Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

37-tur, 14.05.2017, soat 23:00. Bosh hakam: Alberto Undiano Malyenko (Pamplona)

REAL MADRID

Nacho (10)
Krishtianu Ronaldu (23, 78)
Toni Kroos (84)

4 : 1

SEVILYa

Stefan Yovetich (48)
JAMOALAR TARKIBI
01. Keylor Navas (G)
06. Nacho
05. Rafayel Varan
04. Serxio Ramos
20. Marko Asensio
08. Toni Kroos
10. Xames Rodriges
23. Danilo
16. Mateo Kovachich
07. Krishtianu Ronaldu
21. Alvaro Morata
  01. Serxio Riko (G)
05. Kleman Lengle
06. Daniel Karrisu
21. Nikolas Parexa
24. Gabriel Merkado
04. Matias Kranevitter
15. Stiven NZonzi
22. Franko Vaskes
20. Vitolo
11. Xoakin Korrea
16. Stefan Yovetich
ZAHIRA
13. Kiko Kasilya (G)
15. Fabiu Kuentrau
19. Luka Modrich
22. Isko
14. Kazemiro
09. Karim Benzema
17. Lukas Vaskes
  13. David Soria (G)
32. Diyego Gonsalez
12. Vissam Ben-Yedder
14. Valter Montoyya
07. Mikael Kron-Deli
38. Xose Mena
09. Lusiano Viyetto

Matn

'
"Barsa" ham safarda "Las-Palmas" ustidan zafar quchdi
90+2'
O‘yin tugadi. "Real" muhim o‘yinda g‘alaba qozondi va chempionlik yo‘lida muhim qadam tashladi
90+2'
"Madrid" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli emas
90'
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
87'
Vuuuuuuh! Kroosning uzatmasidan keyin Nacho chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, Asensioga uzatma berdi. Markoning zarbasini Riko egallab oldi
84'
GOOOOOOL! Toni Kroos, 4:1! Nacho chap qanotdan hujumga qo‘shildi hamda orqaroqqa uzatma berdi. Germaniyalik futbolchi kuchli bo‘lmagan zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
83'
Lukas Vaskes sariq oldi
82'
Vuuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Vaskes jarima maydonchasining o‘ng qanotida to‘pni qabul qildi va o‘zi zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
81'
Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, orqaroqqa pas berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
80'
Korrea va Nacho ogohlantirish oldi
78'
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:1! Toni Kroos chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Ronalduning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib, to‘rga borib tushdi. Birinchi bo‘limda Yovetichning xuddi shunday zarbasidan keyin to‘p to‘sin va ustun kesishgan joyiga tegib qaytgandi
77'
Vaskes ofsaydda qoldi
75'
Ronalduga nisbatan jarima maydonchasining o‘ng tomonida fol ishlatildi. Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachining yuziga tegib qaytdi
73'
"Sevilya"dan xavfli hujum. Korrea chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va uzatma berdi. Navas to‘pni egallab oldi
72'
Neymar bugun xet-trikni rasmiylashtirmoqda. Albaning uzatmasidan keyin birga-bir vaziyatda "Las-Palmas" darvozasini ishg‘ol qildi
72'
"Real"da o‘zgarish: Kovachich o‘rniga Luka Modrich tushdi
70'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar xavfli vaziyatni bartaraf etishdi
67'
Neymar gol urdi va "Las-Palmas" - "Barsa" o‘yinida hisob 1:3ga yetdi
66'
Ronaldu jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. Riko to‘pni mushti bilan urib yubordi
65'
Chap qanotda Asensioga nisbatan fol ishlatildi
63'
"Las-Palmas" "Barselona" darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi.
61'
Vaskes o‘ng qanotdan yetkazgan uzatimani Serxio Riko egallab oldi
60'
"Real"da 2ta o‘zgarish: Xames Rodriges o‘rniga Lukas Vaskes, Morata o‘rniga Kazemiro tushdi
58'
"Sevilya" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi
54'
Jarima maydonchasiga kirayotgan Yovetichga yuqoridan uzatma berildi. Stefan ofysaydda qolgan deb topildi
53'
"Real" futbolchilari ajoyib qarshi hujum tashkil qilishdi. Ronalduning uzatmasidan keyin Xames jarima maydonchasiga kirdi, ammo to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi negadir
49'
GOOOOOOL! Stefan Yovetich, 2:1! "Sevilya" futbolchilari raqib jarima maydonchasi tashqarisida chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi. Vitolodan uzatma qabul qilgan Yovetich 18 metrlardan aylanma zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Bu safar Navas ojiz qoldi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
46'
"Sevilya"da o‘zgarish bo‘ldi: Parexa o‘rniga Valter Montoyya tushdi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real" - "Sevilya" 2:0, tanaffus
40'
VUUUUUUH! Yana Navas qutqarmoqda! Andalusiyaliklar qisqa pas orqali jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Yovetich birga-bir vaziyatda bergan zarbasini Keylor qaytardi! Qoyil
39'
Danilo sariq kartochka oldi
33'
Krishtianu Ronalduning formasi yirtildi. U yangi formani tezda kiyib oldi
32'
VUUUUUUUH! Yovetich! U jarima maydonchasiga kirdi va "parashyut" uslubida zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytmoqda!
31'
VUUUUUUUH! Xoakin Korrea o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, deyarli birga-bir vaziyatda zarba berdi. Navas qutqardi!
30'
O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Xames kuchli tarzda amalga oshirdi. To‘p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi
28'
"Las-Palmas" - "Barselona" o‘yinining 25 va 28-daqiqalarida Neymar hamda Suares raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Kataloniyaliklar ham 2ta to‘p farqi bilan oldinda borishmoqda
23'
Xamesning jarima maydoni ichidan yo‘llagan kuchli zarbasidan so‘ng, Riko to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq qaytgan to‘pni Ronaldu bo‘sh qolgan darvozaga osonlikcha yo‘lladi
23'
GOOOL!!! Ronaldu!!!
20'
Yovetich yo‘llagan zarbadan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi
19'
Asensio jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘lladi, biroq ancha noaniq
15'
Realning burchak zarbasi xavfli bo‘ldi. Ammo Kovachichning uzoqdan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi
10'
Qiziq holat yuz berdi. Bosh hakam jarima maydoni markaziga yaqin joyda jarima zarbasi belgiladi. Sevilya futbolchilari jonli devorni tuzmoqchi bo‘lib turganida, Nacho kutilmaganda zarba yo‘llab, bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘lladi
10'
GOOOL!!! Nacho!!!
9'
Morata darvozabon bilan yuzma-yuz chiqdi, biroq zarba berishga ulgurmadi. Riko to‘p yo‘lini to‘sib qoldi
7'
Morata oshirgan to‘pni Ronaldu qaychi uslubida darvozaga yo‘llamoqchi edi, ammo ofsayd
5'
Sevilyaning dastlabki hujumi zarbagacha yetib bormadi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi
3'
Ronalduning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozabonning qo‘liga borib tushdi
1'
Assalomu alaykum, muhtaram futbol muxlislari. "Real" - "Sevilya" o‘yini boshlandi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.