Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 32-tur, 15 aprel. soat 19:15 | ||
SPORTING XIXONDuye Chop (14)
Mikel Vezga (50) |
2 : 3 |
REAL MADRIDIsko (17, 90)
Alvaro Morata (59) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Ivan Kuelyar (D) 16.Lilyo 05.Fernando Amorebyeta 03.Jan-Silven Baben 04.Xorxe Mere 19.Karlos Karmona 18.Ismael Lopez 06.Serxio Alvares 22.Mikel Vezga 23.Moy Gomes 24.Duye Chop |
13.Kiko Kasilya (D) 04.Serxio Ramos 15.Fabiu Kuentrau 06.Nacho 10.Xames Rodriges 22.Isko 16.Mateo Kovachich 23.Danilo 20.Marko Asensio 17.Lukas Vaskes 21.Alvaro Morata |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Diyego Marino (D) 15.Roberto Kanelya 20.Dani Ndi 21.Xavi Torres 10.Nacho Kases 17.Akram Afif 09.Karlos Kastro |
25.Ruben Yaniz (D) 27.Alvaro Texero 12.Marselo 19.Luka Modrich 14.Kazemiro 08.Toni Kroos 18.Mariano Dias |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Real" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Isko uchrashuv qahramoniga aylandi |
| 90+2' | ![]() |
Hozirgina zaxiradan tushgan Akram Afif ogohlantirildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOL! Isko, 2:3! Jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bilan "Madrid"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda! |
| 89' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Kazemiro tushdi |
| 89' | ![]() |
Morata sariq kartochka oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun |
| 88' | ![]() |
Vuuuh! Asensio raqib jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 87' | ![]() |
Kases ogohlantirish oldi. |
| 86' | ![]() |
Xames jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 85' | ![]() |
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 83' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘piga Ramos bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 81' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Dias bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 79' | ![]() |
"Xixon"da o‘zgarish: Duye Chop o‘rniga Dani Ndi tushdi |
| 79' | ![]() |
Isma Lopes ogohlantirildi |
| 77' | ![]() |
Burchak to‘pidan keyin taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Ramos xavfni bartaraf etmoqda |
| 76' | ![]() |
"Sporting" burchak to‘pi ishladi |
| 74' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xames jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
VUUUUUUUH! Isko! Nimalar qilib tashladi?! U ketma-ket bir necha futbolchini aldab, jarima maydonchasiga kirdi, ichkrida ham bir nechta fint ishladi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Daniloning uzatmasini Marselo egalladi va zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 71' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Lukas Vaskes o‘rniga Mariano Dias tushdi |
| 69' | ![]() |
"Sporting Xixon"da o‘zgarish: Moy Gomes o‘rniga Nacho Kases tushdi |
| 65' | ![]() |
Vuuuh! Marselo yetkazgan uzatmaga Morata bosh bilan zarba berdi. Kuelyar to‘pni egallab oldi |
| 64' | ![]() |
Asensioning uzatmasidan keyin Morata jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Biroq hujumchi ofsaydda qolgan ekan |
| 63' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Kasilya egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Isma Lopes jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Danilo bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 61' | ![]() |
Lilyo ogohlantirildi |
| 59' | ![]() |
GOOOOOOOL! Alvaro Morata, 2:2! Danilo o‘ng qanotdan havodan uzatma berdi. Morata bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 58' | ![]() |
"Sporting" futbolchisi maydon markazidan boshlab yakkama-yakka vaziyatga qochib ketishi mumkin edi. Ramos qutqarib qoldi |
| 57' | ![]() |
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Koentrau o‘rniga Marselo tushdi |
| 57' | ![]() |
Danilo o‘ng qanotdan uzatma berdi. Kuelyar to‘pni egallab oldi |
| 54' | ![]() |
Oho! Xames jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda aniq zarba yo‘lladi. Kuelyar to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Morata ofsaydda qoldi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOL! Mikel Vezga, 2:1! Dahshatli gol! Jarimadan yetkazilgan uzatmani Baben bosh bilan 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Vezga bosh bilan naq to‘qqizlikka parashyut uslubida zarba berdi. Kasilya to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi |
| 48' | ![]() |
VUUUUUUUH! Xames jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Nacho darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi. Kuelyar ajoyib seyv orqali darvozasini goldan qutqarib qoldi! |
| 47' | ![]() |
"Sporting" futbolchisi o‘z jarima maydonchasi burchagida Iskoni tortib yiqitdi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. Davom etamiz. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Sporting Xixon" - "Real Madrid" 1:1. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 44' | ![]() |
Xames tomonidan berilgan jarima zarbasi natijasida to‘p jonli devordan maydonni tark etdi |
| 43' | ![]() |
Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo Lopes uni qo‘li bilan tortib yiqitdi. |
| 41' | ![]() |
Koentrau chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Himoyachilar hujumchilarga zarba yo‘llash imkoniyatini berishmadi |
| 39' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kasilya musht bilan to‘pni urib yubordi |
| 38' | ![]() |
Oho! Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 37' | ![]() |
"Real" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Xames chap qanotdan darvoza oldiga yaqinlashayotgan Vaskesga uzatma berdi. Himoyachilar bir amallab xavfni bartaraf etishdi |
| 36' | ![]() |
Xames chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Kuelyar to‘pni egalladi |
| 36' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Kasilya egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Maydon egalari to‘pni markazga qaytarishdi |
| 34' | ![]() |
Serxio Alvares sariq kartochka oldi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar qarshi hujumda xavfli o‘ynay olishlari mumkinligini namoyish qilishmoqda |
| 32' | ![]() |
"Real" raqib mudofaasini yorib o‘tishga qiynalmoqda |
| 30' | ![]() |
Vuuuuuh! Nacho qaramasdan o‘z darvozaboniga uzatma berdi. To‘pni Lopes egallab olishiga bir baxya qoldi |
| 29' | ![]() |
Isko ajoyib uzatma bilan Vaskesni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ammo Lukas ofsaydda qolib ketdi |
| 27' | ![]() |
Vaskes chap qanotdan yaxshi uzatma berdi. Morata baland sakradi va bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 26' | ![]() |
"Sporting" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p maydon markaziga qaytarildi |
| 24' | ![]() |
Ustunlik to‘laligicha "Madrid" tomonida. Xixonliklar butun jamoa bo‘lib himoyalanishmoqda. Faqat Chop oldinda |
| 22' | ![]() |
Xames yetkazgan to‘pni Baben bosh bilan qaytardi |
| 22' | ![]() |
Chap qanotda Iskoga nisbatan qoidabuzarlik qilindi. Jarima zarbasi |
| 20' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berishdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
Morata o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Kuelyar egallab oldi |
| 17' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Isko, 1:1! "Real" yarim himoyachisi individual mahorati evaziga hisobni tenglashtirmoqda. Isko raqib jarima maydonchasi ichida 3 futbolchini aldab, aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi |
| 14' | ![]() |
GOOOOL! Duye Chop, 1:0! Parashyut uslubida "Real" jarima maydonchasiga uzatma berildi. Hujumchi birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 12' | ![]() |
Asensio chap qanotdan bergan uzatmani Morata raqib jarima maydonchasi ichida egallab oldi, ammo himoyachi uni "qurolsizlantirdi" |
| 11' | ![]() |
Vuuuuh! Danilo o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Vaskes bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 10' | ![]() |
Xames jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos muvaffaqiyatli zarba yo‘llay olmadi. To‘pni Kuelyar egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Chap qanotda Isko nisbatan fol ishlatildi |
| 8' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! Mezbonlar o‘ta xavfli vaziyat yaratishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Duye Chop darvoza yaqinida bosh bilan zarba berdi. "Sporting" futbolchisi to‘pni darvozaga burishi mumkin edi, ammo Karvaxal unga xalal berdi va vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 5' | ![]() |
Madridliklar nazorat o‘z tomonlariga og‘dirishmoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida «Sporting» o‘z maydonida «Real»ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|