Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| «el-klasiko». 33-tur. 23 aprel. soat 23:45. Bosh hakam: Alexandro Ernandes | ||
REAL MADRIDKazemiro (28)
Xames Rodriges (86) |
2 : 3 |
BARSELONALionel Messi (33, 90+2)
Ivan Rakitich (73) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 12.Marselo 06.Nacho 02.Daniel Karvaxal 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 11.Garet Beyl 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 03.Jerar Pike 04.Ivan Rakitich 20.Serxi Roberto 08.Andres Inyesta 05.Serxio Buskets 10.Lionel Messi 09.Luis Suares 17.Pako Alkaser |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 16.Mateo Kovachich 23.Danilo 10.Xames Rodriges 20.Marko Asensio 22.Isko 21.Alvaro Morata |
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 14.Xavyer Maskerano 21.Andre Gomesh 07.Arda Turon 28.Karles Alena 06.Denis Suares |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kazemiro (12)
Kovachich (81) |
Umtiti (39)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Serxio Ramos (77)
|
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin tugadi! "Real" - "Barselona" 2:3! Kataloniya superklubi Ispaniya chempionati peshqadamiga aylanmoqda! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOOOOOOOL! Lionel Messsssiiiii! 2:3! Serxi Roberto maydonning o‘ziga tegishli qismida "Real"ning 3 futbolchisini aldab o‘tib, o‘z jamoasiga katta ustunlikni yaratdi. Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmani Messi darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga atigi 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
VUUUUUH! Ter Shtegen "Barsa"ni qutqarmoqda! Asensioning xavfli zarbasini qaytardi |
| 87' | ![]() |
Vuuuuukh! "Real" yana bir xavfli hujum tashkil qildi. Xamesning zarbasini Ter Shtegen egalladi |
| 86' | ![]() |
GOOOOOOOL! Xames Rodriges, 2:2! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilardan qoqib ketgan Xames yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 84' | ![]() |
Xames olis masofadan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 83' | ![]() |
Vuuuuuh! Messi jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas qaytardi |
| 82' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Xames Rodriges tushirildi |
| 81' | ![]() |
Mateo Kovachich ogohlantirish oldi. Messini ortdan yiqitdi |
| 80' | ![]() |
VUUUUUUUH! Andre Gomesh chap qanotdan uzatma berdi. Pike esa Navasning oldida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. Keylor qutqarmoqda!!! |
| 78' | ![]() |
Ramos maydonni tark etarkan, hakamga qarsak chaldi. Bu esa 3ta o‘yinga diskvalifikasiya deganidir |
| 77' | ![]() |
Serxio Ramosga qizil kartochka! To‘g‘ridan-to‘g‘ri! U Messining oyog‘iga tajovuzkor tashlandi. Leo sakrab qolib, jarohatdan qutulib qoldi |
| 77' | ![]() |
To‘pni madridliklar nazorat qilishmoqda. "Barsa" to‘la himoyada |
| 75' | ![]() |
Vuuuh! Ofsaydda turgan Benzema to‘pni Ronalduga to‘xtatib berdi. Krishtianu 17 metrdan aniq zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi |
| 74' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan qaytardi |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Ivan Rakitich, 1:2! Xorvatiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda aniq zarba berib, "Real" darvozasini ishg‘ol qildi! |
| 72' | ![]() |
VUUUUUUH! Asensio o‘ng qanotda jarima maydonchasiga kirdi va xavfli zarba yo‘lladi! Ter Shtegen qutqarmoqda |
| 70' | ![]() |
"Barsa"da dastlabki o‘zgarish: Alkaser o‘rniga Andre Gomesh tushdi |
| 70' | ![]() |
"Real" majburiy o‘zgarishga qo‘l urmoqda. Kazemiro o‘rniga Kovachich tushdi |
| 68' | ![]() |
VUUUUUUUH! Inyestadan superuzatma! Suares darvozabon maydonchasi burchagidan birga-bir vaziyatda zarba berdi! Navas qutqarmoqda! |
| 67' | ![]() |
VUUUUUUUH! EHHHHHHH, Ronalduuuuu! Benzemaning uzatmasidan keyin Asensio o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap qanotdan yordamga kelgan Krishtianuga pas berdi. Ronaldu bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 66' | ![]() |
Vuuuh! Asensioning uzatmasidan keyin Ronaldu qaychi uslubida zarba berishga urindi. Urinish muvaffaqiyatli chiqmadi |
| 66' | ![]() |
Mehmonlar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishmoqda |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Suares bosh bilan qaytardi |
| 63' | ![]() |
Mezbonlar to‘pni egallab, qarshi hujum tashkil qilishdi. Karvaxal jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni yo‘qotdi |
| 63' | ![]() |
Asensio ofsaydga chiqib ketdi |
| 60' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 59' | ![]() |
VUUUUUUH! Navas yana "Real"ni goldan qutqarmoqda! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. Keylordan ajoyib seyv! |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh! Mehmonlar maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va o‘ta xavfli hujum tashkil qildi. Messi Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Luis to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Navas to‘pni egalladi |
| 57' | ![]() |
Messi jarima zarbasini yo‘lladi. Noaniq |
| 56' | ![]() |
VUUUUUUUH! Albaning uzatmasidan keyin Alkaser darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi. 10 metrlardan zarba berdi. Navas qaytardi! |
| 53' | ![]() |
VUUUUUUUH! Marselo chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Benzema 5 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan to‘pni qaytarib qoldi! Superseyv! |
| 49' | ![]() |
"Real" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar vaziyatdan foydalana olishmadi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuuh! Marseloing uzatmasidan keyin Ter Shtegen burchakka kirayotgan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 47' | ![]() |
Vuuuuuh! Pike "Barsa"ni qutqarmoqda! Asensio o‘ng qanotdan katta tezlikda oldinga o‘tdi va davroza oldiga uzatma berdi. Pike to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 46' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga start berildi. DAvom etamiz |
| ' | ![]() |
Birinchi bo‘lim statistikasi. To‘p nazorati: 40% — 60%; Zarbalar: 9 — 7; Aniq zarbalar: 6 — 1; Noaniq zarbalar: 3 — 5; To‘silgan zarbalar: 0 — 1 Jarima zarbalari: 3 — 9 Burchak to‘plari: 1 — 1 Ofsaydlar: 4 — 1 Seyvlar: 0 — 5 Follar: 5 — 3 Sariq kartochkalar: 1 — 1 |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hisob hozircha "Real" - "Barselona" 1:1. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
VUUUUUUH! Navas to‘pni qaytara olmadi. Messi yaqin masofadan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila omladi! |
| 45+2' | ![]() |
"Barsa" xavfli hujum uyushtirdi. Albaning uzatmasidan keyin Nacho xavfni bartaraf etdi. Burchak to‘pi |
| 45+1' | ![]() |
Kazemiro bugun xavfli o‘ynamoqda. Messining oyog‘ini bosdi va Leoni to‘xtatdi. U ikkinchi sarig‘ini olishi mumkin keyinchalik |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Barselona" xavfli hujum tashkil qildi. Messining uzatmasidan keyin Suares oldinga qochdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Alba ko‘ngildagidek zarba bera olmadi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Messi raqib darvozasini yana bir marta ishg‘ol qilishiga bir baxya qoldi! U jarima maydonchasiga chizig‘i ustidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi belgilanishi kerak edi, ammo Ernandes buni payqamay qoldi |
| 39' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Asensio tushdi |
| 39' | ![]() |
Umtiti ogohlantirildi. Maydon markazida Ronalduni yiqitdi |
| 37' | ![]() |
Beyl maydonda o‘tiribdi. Jarohati bezovta qilib qoldi shekilli |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Modrich olis masofadan chap oyoqda kuchli zarba berdi! Ter Shtegendan ajoyib seyv! |
| 35' | ![]() |
Toni Kroos to‘pni kutilmaganda raqibga sovg‘a qildi. Suares imkoniyatdan foydalana olmadi |
| 33' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 1:1! "Barselona" o‘z uslubida qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qildi va Leo jarima maydonchasiga kirib kelib, hisobni tenglashtirdi! |
| 28' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Kazemiro, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen musht bilan urib yubordi. Marselo to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazidi. Ramosning oyoq bilan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Kazemiro bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 28' | ![]() |
O‘yindagi birinchi burchak to‘pi 28-daqiqaga kelib yuzaga keldi. "Real" o‘yinga kiritadi |
| 26' | ![]() |
Ronaldu va Benzema raqibning 2 himoyachisiga nisbatan chiqib borishdi. Ammo Roberto Karimdan to‘pni olib qo‘ydi |
| 25' | ![]() |
Albaning uzatmasidan keyin Pako chap qanotdan oldinga qochdi, ammo Karvaxal undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 24' | ![]() |
Vuuuh! Marseloning uzatmasidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va chap oyoqda zarba berdi. Ancha noaniq |
| 22' | ![]() |
Vuuuuuh! Beyl! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Garet deyarli birga bir vaziyatda jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. "Barsa" posboni to‘pni egalladi |
| 21' | ![]() |
Messining og‘zi qonamoqda. O‘yin vaziyatda Marseloning tirsagi Leoning yuziga tegib ketdi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ronaldu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi! Ter Shtegen zarbani qaytardi. Umtiti to‘pngi vaqziyatdan uzoqlashtirdi |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! "Real" qarshi hujum tashkil qildi. Benzemaning zarbasi kuchsiz chiqdi. Ter Shtegen to‘pga ega chiqdi |
| 17' | ![]() |
Vuuuuh! Messi "Real"ning yarim tarkibini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Rakitich tomonu zatma berdi. Ivan to‘pga biroz yeta olmadi |
| 15' | ![]() |
"Barsa" to‘pni uzoq vaqt nazorat qildi hamda Pike oldingi chiziqqa uzatma berdi. Suares to‘pga yeta olmadi |
| 14' | ![]() |
Beyl ofsaydda qoldi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishiga sal qoldi. U darvozabonga uzatma berdi, ammo to‘pni Suares egallab olishiga bir baxya qoldi |
| 12' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi. Messi uni 2 marta aldab o‘tdi. Bunga chidolmagan Kazemiro argentinalik futbolchini ortdan tepib yiqitdi |
| 11' | ![]() |
VUUUUUH! "Barselona"ning xavfli hujumi! Suares jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 10' | ![]() |
Inyesta olis masofadan chap oyoqda zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi |
| 7' | ![]() |
Beyl ofsaydda qoldi. Darvoqe, u bugun chap qanotdan o‘ynamoqda. Ronladu esa o‘ngda |
| 7' | ![]() |
Suares ofsaydda qoldi. Alba unga uzatma bergandi |
| 6' | ![]() |
Vuuuuuh! Krishtianu! Jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi! Ter Shtegen to‘pni egalladi! |
| 5' | ![]() |
Ilk daqiqalarda ustunlik "Madrid" tomonida |
| 4' | ![]() |
Modrich yetkazgan uzatmani Benzema maydonda olib qola olmadi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! O‘yin qaynoq boshlandi! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi. Ronalduga to‘pga yetdi va Umtiti Krishtianuning oyog‘iga tepib yubordi. Portugaliyalik futbolchi yiqildi, ammo hakam penalti belgilashga jazm etmadi |
| 1' | ![]() |
Klasiko boshlandi! To‘pni o‘yinga "Real" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! |
| ' | ![]() |
O‘yin boshlanishiga 6 daqiqa qolmoqda |
| ' | ![]() |
Neymarning "klasiko"da ishtirok etishi bugungi kungacha so‘roq ostida turgandi. "Barselona" tavakkal qilishni istamadi va Neymarni qaydnomaga kiritmadi. "Real" esa Beylni boshlang‘ich tarkibda tushirmoqda |
| ' | ![]() |
"Santyago Bernabeu" stadioni. "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda! Uchrashuv 23:45da boshlanadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! El-klasiko boshlanishiga kam vaqt qolmoqda! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|