Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 35-tur. 29 aprel. soat 23:45. Bosh hakam: Undiano Malyenko | ||
ESPANYOL |
0 : 3 |
BARSELONALuis Suares (50, 87)
Ivan Rakitich (76) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Diyego Lopes (D) 12.Aaron Martin 23.Diyego Reyes 15.David Lopes 14.Xose Xurado 18.Xavi Fuego 19.Pablo Pyatti 04.Viktor Sanches 16.Xavi Lopec 10.Felipe Kaysedo 07.Jerar Moreno |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 23.Samuel Yumtiti 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 21.Andre Gomes 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 20.Serxi Roberto 09.Luis Suares 10.Lionel Messi 11.Neymar |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Roberto Ximenes (D) 03.Ruben Dyuarte 31.Mark Navarro 28.Mark Roka 17.Ernan Peres 20.Pape Diop 11.Leo Baptistao |
13.Yasper Sillessen (D) 19.Lukas Din 07.Arda Turan 28.Karles Alena 14.Xavyer Maskerano 06.Denis Suares 17.Pako Alkaser |
|
Matn
| 90' | ![]() |
Ikkinich bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 88' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Lopes oyog‘i bilan zarbani qaytardi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOL! Luis Suares, 0:3! Messi raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachini tepib yuborishda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Urugvaylik futbolchi to‘pni egalladi va darvozani ishg‘ol qildi |
| 83' | ![]() |
Serxi Roberto jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Diyego Lopes o‘z o‘rnida |
| 82' | ![]() |
Messi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va zarba berdi. Lopes to‘pni egallab oldi |
| 80' | ![]() |
Xavfli vaziyat. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, himoyachilarni aldab, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 80' | ![]() |
"Espanyol"da o‘zgarish: Xavi Fuego o‘rniga Mark Roka tushdi |
| 78' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Andre Gomesh o‘rniga Xavyer Maskerano tushdi |
| 76' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ivan Rakitich, 0:2! Neymardan uzatma qabul qilgan Messi oldinga yurdi va jarima maydonchasining chap tomonida ochilgan Rakitichga uzatma berdi. Ivan kuchli bo‘lmagan zarba bilan Diyego Lopesni dog‘da qoldirdi |
| 75' | ![]() |
Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi |
| 70' | ![]() |
Vuuuuh! Xurado jarima maydonchasi burchagida to‘pni qabul qildi va xavfli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 69' | ![]() |
Messi jarimadan aniq zarba berdi. Diyego Lopes to‘pni egallab oldi |
| 68' | ![]() |
Xavi Fuego sariq kartochka oldi. Messini to‘xtatdi |
| 66' | ![]() |
"Espanyol"da o‘zgarish: Pablo Pyatti o‘rniga Ernan Peres tushdi. |
| 62' | ![]() |
Vuuuuuh! Mezbonlarda yaxshi imkoniyat! Xuradoning zarbasini Umtiti qaytardi. Baptistao bergan zarba natijasida to‘p himoyachilardan maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
"Espanyol"da o‘zgarish: Kaysedo o‘rniga Leo Baptistao tushdi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va olis "to‘qqizlik" tomon zarba berdi. Lopes bir amallab to‘pni qaytardi. Yaxshi seyv |
| 60' | ![]() |
Messidan uzatma qabul qilgan Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan zrba berdi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 58' | ![]() |
Aaron Martin ogohlantirildi. Messiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuh! Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, ikki himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda chiqdi. Diyego Lopes oyog‘i bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 55' | ![]() |
"Espanyol" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 53' | ![]() |
David Lopes Albaga jarohat yetkazdi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luis Suares, 0:1! Himoyachining qo‘pol xatosidan keyin urugvaylik futbolchi darvozani ishg‘ol qildi. Himoyachi maydon markazidan Diyego Lopes tomon uzatma berdi. Suayers to‘pni egalladi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi |
| 49' | ![]() |
Neymar yetkazgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi |
| 48' | ![]() |
Messiga nisbatan jarima maydonchasining o‘ng tomonida fol ishlatildi |
| 47' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. "Barsa" futbolchilari to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Espanyol" - "Barselona" 0:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi hamda o‘tkir burchak ostida chap oyoqda zarba berdi. Noaniq |
| 43' | ![]() |
"Barsa"ning hujumi paytida so‘nggi uzatmalar aniq bo‘lmayapti |
| 41' | ![]() |
Rakitichning uzatmasini Messi raqib jarima maydonchasi ichida bosh bilan Suaresga yetkazishga harakat qildi. Markaziy himoyachi to‘pni olib qoldi |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! Neymarning uzatmasidan keyin Serxi Roberto darvozabon maydonchasi burchagidan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 38' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 35' | ![]() |
Suares maydon markazida raqib futbolchisidan to‘pni o‘g‘irlab ketib, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi |
| 31' | ![]() |
MSN yaxshi kombinasiya tashkil qildi. Laysmen bayroqchani ko‘tarib, Suaresni ofsaydda deb qayd etdi |
| 30' | ![]() |
Neymar hujumda fol ishlatdi |
| 27' | ![]() |
"Espanyol" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumchi muvaffaqiyatli zarba bera olmadi |
| 25' | ![]() |
Neymar burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike ko‘kragi bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishga urindi, ammo himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 23' | ![]() |
Messi chap qanotda belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Diyego Lopes to‘pni egallab oldi |
| 21' | ![]() |
"Ko‘k-anorranglilar"ning hujumini mezbonlar amallab bartaraf etishdi |
| 17' | ![]() |
Messi olis masofadan yetkazgan uzatmaga Neymar yetib bora olmadi |
| 16' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Lopes egallab oldi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Rakitich olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p himoyachi orqali maydonni tark etdi |
| 14' | ![]() |
Jerar Morano sariq kartochka oldi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, bir himoyachini aldab zarba berdi. Boshqa himoyachi to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
Messi Neymar bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni egallab oldi |
| 9' | ![]() |
Maydon egalari o‘yin boshidan "Barsa"ga nisbatan kuchli pressing uyushtirishga harakat qilishmoqda |
| 7' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Rakitich to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 5' | ![]() |
VUUUUUUUH! "Espanyol" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Kaysedoning uzatmasidan keyin Xurado jarima maydonchasiga yorib kirdi va birga-bir vaziyatda aniq zarba bera olmadi. To‘zp ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Serxi Roberto maydonda o‘tiribdi. Jarohat oldi shekilli |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonda saf tortdi. |
| ' | ![]() |
Xayrli oqshom, qadrli futbol muxislari. Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida Kataloniya derbisiga guvoh bo‘lamiz. "Espanyol" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|