Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi, chorak final

Javob o‘yini, 19 aprel, 23:45

BARSELONA

0 : 0

YUVENTUS

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
23.Samuel Yumtiti
03.Jerar Pike
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
11.Neymar
  01.Janluidji Buffon (D)
03.Jorjo Kyellini
12.Aleks Sandro
23.Dani Alves
19.Leonardo Bonuchchi
07.Xuan Kuadrado
05.Miralem Pyanich
06.Sami Xedira
09.Gonsalo Iguain
17.Mario Manjukich
21.Paulo Dibala
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
19.Lukas Din
21.Andre Gomes
28.Karles Alena
14.Xavyer Maskerano
06.Denis Suares
17.Pako Alkaser
  25.Neto (D)
26.Stefan Lixtshtayner
15.Andrea Barsali
04.Mexdi Benatia
28.Tomas Rinkon
18.Mario Lemina
22.Kvadvo Asamoa

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Barselona" - "Yuventus" - 0:0! Turinliklar yarim finalga yo‘l olishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Barselonaliklar burchak to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirishdi
88'
"Yuventus"da o‘zgarish: Iguain o‘rniga Asamoa tushdi
85'
VUUUUUH! "Yuventus" qarshi hujum tashkil qildi. Lemina jarima maydonchasiga kirdi va xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi
83'
"Yuventus"da o‘zgarish: Kuadrado o‘rniga Mario Lemina tushdi
83'
Vuuuuh! Kuadrado jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p Pikega tegib qaytdi
82'
Kuadrado birga-bir vaziyatga qochdi, ammo ter Shtegen to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
80'
"Yuventus"da yaxshi imkoniyat. Kuadradoning uzatmasidan keyin Xedira jarima maydonchasiga kirdi va kuchsiz zarba berdi
80'
VUUUUH! Inyestaning uzatmasini Maskerano darvozabon maydonchasida darvoza tomon burishga intildi. Buffon amallab to‘pni qaytarib qoldi
78'
"Barsa"da o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Maskerano tushdi
77'
Suares jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo penalti emas bu
76'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike zarba berdi. yana burchak to‘pi
75'
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. BUrchak zarbasi ishlandi
74'
"Yuventus"da o‘zgarish: Dibala o‘rniga Bardzalli tushdi
74'
Dabala jarima maydonchasi burchagida Messini yiqitdi
73'
Neymar yetkazgan uzatmani Kyellini bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
72'
Pike hujumda yuribdi. U kombinasion hujumda ishtirok etdi. Suares zarba bera olmadi
71'
Vuuuuh! Dibala jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi
69'
VUUUUUH! Messi jarima maydonchasiga kirdi va Robertoga to‘pni qoldirdi. Serxi chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
67'
VUUUUUUUUH! Burchak to‘pidan keyin Buffon qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Suares to‘pni Messiga yetkazdi. Argentinalik futbolchi 6-7 metrdan o‘ng oyoqda darvoza tomon aniq zarba bera olmadi!
66'
Burchak to‘pidan keyin Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p "Yuve" futbolchisiga tegib qaytdi
65'
Neymar qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
64'
Sami Xedira ogohlantirish oldi. Suaresni juda qo‘pollik bilan yiqitdi
63'
VUUUUUH! "Yuventus" hujum qilayotganida Buskets jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni oldirib qo‘ydi. "Yuventus" futbolchisining zarbasidan keyin to‘p rekoshet holatda yuqoridan to‘singa tegdi va maydonni tark etdi
62'
Vuuuuh! Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berish imkonini topdi. Ammo to‘p yuqoriga ketib qoldi
59'
Turinliklar katta qiyinchilik bilan hujumlarni bartaraf etishmoqda
58'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Alkaser tushdi
58'
Messining zarbasidan keyin to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Buffon vaziyatni nazorat qilayotgandi
57'
Kyellini sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi yarim aylanasi oldida Suaresni yiqitdi
56'
VUUUUUUUH! Messi! Jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
53'
Kudaradoda ajoyib imkoniyat! Futbolchi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Albani aldadi va zarba berdi. Burchak to‘pi
52'
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisida Neymar bilan "devor" o‘ynab oldi va 17 metrlardan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
51'
Vuuuuh! "Yuve" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Neymar egalladi va zarba berdi. Noaniq
50'
VUUUUUH! "Yuventus"da ajoyib imkoniyat! Alba to‘pni yo‘qotganidan keyin Kuadrado o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchakka zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
49'
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
47'
Vuuuuuh! Neymar! Zich joylashgan raqibning naq 4 futbolchisidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo so‘nggi pallada to‘pni yo‘qotdi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi. Davom etamiz
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u yakuniga yetdi. Hozircha - 0:0.
44'
Neymar ogohlantirish oldi. Mabodo, "Barselona" yarim finalga chiqsa, Neymar dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi
43'
Vuuuuh! Suares 11 metrli nuqta yonidan chalqancha uslubda zarba berdi. noaniq
40'
Inyesta sariq kartochka oldi. Kuadradoni chalib yiqitdi
38'
VUUUUUUH! Pyanich "parashyut" uslubida jarima maydonchasiga uzatma berdi va Iguain zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
36'
Pike kutilmaganda raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Messi to‘pga biroz yeta olmadi
35'
"Barselona" navbatdagi burchak to‘pidan foydalana olmadi
33'
Xedira maydonda yotibdi. Hakam shifokorlarni chaqirdi
32'
Kuadrado o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Iguain uzatmaga yeta olmadi
31'
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. Buffon to‘pni qaytardi va qaytgan to‘pga Messi yetib borib, bir himoyachi ta’qibi ostida o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Noaniq
29'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p qaytarildi
27'
Luis Suares raqib jarima maydonchasi ichida Bonuchchiga nisbatan fol ishlatdi
24'
Dibala birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo ofsayd
22'
Vuuuuh! Inyesta chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Kyellini aldab, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pga Serji Roberto zarba berdi. Noaniq
21'
Vuuuuh! "Barsa" ketma-ket bosimni amalga oshirmoqda. Albaning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichidan aniq zarba bera olmadi
19'
VUUUUUUH! Alba chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Suares to‘xtatib bergan to‘pni Messi egalladi va 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
19'
Vuuuuh! Suares raqib jarima maydonchasi ichida Messidan uzatma qabul qildi va zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qoldi
17'
VUUUUUUH! Messi aniq uzatma bilan chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirgan Albaga pas berdi. Xordi to‘pga birozgina yeta olmadi!
16'
Vuuuuh! "Yuve"ning xavfli hujumi! Dibalaning uzatmasini Kuadrado jarima maydonchasi ichida darvozaga teskari turgan holda qabul qildi va o‘z ustidan oshirib zarba berdi. Noaniq
15'
Vuuuh! "Barsa" qarshi hujum tashkil qildi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Messiga uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan jarima maydonchasi tashqarisiga chiqdi. Rakitichning zarbasi noaniq bo‘ldi
13'
Vuuuuh! Iguain zarbavor vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi kira solib zarba berdi. Noaniq
12'
Vuuuuuuh! Neymar aniq uzatma bilan darvozabon maydonchasiga kirgan Suaresga uzatma berdi. Luis darvozaga teskari turgan holda bosh bilan to‘pni sheriklariga yetkazishga urindi, ammo to‘pni himoyachi egallab oldi
9'
Neymar burchak to‘pi ishladi va uni o‘zi o‘yinga kiritdi. Messi jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pike to‘pni qaytardi, ammo o‘ziga bo‘ysundira olmadi
7'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Rakitich bosh bilan qaytardi
6'
Pike o‘ng burchakka yaqin joyda Kuadradoga nisbatan fol ishlatdi
6'
Neymar chap tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va yiqildi, ammo penalti emas bu vaziyat
5'
"Yuventus" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Iguain jarima maydonchasi ichida zarba berishga harakat qildi, ammo to‘zp uning oyog‘iga yaxshi o‘tirmadi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
3'
Maydon markazidagi tashabbus uchun kurash kechmoqda
1'
Jang boshlandi! To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari, aniqrog‘i, Messi kiritib berdi!
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. O‘yin boshlanishiga atigi 3 daqiqa qoldi
'
Turinda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Yuventus" 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shunga qaramay, bugungi o‘yin juda qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Xo‘sh, "Barsa" yana bir bor superkambekni amalga oshira oladimi?
'
Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida javob o‘yinlari davom etadi. "Barselona" o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.