Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2016/2017

21-turning qoldirilgan o‘yini. 17 may. 23:59

SELTA

Gvidetti (69)

1 : 4

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (10, 48)
Karim Benzema (70)
Toni Kroos (88)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Alvares (D)
18.Daniel Vass
19.Jonni
22.Gustavo Kabral
24.Fakudo Ronkalya
02.Ugo Malyo
11.Pione Sisto
08.Pedro Ernandes
16.Xosabed
10.Yago Aspas
09.Yon Gvidetti
  01.Keylor Navas (D)
05.Rafayel Varan
04.Serxio Ramos
12.Marselo
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
23.Danilo
22.Isko
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
27.Ivan Villar (D)
20.Serxi Gomes
05.Marselo Dias
12.Klaudio Bivi
03.Andreu Fontas
17.Endryu Yulsager
04.Pape Diop
  13.Kiko Kasilya (D)
15.Fabiu Kuentrau
06.Nacho
16.Mateo Kovachich
20.Marko Asensio
21.Alvaro Morata
17.Lukas Vaskes

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
GOOOOOOOL! Toni Kroos, 1:4. Jamoadoshlaridan farqli ravishda germaniyalik futbolchi sovuqqonlik bilan o‘z imkoniyatidan foydalandi
87'
Vuuuuh! Yana Alvares qutqardi! Lukas Vaskes yakkama-yakka vaziyatda yo‘llagan zarbani darvozabon qaytardi
86'
Ernandes va Ramos ogohlantirildi
85'
VUUUUUUH! Benzema 5-6 metrdan darvozani ishg‘ol eta olmadi! Alvares zarbani oyog‘i bilan qaytardi
84'
"Real"da o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Asensio, Isko o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi
83'
To‘p nazorati mehmonlar tomoniga o‘tdi
78'
"Selta" jarima maydonchasi ichida to‘p himoyachining qo‘liga tegdi. Hakam penalti belgilashga jazm etmadi
76'
Isko xavfli zarba yo‘lladi. Alvares to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
75'
EHHHHHH, RONALDUUUUUU! 4-5 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Unga hech kim xalal bermayotgandi! Shunaqasi ham bo‘lib turadi
74'
Vass o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p olis ustun tomondan maydonna tark etdi
73'
Ugo Malyo sariq oldi
71'
"Real"da o‘zgarish: Kazemiro o‘rniga Kovachich tushirildi
70'
GOOOOOOL! Karim Benzema, 1:3. Marseloning uzatmasini bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi
69'
GOOOOOOOL! Gvidetti, 1:2! Jarima maydnchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p Ramosning oyog‘iga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi
68'
VUUUUUUUUH! VAssss, Ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Navasga qoyil!
67'
Jarimadan yo‘llangan zarbani Navas musht bilan urib yubordi
66'
"Selta" futbolchilari bugun hakamdan sariq kartochka so‘rab, o‘zlari olishmoqda. Kazemiro ikkinchi sariqni olib, maydonni tark etishi mumkin edi. Jarima zarbasi tepiladi
64'
Bu safar Ronaldu raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bu safar ham "Selta" futbolchisi ogohlantirish oldi. Hakam bilan tortishgani uchun. Himoyachi Krishtianuga sariq ko‘rsatishni talab qilgandi
62'
Vuuuuh! Yago Aspas qizil kartochka olib maydonni tark etdi. u jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo, nazarimizda, hakam vaziyatni simulyasiya sifatida baholab, xatoga yo‘l qo‘ydi. Ramos uni yiqitgandi
57'
Gviddeti jarima maydonchasiga kirib borayotgan sherigiga aniq uzatma bera olmadi. Aks holda mezbon futbolchisi darvzabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketardi
55'
"Selta"ning pozision hujumlarini madridliklar muammosiz bartaraf etishmoqda. Qarshi hujumda Isko imkoniyatnni yo‘qqa chiqardi
51'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Sisto "Real" jarima maydonchasi ichida qabul qildi, ammo Isko xavfni bartaraf etdi
48'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:2! Isko maydon markazida 2 futbolchidan o‘tib ketib, portugaliyalik o‘yinchiga uzatam berdi. Ronaldu yakkama-yakka vaziyatdakn juda samarali foydalandi. To‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi
47'
Ehhhh, Gvidetta! Deyarli birga bir vaziyatda jarima maydonchasi ichida zarba bera olmadi
46'
Ikkinchi taym start oldi
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Selta" - "Real" 0:1. Tanaffus
45'
Vuuuuuh! Benzema! Karim jarima maydonchasi chizig‘i ustidan kuchli zarba berdi. Alvares to‘pni egallab oldi
45'
Modrich ajoyib uzatma bilan Iskoni yakkama-yakka vaziyat chiqarishga urindi. Ronkalya xavfni bartaraf etdi
43'
Aspas Gvidetti tomon uzatma berdi. Varan to‘pni qaytarmaganida Yon birga-bir vaziyatga chiqib ketardi
40'
Madridliklar to‘pni egallab, tezkor hujum tashkil qilishdi. Benzema ofsaydda qoldi
38'
Yago Aspas ogohlantirish oldi. U hakam bilan tortishdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Varanning qo‘liga tekkandi
37'
Vuuuuh! Aspas jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni qabul qildi va chap oyoqda olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
36'
Vuuuuuh! Aspas! Chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi! To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi
35'
Vuuuuuh! Aspasning uzatmasidan keyin Gvidetti birga-bir vaziyatga qochib ketayotgandi, ammo u sherigiga uzatma bera olmadi
32'
"Real" himoyachisi Ramos qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni raqiblarga berib qo‘ydi. Mezbonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi
31'
VUUUUUUH! Daniel Vass! Jarimadan juda kuchli va xavfli zarba yo‘lladi. Navas zarbani qaytardi. To‘p uchun kurashgan futbolchi ofsaydda qolgandi
30'
Kazemiro sariq kartochka oldi. "Selta" shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldidan jarima zarbasi tepadi
26'
VUUUUUH! Benzema o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi hamda narigi ustun tomonda ochilayotgan Ronaldu tomon darhol uzatma berdi. Ronkalya to‘pni maydon tashqarisiga chiqarishshga ulgurdi. Aks holda Krishtianu darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qilishga tayyor edi
25'
Vigoliklar yaxshi kombinasiya tashkil qilishdi. Sisto jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aniq zarba yo‘llay olmadi
24'
Isko "Selta" darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Alvares mushti bilan to‘pni urib yubordi
24'
"Madrid" to‘pni yaxshi nazorat qilmoqda
21'
Malyo o‘ng qanotdan uzatma berdi. Navas to‘pga ega chiqdi
20'
Madridliklarning hujumi. Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Ronalduga kuchli uzatma berdi. Krishtianu to‘pga yeta olmadi
19'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarba noaniq chiqdi
17'
Vuuuuh! Xavfli vaziyat. "Selta" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Vass bosh bilan zarba berdi. To‘pni Navas egallab oldi
10'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! Portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba bilan hisobni ochdi
1'
Xayrli tun, qadrli futbol muxlislari. Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida qoldirilgan o‘yin boshlanib ketdi. «Selta» o‘z maydonida «Real»ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.