘z oldiga qaytardi. Matyo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! Matyo chap qanotdan yetkazgan uzatmani Suares bosh bilan darvozaga burdi, ammo to‘p Kyellinining oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 30' | ![]() |
Messi raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo biroz avval — to‘pni Xediradan olib qo‘yishdan oldin o‘yin qoidasini buzgan deb hisoblandi |
| 29' | ![]() |
To‘p nazorati kataloniyaliklarda, ammo "Yuve" ishonch bilan himoyalanmoqda |
| 22' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Paulo DIBALA, 2:0! "Yuventus" qarshi hujumda "Barsa"ni jazoladi. Manjukich chap qanotdan oldinga o‘tib, Dibalaga uzatma berdi. Argentinalik futbolchi aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 21' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Maskerano bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 21' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Messi ajoyib pas bilan Inyestani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Andres jarima maydonchasi ichida yo‘llagan nozik zarbani Buffon qaytarib qoldi! |
| 18' | ![]() |
Pyanich o‘ng ianotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmon himoyachilari to‘pni qaytarishdi |
| 16' | ![]() |
Kataloniyaliklar hujum variantlarini izlashmoqda. O‘yin tempi yuqori |
| 12' | ![]() |
Messi jarimadan noaniq zarba yo‘lladi |
| 12' | ![]() |
"Yuventus" o‘z jarima maydonchasi burchagida Messiga nisbatan fol ishlatdi |
| 11' | ![]() |
Mehmonlar to‘p nazoratini o‘z tomonlariga to‘liq og‘dirib olishdi |
| 7' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Paulo Dibala, 1:0! Kuadrado o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Dibalaga uzatma berdi. Argentinalik futbolchi aylanma zarba bilan "Barsa" darvozasining olis burchagina ishg‘ol qildi! |
| 5' | ![]() |
Turinliklar "Barsa" futbolchilariga nisbatan kuchli pressing ishlatishmoqda |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh! "Yuventus" hisobni ochishi mumkin edi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Iguain bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlar ligasida chorak final bosqich doirasida "Yuventus" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|