Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 35-tur. 29 aprel. soat 19:15. Bosh hakam: Xil Mansano | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (27)
Marselo (86) |
2 : 1 |
VALENSIYaParexo (82)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 12.Marselo 06.Nacho 02.Daniel Karvaxal 08.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 14.Kazemiro 19.Luka Modrich 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
01.Diyego Alves (D) 24.Esekyel Garay 21.Martin Montoyya 26.Toni Lato 05.Elyakim Mangalya 10.Daniel Parexo 18.Karlos Soler 17.Nani 15.Fabian Orelyana 22.Santi Minya 09.Munir El-Haddodiy |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 22.Isko 16.Mateo Kovachich 23.Danilo 20.Marko Asensio 21.Alvaro Morata 17.Lukas Vaskes |
13.Xaume Domenek (D) 04.Aderlan Santos 14.Xose Gayya 20.Alvaro Medran 11.Zakariya Bakkali 39.Evgeniy Valderrama 19.Rodrigo |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" qiyin va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi |
| 90+3' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Luka Modrich o‘rniga Lukas Vaskes tushdi |
| 90+2' | ![]() |
Parexo o‘yinga kiritgan burchak to‘pini Navas egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Orelyana o‘rniga Bakkali tushdi |
| 88' | ![]() |
Kazemiro olis masofadan zarba berdi. Mangalya zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 86' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Marselo, 2:1! Qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi bosh bilan qaytardi, ammo to‘pni Marselo egalladi va o‘ng oyoqda aniq zarba berdi! |
| 85' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Toni Lato o‘rniga Xose Gayya tushdi |
| 85' | ![]() |
O‘yinning qolgan daqiqalarida "Real" bosim tashkil qiladi |
| 82' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Parexo! Jarima zarbasidan to‘pni "to‘qqizlik"ga joylab qo‘ydi! Superzarba! |
| 82' | ![]() |
Modrich ogohlantirish oldi |
| 81' | ![]() |
Kazemiro kerakmas joyda Orelyanani yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin |
| 79' | ![]() |
Hujum paytida Ronaldu qorni bilan darvoza ustuniga urildi. Krishtianu va himoyachi jarohat olishdi |
| 78' | ![]() |
VUUUUUUH! Asensio chap qanotdan yetkazgan uzatmani Ronaldu 3-4 metrdan bo‘sh darvozaga joylay olmadi. To‘p unga tegib, yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 78' | ![]() |
Alvaro Morata ham sariq oldi |
| 77' | ![]() |
Santi Mina ogohlantirish oldi |
| 76' | ![]() |
Mehmon futbolchisining qo‘pol xatosidan keyin mezbonlar ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ammo Ronalduning uzatmasini Morata o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 75' | ![]() |
Qanotdan berilgan navbatdagi uzatmani Keylor egalladi |
| 75' | ![]() |
"Real" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Morata tushdi |
| 70' | ![]() |
Vuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmaga Rodrigo 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 69' | ![]() |
"Valensiya"da o‘zgarish: Nani o‘rniga Rodrigo tushdi |
| 69' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo to‘pni allaqayoqlarga tepib yubordi |
| 66' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Marko Asensio tushdi |
| 65' | ![]() |
Jarimadan Xames zarba berdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 64' | ![]() |
Mangalya sariq kartochka oldi. U jarima maydonchasi yarim aylanasi chizig‘i ustida Modrichni yiqitdi |
| 64' | ![]() |
Munir jarima maydonchasiga yorib kirib yiqildi, qoidabuzarlik yo‘q |
| 63' | ![]() |
Vuuuuh! Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo noaniq |
| 59' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni nazorat qilimmoqda |
| 57' | ![]() |
"Real" xavfli qarshi hujumga qochib ketdi, ammo Xames jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi |
| 57' | ![]() |
VUUUUUUUH! Ronalduning 11 metrli jarima zarbasini Diyego Alves egallab oldi! |
| 56' | ![]() |
Garay sariq oldi |
| 55' | ![]() |
PENALTI! "Valensiya" darvozasi tomon! |
| 55' | ![]() |
VUUUUUUUH! Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi |
| 53' | ![]() |
"Valensiya" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchi noaniq zarba berdi |
| 52' | ![]() |
Kazemiro sariq kartochka oldi |
| 49' | ![]() |
Kroos olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Valensiya" 1:0. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Munir jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
"Valensiya" qarshi hujum tashkil qildi. Munir oldinga o‘tayotgan Parexo tomon uzatma berdi. Marselo to‘pni egallab oldi |
| 37' | ![]() |
Madrid yaxshi hujum tashkil qildi, ammo Kazemiro jarima maydonchasida ochilayotgan Ronaldu tomon bergan uzatmasi ancha kuchli chiqdi |
| 33' | ![]() |
"Real" to‘pni nazorat qilmoqda |
| 30' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Navas egallab oldi |
| 30' | ![]() |
Peraxo jarima zarbasini tepdi. To‘p Ramosning boshidan maydonni tark etdi |
| 29' | ![]() |
"Real" jarima maydonchasi tashqarisida Santi Minaga nisbatan fol ishlatildi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Karvaxal o‘ng qanotdan ajoyib uzatma berdi, portugaliyalik futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 26' | ![]() |
Xames jarima to‘pini tepdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 25' | ![]() |
Toni Lato ogohlantirish oldi. U Karvaxalning oyog‘idan tepdi. Jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi |
| 24' | ![]() |
Parexo jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p "Real" futbolchisining boshi orqali Navasning qo‘liga borib tushdi |
| 22' | ![]() |
Ronaldu yo‘llagan jarima zarbasi natijasida to‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 21' | ![]() |
Parexo ogohlantirildi. |
| 20' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Ammo madridliklar ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. Ronalduning zarbasini himoyachi qaytardi |
| 18' | ![]() |
Oho! Benzema! Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aniq zarba berdi. Alves to‘pni egallab oldi |
| 17' | ![]() |
VUUUUUUH! Nani yetkazgan uzatma natijasida Orelyana jarima maydonchasi ichida birga-bir vaziyatda zarba berdi. Noaniq! |
| 13' | ![]() |
Valensiyaning hujumi zarbagacha yetib bormadi, Real himoyachilari to‘pni egallab oldi |
| 11' | ![]() |
Benzema tezkor qarshi hujumda ofsaydga tushib qoldi |
| 10' | ![]() |
Ronaldu to‘pni jarima maydoniga oshirdi, Benzemaning boshi bilan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. To‘p darvozabonda |
| 9' | ![]() |
Kazemiro raqibning qarshi hujumini qoidabuzarlik bilan to‘xtatib qoldi |
| 8' | ![]() |
Real to‘pni nazorat qilib, tashabbusni qo‘lga olmoqchi |
| 7' | ![]() |
Kroos to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Benzemaning boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi |
| 6' | ![]() |
Nani chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirda, ammo to‘pni jamoadoshiga yetkazib berishda adashdi |
| 5' | ![]() |
Valensiya maydon markazida faol o‘ynamoqda, Realda vaziyatlar deyarli yo‘q |
| 4' | ![]() |
Valensiyaning burchak zarbasidan so‘ng Real himoyachilari to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Kroos uzoq masofadan zarba yo‘lladi, ammo u kuchsiz chiqdi va darvozabonning oson o‘ljasiga aylandi |
| 2' | ![]() |
Real to‘pni egallab turibdi, ammo raqib darvozasiga yo‘l topish mushkul. Valensiya katta kuch bilan himoyaga qaytgan |
| 1' | ![]() |
Valensiya ilk hujumdayoq gol urishi mumkin edi. Santining zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi |
| 1' | ![]() |
Bahs boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilmoqda. Uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qoldi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|