Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2016/2017
| 38-tur. 21 may, 23:00 | ||
MALAGA |
0 : 2 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (2)
Karima Benzema (55) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Karlos Kameni (D) 23.Migel Torres 24.Luis Ernandes 04.Mikel Vilyanuyeva 15.Federiko Rikka 20.Keko 21.Joni 14.Recio 06.Ignasio Kamacho 19.Sandro Ramirez 31.Pablo Fornals |
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 12.Marselo 05.Rafayel Varan 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 23.Danilo 22.Isko 19.Luka Modrich 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Denis Boyko (D) 03.Martin Demichelis 07.Xuan Karlos 17.Duda 11.Gonsalo Kastro 08.Mikael Santos 09.Charlz |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 20.Marko Asensio 10.Xames Rodriges 16.Mateo Kovachich 17.Lukas Vaskes 21.Alvaro Morata |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Malaga" - "Real" 0:2. "Real" Ispaniyada 33-chempionlikni qo‘lga kiritdi! "Madrid" muxlislarini tabriklaymiz! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
VUUUUUUH! Bu safar omad "Real" tomonida bo‘ldi. Gonsalo Kastro 10 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib qaytdi! |
| 89' | ![]() |
Marseloda yaxshi vaziyat. Jarima maydonchasiga kirdi va noaniq zarba berdi. |
| 88' | ![]() |
Vuuuuh! Morata jarima maydonchasi burchagidan kirib, zarba berdi. Kameni qaytardi. To‘pni Ronaldu egalladi va Modrichga pas berdi. Luka 6-7 metrdan bergan zarbani "Malaga" posboni oyog‘i bilan qaytardi |
| 85' | ![]() |
Sharles darvozabon maydonchasi ichidan aniq zarba bera olmadi |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuuh! Ignasio Kamacho bosh bilan zarba berdi. Birozgina noaniq |
| 77' | ![]() |
"Malaga" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 75' | ![]() |
Lionel Messi penaltidan gol urib, "Barselona"ni 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi |
| 73' | ![]() |
"Barselona" hisobni tenglashtirdi. Luis Suares darvozani ishg‘ol qildi |
| 72' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Duda maydonga tushdi |
| 71' | ![]() |
Karim Benzema darvozani ishg‘ol qildi. Ammo fransiyalik futbolchi ofsaydda edi |
| 69' | ![]() |
"Malaga"da o‘zgarish: Sandro Ramires o‘rniga Sherles tushdi |
| 66' | ![]() |
"Real"da shzgarish: Isko shrniga Xames Rodriges, Kazemiro o‘rniga Kovachich tushirildi |
| 62' | ![]() |
DIQQAT! Inui "Barselona" darvozasini yana bir marta ishg‘ol qildi. Egizak gollar! "Kamp Nou" shokda! |
| 60' | ![]() |
Benzema gol urgan vaziyatda ofsaydda qolgani takroriy lavhada ko‘rsatildi. Hakamlar uchun juda ham qiyin vaziyat edi. |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga "Malaga" futbolchisi bosh bilan zarba berdi. To‘pni yana Navas qaytardi |
| 58' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" himoyachilarining qo‘pol xatosidan mezbonlar foydalana olishmadi. Keko birga bir vaziyatda to‘pni Navasning ustidan oshirdi. Ramos to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 56' | ![]() |
Karlos Kameni sariq oldi |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOL! Karim Benzema, 0:2! Burchakdan yetkazilgan Ramos oyoq bilan zarba berdi. Kameni qaytargan to‘pni Benzema darvozaga joylab qo‘ydi |
| 53' | ![]() |
Ronaldu burchak to‘pi ishladi |
| 51' | ![]() |
Ronaldu Rikka bildan to‘qnashuvda jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 49' | ![]() |
Vuuuuh! Resio o‘ng qanotda ikki himoyachidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Navas yaxshi o‘ynadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| ' | ![]() |
Parallel o‘yinda "Eybar" g‘alaba qozonmoqda. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Malaga" - "Real" 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Jarimadan to‘p o‘yinga kiritildi. Ammo "Malaga" futbolchisi ofsaydda deb topildi |
| 43' | ![]() |
Ronaldu Benzemani birga-bir vaziyatga chiqardi, ammo Karim o‘yindan tashqari holatda |
| 41' | ![]() |
VUUUUUH! Xoni chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Keko bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin va ustun kesishgan joy yaqinidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuuh! Navbatdagi burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Sandro jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. To‘p "Malaga" futbolchisining boshiga tegdi hamda olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi. |
| 38' | ![]() |
Oho! Sandro Ramires burchak to‘pini to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvoza tomon zarba berdi. Navas to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi |
| 36' | ![]() |
Vuuuuuh! Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Kameni to‘pni qaytardi. Benzema to‘pga yugurdi, ammo ofsayd |
| 34' | ![]() |
VUUUUUH! "Real"ning chiroyli hujumi natijasida Ronaldu to‘pni raqib davrozabon maydonchasi ichida qabul qildi va 5 metrdan zarba berdi. Karlos Kameni qutqarmoqda |
| 32' | ![]() |
Maydonda tengkurash. Har ikkala jamoada to‘p uzatishda xatolar kuzatilmoqda |
| 30' | ![]() |
Autdan uloqtirib berilgan to‘p Kazemironing boshidan maydonni tark etdi |
| 28' | ![]() |
Oho! Yana mebonlarning maydon markazidagi xatosidan keyin Modrich to‘pni egallab, Ronalduni oldinga boshladi. Krishtianuning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 25' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytardi. Takroriy hujum paytida Modrich o‘ng qanotdan berilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 24' | ![]() |
"Real" hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 22' | ![]() |
Zarbani qaytarish chog‘ida Keylor Navas qovurg‘asi bilan darvoza ustuniga urilib ketdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 21' | ![]() |
VUUUUUUUH! Sandro Ramires jarimadan o‘ta xavfli zarba yo‘lladi. To‘qqizlikka kirayotgan to‘pni Navas qaytardi! |
| 20' | ![]() |
Danilo o‘z qanotida fol ishlatdi. "Malaga" jarima zarbasi tepadi |
| 18' | ![]() |
Mezbonlardan xavfli hujum. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Ramos bosh bilan qaytardi |
| 15' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Varan bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 14' | ![]() |
Vuuuuuh! Marselo yetkazgan uzatmani Benzema darvozabon maydonchasi burchagida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib nariga ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 13' | ![]() |
Vuuuuh! Sandro Ramires chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga kirib, yaqin burchakka zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 12' | ![]() |
Keko jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 10' | ![]() |
"Malaga" futbolchilari chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Ramos bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 7' | ![]() |
"Kamp Nou"dagi o‘yinda hisob ochildi. "Eybar" yarim himoyachisi Takeshi Inui "Barsa" darvozasini ishg‘ol qildi! |
| 5' | ![]() |
Markazdan yetkazilgan uzatma natijasida Danilo o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Biroz noaniq |
| 2' | ![]() |
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 0:1! Isko maydon markazida to‘pni egallab oldi va portugaliyalik futbolchini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ronaldu darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni joyladi |
| 1' | ![]() |
15-soniyada Benzema ofsaydda qoldi |
| 1' | ![]() |
Diqqat! "Malaga" - "Real" bahsi boshlandi. Tabiiyki "Barselona" - "Eybar" uchrashuvi ham parallel ravishda boshlandi |
| ' | ![]() |
"Malaga" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qilmoqda. Bugun Zidan jamoasi kamida durang o‘ynasa, "Barselona" - "Eybar" natijasidan qat’i nazar chempionlikni rasmiylashtiradi |
| ' | ![]() |
Bugun so‘nggi turning so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi hamda chempion jamoa nomini bilib olamiz. |
| ' | ![]() |
Ispaniya chempionatining navbatdagi mavsumi yakuniga yetib bormoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|