Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi, yarim final
| Javob o‘yini, 10 may, 23:45. Bosh hakam: Junayt Chaqir (Turkiya) | ||
ATLETIKO MADRIDSaul (12)
Antuan Grizmann (16-penalti) |
2 : 1 |
REAL MADRIDIsko (42)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yan Oblak (D) 02.Diyego Godin 15.Stefan Savich 24.Xose Ximenes 03.Filipe Luis 08.Saul Niguyes 06.Koke 10.Yannik Karrasko 14.Gabi 09.Fernando Torres 07.Antuan Grizmann |
01.Keylor Navas (D) 12.Marselo 05.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 23.Danilo 22.Isko 19.Luka Modrich 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Migel Moyya (D) 19.Lukas Ernandes 22.Tomas Parti 05.Tyagu 23.Nikolas Gaytan 11.Anxel Korrea 21.Kevin Gameyro |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 10.Xames Rodriges 16.Mateo Kovachich 20.Marko Asensio 21.Alvaro Morata 17.Lukas Vaskes |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" Yevropa chempionlar ligasi finalida! |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuuh! Navas yana bir marta qutqardi! Grizmann xavfli zarba yo‘llagandi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Olis masofadan yo‘llangan zarbani Navas egallab oldi. Boz ustiga ofsayd ham bor edi |
| 89' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i ustidan Ronaldu o‘ta noaniq zarba berdi |
| 87' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Isko o‘rniga Alvaro Morata tushadi |
| 86' | ![]() |
Anxel Korrea sariq oldi |
| 83' | ![]() |
Ronaldu ofsaydda qoldi |
| 77' | ![]() |
VUUUUUUH! "Atletiko" ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! Karrasko chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib uzatma berdi. Himoyachi Gameyroga to‘pni darvozaga yo‘llashga imkon bermadi |
| 77' | ![]() |
"Real"da dastlabki o‘zgarishlar: Benzema o‘rniga Asensio, Kazemiro o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 77' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Koke o‘rniga Anxel Korrea tushdi |
| 76' | ![]() |
Koke olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 74' | ![]() |
Vuuuuh! Marselo yetkazgan uzatmaga Benzema bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Grizmann jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. Navas qaytardi |
| 69' | ![]() |
"Real" burchak to‘pidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo Ronaldu ofsayd turgani uchun gol bekor qilindi |
| 66' | ![]() |
VUUUUUUUUH! NAVAS! Ikkita dahshatli seyv namoyish qilib, muqarrar goldan qutqardi. Avval Karrasko, keyin Gameyroning zarbalarini qaytardi! |
| 65' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda "matraschilar" raqibga nisbatan hech qanday muammo yarata olishmayapti |
| 59' | ![]() |
"Atletiko" xavfli qarshi hujum tashkil qilishi mumkin edi. Ammo Tomas o‘z vaqtida Karraskoni to‘p bilan ta’minlamadi. |
| 58' | ![]() |
Vuuuh! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Ronalduga uzatma berdi. Krishtianu to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 57' | ![]() |
"Atletiko" birdaniga 2ta o‘zgarish qilmoqda. Torres o‘rniga Gameyro, Ximenes o‘rniga Tomas Parti tushdi |
| 55' | ![]() |
Vuuuh! Isko jarima maydonchasi tashqarisidan kutilmaganda zarba berdi. Noaniq |
| 53' | ![]() |
"Atletiko"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Grizmann olis masofadan uzatma berib, jarima maydonchasiga kirayotgan Karraskoni to‘p bilan ta’minladi. Yannik to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, ammo to‘p undan uzoqlashib ketdi |
| 50' | ![]() |
Grizmann jarimadan zarba yo‘lladi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 49' | ![]() |
Isko o‘z jarima maydonchasi oldida Ximenesga nisbatan fol ishlatdi |
| 48' | ![]() |
To‘p autdan otib berildi. Godin bosh bilan zarba berdi. Navas to‘pni osonlik bilan egalladi |
| 47' | ![]() |
Ronaldu o‘tkir burchak ostida bo‘lishiga qaramay jarimadan zarba yo‘lladi. Oblak qaytardi |
| 47' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p uning o‘ziga qaytdi. Grizmann esa uni tortib yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi bo‘lishi mumikn |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni "Atletiko" futbolchilari boshlab berishdi |
| 45+4' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Real" 2:1. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Savich bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 45' | ![]() |
Keylor Navas va Fernando Torres to‘qnashib ketishdi |
| 42' | ![]() |
GOOOOOOOL! Isko, 2:1! Benzema chap qanotdan naq 3 futbolchidan o‘tib ketib, orqaroqqa uzatma berdi. Kroosning zarbasini Oblak chiziq ustida qaytardi, uning yonida paydo bo‘lgan Isko to‘pni to‘rga joylab qo‘ydi! |
| 41' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Oblak egallab oldi |
| 38' | ![]() |
Vuuuh! Isko chap tomondan jarima maydonchasi kirdi hamda bir himoyachini chalg‘itib zarba berdi. Oblak to‘pni egalladi |
| 37' | ![]() |
Qoidani Isko buzdi, sariqni Gabi oldi, albatta Chaqirga nisbatan baqir-chaqir qilgani uchun |
| 36' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Biroq Modrich xavfni bartaraf tdi |
| 34' | ![]() |
Chaqir Serxio Ramos va Diyego Godinga sariq berdi. Ortiqcha gap-so‘zlar uchun |
| 33' | ![]() |
Maydon markazida Ronaldu nisbatan fol ishlatildi. U tibbiy yordamga muhtoj |
| 30' | ![]() |
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgandi, Saul undan to‘pni olib qo‘ydi, qoidani buzmagan holda |
| 26' | ![]() |
Jarima to‘pini Kroos Modrichga uzatmadi. Lukaning zarbasi "Atletiko" futbolchisiga tegib qaytdi |
| 24' | ![]() |
To‘p nazorati mehmonlar tomoniga o‘tdi. Endi "matraschilar" qarshi hujum taktikasiga o‘tishdi |
| 20' | ![]() |
Bu safar burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 19' | ![]() |
Yana bir burchak to‘pi. Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavf bartaraf etildi |
| 16' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 2:0! Navas zarbani qaytarayotgandek edi, ammo to‘p to‘rga borib tushdi! |
| 15' | ![]() |
PENALTI! "Real" darvozasiga! Varan jarima maydonchasi ichida Torresni yiqitdi |
| 12' | ![]() |
GOOOOOOOL! Saul Niges, 1:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 11' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Keylor Navas egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Karrasko o‘ng qanotdan yaxshi uzatma berdi. Ammo to‘pga hech kim yeta olmadi |
| 8' | ![]() |
Vuuuuh! "Atletiko" futbolchisi Ramos va Kazemironi aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi. Hujumchini o‘rab olgan "Real" futbolchilari uni yiqitishdi. Turkiyalik hakam penalti belgilashga jazm etmadi. Vaholanki bu yaqqol penalti edi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Kazemiro bosh bilan juda xavfli zarba berdi. Oblakdan ajoyib seyv! |
| 6' | ![]() |
Savich sariq kartochka oldi. Avvalroq Danilo ham ogohlantirish olgandi |
| 5' | ![]() |
Vuuuuuh! Karrasno o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Koke yaqin ustun yonida darvoza tomon burdi. Navas "Real"ni tekzor goldan qutqarib qoldi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qalrli futbol muxlislari. Bugun Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi aniq bo‘ladi. "Atletiko" va "Real" jamoalari "Visente Valderon"da to‘qnash kelishmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|