Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya kubogi, 1/8 final

15 fevral, soat 22:15

MANCHESTER SITI

Yovetich (14)
Samir Nasri (64)

2 : 0

CHELSI

JAMOALAR TARKIBI
 

Matn

90'
O‘yin yakunlandi. «Siti» qasos olishni uddaladi.
84'
Qiziq holat. O‘yinning oxirida jamoalari qo‘pol harakat qila boshlashdi. Birinchi bo‘limda Ture sariq kartochka olgan edi. Endi Matich Tureni qulatib ogohlantirildi.
82'
Xavi Garsiya sariq kartochka olishga ham ulgurdi. U maydon markzida Obi Mikelga qarshi qo‘pollik qildi.
80'
O‘yin ancha sokinlashdi. «Siti» tarkibida o‘zgarish. Jeko o‘rniga Alvaro Negredo maydonga tushdi.
77'
!!!!!!!!!!!!!!! «Siti» yana bir gol urgan edi, lekin hakam inobatga olmadi. Xavi Garsiya juda yaxshi harakat qildi va qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Uning zarbasidan keyin Chex to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Leskot darvozaga yo‘lladi, lekin u o‘yindan tashqari holatda qolgan edi.
75'
«Siti»ning navbatdagi hujumi. Klishi qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Chex to‘pni egallab oldi.
72'
Villian o‘rniga Oskar tushdi.
71'
«Chelsi»ga taqdirga tan bergan ko‘rinadi. O‘zi bugungi o‘yin boshidanoq «Chelsi» chempionatdagiday ishtiyoq bilan o‘ynayotgani yo‘q.
69'
Silva o‘rniga Navas tushdi.
67'
Samir ikkinchi marta to‘pga tegishidayoq gol urdi. Silva bu vaziyatda barchasini juda chiroyli amalga oshirdi. Samir shunchaki bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni yo‘lladi.
65'
Hozirgina maydonga tushgan Samir Nasri muxlislarni o‘z goli bilan xursand qildi.
64'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
60'
Juda ko‘p qo‘pollik ishlatgan Yaya Ture maydon markazidagi navbatdagi qo‘polligidan keyin sariq kartochka oldi.
58'
Uzoq muddatli tanaffusdan keyin Samir Nasri safga qaytdi. U Yovetichning o‘rniga maydonga tushdi.
57'
Ramires o‘rniga Fernando Torres tushdi.
55'
«Siti» qarshi hujumda juda tezkor o‘yin ko‘rsatdi. Yovetich ofsayd chizig‘ida aniq o‘ynagan Jekoga to‘pni uzatdi. Jeko yaxshi vaziyatga chiqib borayotgan edi, lekin u David Luisga qarshi qo‘pol o‘ynadi.
52'
Burchak to‘pi samarasiz bo‘ldi.
51'
Silva jarima maydoniga yaqinlashdi va 16likka kirmay zarba berdi. To‘pni himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to‘pga Silva yana zarba berdi va burchak zarbasi ishlab oldi.
49'
«Siti» juda yaxshi hujumni amalga oshirdi. Klishi qanotdan oldinga bordi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Bu yerda Yovetich juda kuchli zarba berdi, lekin noaniq.
47'
Ikkinchi bo‘limda Mourinyo Samuyel Eto'O o‘rniga Muhammad Salohni tushirdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi.
40'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Milner qanotdan juda yaxshi oldinga bordi va uni hech kim ushlamayotgan edi. Katta erkinlikda qolgan Jeyms to‘pni Jekoga uzatdi, lekin hujumga to‘pga yeta olmadi.
37'
«Chelsi» jarima zarbadi tepish imkoniga ega bo‘lgan edi. Villian jarimani amalga oshirdi. To‘p Pantilimon uchun sovg‘a bo‘ldi.
35'
Endi Yovetich hujumga bordi. U qanotdan oldinga bordi to‘pni jarima maydoniga yetkazib berdi. Biroq to‘p uzatish omadsiz chiqdi.
33'
O‘yindagi birinchi sariq kartochka Vensan Kompaniga ko‘rsatildi. U maydon markazida Azarni yiqitdi hakam tomonidan ogohlantirildi.
31'
«Siti»ning hujumlari bir xil rivojlanmoqda. Silva Turega, u orqaga va qanotlar birdan hujumga qo‘shilmoqda.
29'
Azar o‘ziga xos tarzda oldinga bordi. Qanotdan markaz tomon yorib kirib, zarba bermoqchi edi, lekin himoyachilar uni to‘xtatishdi.
27'
Chex xatoga yo‘l qo‘ydi. Klishi havolatib to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Chex to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Jeko bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani nishonga ololmadi.
25'
Maydon markazida Jeko qoida buzdi va Azar tezkorlik bilan to‘pni Ramiresga uzatdi. U esa to‘pni hech kim yo‘q joyga tepib yubordi.
23'
«Siti»ning yana bir hujumi. Jeko jarima maydoniga kirmay turib juda kuchli zarba berdi. Chex o‘yinga qo‘shildi va to‘pni qaytardi.
21'
«Chelsi» juda yaxshi javob qaytardi. Ivanovich qanotdan oldinga bordi va kutilmaganda juda kuchli zarba berdi. Pantilimon to‘pni ushlab qola olmadi. Qaytgan to‘pni Eto'O darvozaga yo‘lladi. Ikkinchi urinishda darvozabon adashmadi.
19'
Golgacha ham YoYo juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan edi. Ture jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi. Qaytgan to‘pni Yovetich juda kuchli zarba berdi. Lekin Noaniq bo‘lgan edi.
17'
«Siti»ning navbatdagi hujumi juda tez ko‘rinish oldi. Jeko o‘ng qanotdan oldinga borayotgan Yovetichga to‘pni uzatdi. Serb esa kuchli zarba bilan hisobni ochdi.1
15'
Yovetich «Siti»ni oldinga olib chiqdi.1
14'
Goooooooooooooooooooooooool
12'
Qiziq har ikki jamoa ham nimagadir juda ko‘p xato qilishmoqda. Aftidan jamoalar kutishmoqda. Raqibning yorilishini kutishmoqda.
10'
«Chelsi»ning birinchi hujumi. Ramires qanotga yaqin joyda Klishini ortda qoldirdi, lekin to‘pni uzata olmadi. To‘p orqaga qaytganidan keyin Matich to‘pni egallab oldi va yangi hujum boshlamoqchi bo‘lganida Ture uni maydonga qulatdi.
8'
Yana Milner qanotdan oldinga o‘tdi. Uni bu yerda Aspilikuyeta kutib oldi va «Chelsi» navbatdagi hujumini boshladi.
6'
O‘yin ancha sokin kechmoqda. «Manchester Siti» to‘pni nazorat qilishga harakat qilmoqda. Silva qanotga to‘pni uzatgandi, lekin to‘pga hech kim yetib kela olmadi.
4'
O‘yinni «Siti» faol boshladi. Milner qanotdan oldinga bormoqda.
3'
Bugungi o‘yin har ikki jamoa uchun ham chempionlar ligasi o‘yinlari oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. «Chelsi» Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi bilan o‘ynaydi, «Siti» esa «Barselona» bilan. Shuning uchun o‘yin qiziqarli kechishi aniq.
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni Angliya kubogi doirasidagi «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.