Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi - 2016/17

36-tur, 06.05.2017, soat 21:30

BARSELONA

Neymar (21)
Lionel Messi (45, 82-penalti)
Luis Suares (69)

4 : 1

VILYARREAL

Bakambu (32)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
19.Lukas Din
23.Samuel Yumtiti
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
  13.Andres Fernandes (D)
02.Mario Gaspar
11.Yaume Kosta
12.Alvaro Gonsales
05.Mateo Musachchio
14.Manu Triguros
16.Rodrigo Ernandes
20.Roberto Soriano
08.Djonatan dos Santos
09.Roberto Soldado
17.Sedrik Bakambu
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
18.Xordi Alba
06.Denis Suares
07.Arda Turan
21.Andre Gomes
14.Xavyer Maskerano
17.Fransisko Alkaser
  25.Mariano Barbosa (D)
22.Antonio Rukavina
23.Daniele Bonera
18.Nikola Sansone
19.Samuel Kastilyexo
24.Rafayel Borre
15.Adrian

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Vilyarreal" 4:1.
90+1'
dos Santos jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi. To‘pni darvozabon egalladi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
87'
Inyesta olis masofadan aniq zarba berdi. Fernandes to‘pni egalladi
82'
GOOOOOOL! Lionel Messi, 4:1! Penenka uslubidagi zarba!
81'
Penalti! "Vilyarreal" darvozasi tomnon. Neymar bir himoyachini juda chiroyli aldab o‘tib, 11 metrli nuqti ustiga uzatma berdi. Suaresning zarbasi himoyachining qo‘liga tegdi
79'
Neymar ofsaydda qoldi
78'
"Barselona"da o‘zgarish: Serxi Roberto o‘rniga Maskerano tushdi
77'
VUUUUUUH! Bakambu darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda ter Shtegenni aldab o‘tdi, ammo Pike jamoasini goldan qutqardi
76'
Ehhhhhh, Neymar! Messining uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. Uning parashyut zarbasini darvozabon egallab oldi
75'
"Barsa"da o‘zgarish: Lyuka Din o‘rniga Alba tushdi
72'
Roberto Soldado sariq oldi
69'
GOOOOOOOL! Luis Suares, 3:1! Qarshi hujumda urilgan gol. Urugvaylik futbolchi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va aniq zarba berdi.
68'
Soriano ofsaydda qoldi
65'
Jonatan dos Santos jarimadan zarba berdi. Noaniq
64'
Inyesta sariq oldi.
61'
To‘la ustunlik "ko‘k-anorranglilar" tomonida
58'
VUUUUUH! Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida Neymar bilan "devor" o‘ynadi va argentinalik futbolchi o‘ng oyoqda kuchli zarba berdi. To‘sin ostiga borayotgan to‘pni Fernandes yuqoriga ko‘tarib yubordi
54'
Soldadoning qanotdan bergan uzatmasiga Soriano yetib bora olmadi
51'
Oho! Inyestaning pasidan keyin Din chap qanotdan hujumga qo‘shildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
46'
VUUUUUH! Neymar chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va Messi tomon uzatma berdi. Fernandes oyog‘i to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
46'
Ikkinchi bo‘lim start oldi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Barselona" - "Vilyarreal" 2:1.
45'
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:1! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda olis burchakka borib tushdi
45'
Trigeros olis masofadan jarima zarbasini ijro etdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
42'
Ehhh, Suares! Roberto o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani himoyachi qaytardi. To‘pni esa jarima maydonchasi ichida turgan Luis egallab, ammo imkoniyatdan foydalana olmadi
41'
Ehhhhh, Neymar! Suaresning uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
40'
Vuuuuuuh! Soldado "Barsa"ni kechirdi. Soriano chap qanotdan bergan uzatmaga Saldado darvshzabon maydonchsi chizig‘i oldidan bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
38'
Rakitichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarimadan yetkazilgan uzatmadan keyin mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi
35'
Ter Shtegen qovun tushirdi. U to‘pni tepib yuborish paytida raqibga berib qo‘ydi. Mehmonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi
34'
Lyuka Din ofsaydda qoldi
34'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Samarasiz
32'
GOOOOOOOOOL! Sedrik Bakambu, 1:1! Hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va ter Shtegenni dog‘da qoldirdi!
30'
Mezbonlar raqib jarima maydonchasi atrofida to‘pni himoyachilardan olib qo‘yishdi. Messi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
28'
"Vilyarreal"da yaxshi imkoniyat. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani dos Santos darvoza oldida o‘ziga bo‘ysindira olmadi
27'
"Vilyarreal" burchak to‘pi ishladi va uni o‘yinga kiritdi. Messi to‘pni egalladi
24'
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza oldidagi Neymarga bordi, ofsayd!
21'
GOOOOOOOL! Neymar, 1:0! Suares-Messi-Neymar kombinasiyasidan keyin braziliyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi!
20'
Messi jarimadan yumshoqqina zarba berdi. Andres Fernandes to‘pni egallab oldi
19'
Alvaro Gonsales ogohlantirish oldi. Jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida ichida to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoldi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumkin
16'
Serxi Roberto sariq kartochka oldi. U keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
15'
Suaresning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasiga kirib keldi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
15'
Ter Shtegen qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mehmonlarning qarshi hujumi taxlikali bo‘ldi. Pike xavfni bartaraf etdi
14'
"Vilyarreal" to‘liq himoyalanmoqda
10'
Neymar darvoza oldga uzatma berdi. To‘pni posbon egallab oldi
9'
Kataloniyaliklarning hujumlarini mehmonlar hozircha bartaraf etishmoqda
5'
Mezbonlar to‘pni nazorat qilishmoqda. Sariq suvosti kemasi pressing uyushtirishga harakat qilmoqda
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" futbolchilari kiritib berishdi
'
Uchrashuv oldidan ba’zi kichik tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu bois bahs boshlanishi biroz kechikmoqda
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘yin boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasida 36-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.