Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| final, 3 iyun, soat 23:45. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
YUVENTUSMario Manjukich (27)
|
1 : 4 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (20, 64)
Kazemiro (61) Marko Asensio (90) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01. Janluiji Buffon (G) 15. Andrea Barsali 19. Leonardo Bonuchchi 12. Aleks Sandro 23. Dani Alves 03. Djordjo Kyellini 06. Sami Xedira 05. Miralem Pyanich 09. Gonsalo Iguain 17. Mario Manjukich 21. Paulo Dibala |
01. Keylor Navas (G) 05. Rafayel Varan 02. Daniel Karvaxal 04. Serxio Ramos 12. Marselo 14. Kazemiro 19. Luka Modrich 08. Toni Kroos 22. Isko 07. Krishtianu Ronaldu 09. Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
25. Neto (G) 04. Mexdi Benatia 26. Stefan Lixtshtayner 07. Xuan Kuadrado 08. Klaudio Markizio 18. Mario Lemina 22. Kvadvo Asamoa |
13. Kiko Kasilya (G) 06. Nacho 23. Danilo 16. Mateo Kovachich 20. Marko Asensio 11. Garet Beyl 21. Alvaro Morata |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Paulo Dibala (12)
|
Serxio Ramos (31)
Daniel Karvaxal (41) Toni Kroos (53) |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" Chempionlar ligasi g‘olibi! 12-marta! Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket ikki marta sovringa ega chiqqan ilk jamoa. Zidan esa shunday baxtli murabbiyga aylangan dastlabki mutaxassis! Tabriklar! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Marko Asensio, 1:4! Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va ajoyib uzatma berdi. Hujumchi yaqin masofadan darvozani zabt etdi |
| 88' | ![]() |
Alves darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi, ammo Navas to‘pni egallab oldi |
| 84' | ![]() |
Xuan Kudarado qizil kartochka olib, maydonni tark etmoqda |
| 82' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Asensio tushdi |
| 82' | ![]() |
VUUUUUUH! Alves o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Sandro bosh bilan zarba berdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 80' | ![]() |
Vuuuuuh! Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasida ochilayotgan Beyl tomon uzatma berdi. Bonuchchi so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qoldi |
| 78' | ![]() |
"Yuventus"da ham o‘zgarish: Paulo Dibala o‘rniga Mario Lemina tushdi |
| 77' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Garet Beyl tushmoqda |
| 76' | ![]() |
"Real" o‘yinni to‘la nazorat qilmoqda |
| 73' | ![]() |
Marselo chap qanotdan uzatma berdi. Ronaldu zarba bera olmadi |
| 72' | ![]() |
Kuadradoga ham ogohlantirish berildi |
| 71' | ![]() |
"Yuventus"da o‘zgarish: Pyanich o‘rniga Markizio tushdi |
| 70' | ![]() |
Aleks Sandro ogohlantirish oldi |
| 68' | ![]() |
"Yuventus" o‘yinga qayta oladimi? Qiyin bo‘ladiyov! |
| 66' | ![]() |
Barsali o‘rniga Xuan Kuadrado tushdi |
| 66' | ![]() |
Miralem Pyanich sariq oldi |
| 64' | ![]() |
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuuu, 1:3! Karvaxal o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Modrichga uzatma berdi. Luka to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Ronaldu qayerdandir paydo bo‘ldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Kazemiroooo, 1:2! Braziliyalik futbolchi kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To‘p Xediraning oyog‘iga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi. Buffon bu safar ham ojiz qoldi |
| 60' | ![]() |
To‘p nazorati bo‘yicha ustunlik to‘laliga Zidan jamoasiga tomon o‘tdi |
| 59' | ![]() |
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ancha noaniq |
| 58' | ![]() |
Vuuuuuh! Marselo olis ustun tomon uzatma berdi. Ronalduga to‘pga yeta olmadi |
| 56' | ![]() |
Isko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va ichkariga uzatma berdi. Bu safar Xedira Ronalduning to‘pni egallashiga imkon bermadi |
| 54' | ![]() |
Vuuuuuuh! Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda kuchli zarba berdi. Buffon to‘pni egallab oldi |
| 53' | ![]() |
Toni Kroos ogohlantirildi. Kerakmas vaziyatda qoida buzdi |
| 48' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Yetkazilgan uzatmaga Varan zarba berdi. To‘p Bonuchchining yuziga tegib, maydonni tark etdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuuh! Isko chap qanotdan darvozaga yaqinlashib keldi. Barsali so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Ronaldu jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni egalladi va darvoza yaqiniga yetkazdi. Kyellini to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi. Tarkiblarda o‘zgarishlar yo‘q hozircha |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi taym yakunlandi. Hozircha "Yuventus" - "Real" 1:1. Tanaffus. Biroz dam olamiz |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Kazemiro olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. noaniq |
| 44' | ![]() |
"Real" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi. Karvaxal yetkazgan uzatmani Buffon egallab oldi |
| 42' | ![]() |
Karvaxal sariq oldi |
| 41' | ![]() |
Pyanich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p madridliklarga tegib qaytdi |
| 39' | ![]() |
Manjukichga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 37' | ![]() |
"Yuve" burchak to‘pi tepadi. Brix mana shu burchak to‘pi belgilashda xatoga yo‘l qo‘ydi |
| 36' | ![]() |
Navbatdagi jarima to‘pini Pyanich "Real" jarima maydonchasiga yetkazdi. Ramos bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 35' | ![]() |
Dibala yo‘llagan zarba natijasida to‘p jonli devordagi Ronalduning qo‘liga tegdi. Hakam buni payqamadi |
| 34' | ![]() |
Modrich Dibalaga nisbatan fol ishlatdi. 28 metrlardan jarima zarbasi |
| 33' | ![]() |
Ehhh, Ronaldu! Isko chap qanotdan oldinga o‘tib, jarima maydonchasiga yaxshi uzatma berdi. Krishtianu hech kim xalal bermayotgan vaziyatda bosh bilan aniq zarba bera olmadi |
| 31' | ![]() |
Serxio Ramos ogohlantirish oldi |
| 31' | ![]() |
Oho! Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chalqancha uslubda zarba berdi. To‘pni himoyachi qaytardi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOOL! Mario Manjukiiiich, 1:1! Fantastik gol! Manjukich raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi va deyarli akrobatik uslubda zarba berdi. To‘p Navasning ustidan oshib o‘tib, to‘sinni silagancha to‘rga borib tushdi! |
| 20' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 0:1! "Real" tezkor hujum tashkil qildi. Kroos chap tomondan oldinga borib, Benzemaga uzatma berdi. Karim to‘pni nariga tomonda ochilgan Ronalduni to‘p bilan ta’minladi. Krishtianu o‘ng qanotdan yordamga kelgan Karvaxalni to‘pni uzatdiyu, o‘zi jarima maydonchasiga kirdi. Karvaxal bergan uzatmani Ronaldu to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi |
| 18' | ![]() |
Krishtianu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga chog‘landi, ammo raqib himoyachilari unga imkon berishmadi |
| 16' | ![]() |
To‘p nazorati "Madrid" tomonga o‘tdi |
| 15' | ![]() |
Maydonning har bir qarichi uchun, har bir to‘p uchun kurash kechmoqda |
| 13' | ![]() |
Karim Benzema raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Hisob hozircha - 0:0 |
| 12' | ![]() |
Paulo Dibala sariq kartochka oldi. "Yuve" hujumchisi maydon markazida raqibiga to‘pni oldirib qo‘ydi va qoida buzish evaziga raqibning qarshi hujumini to‘xtatishga majbur bo‘ldi |
| 11' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirayotgan Ronalduga yuqoridan uzatma berildi. Kyellini raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi |
| 9' | ![]() |
Dastlabki daqiqalarda turinliklar "Real"ning ko‘z ochishiga yo‘l qo‘ymayapti |
| 7' | ![]() |
VUUUUUUH! "Yuventus" o‘ta xavfli vaziyat yaratdi. Qator uzatmalardan keyin Pyanich jarima maydonchasi tashqarisidan to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va juda xavfli zarba berdi. Burchakka kirayotgan to‘pni Navas mahorat bilan qaytardi! |
| 4' | ![]() |
Vuuuuh! Iguian olis masofadan kuchli zarba berdi. Keylor ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuh! Manjukich chap qanotdan bu safar yuqoridan uzatma berdi. Iguain bosh bilan zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Manjukich chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yerlatib uzatdi. "Real" futbolchilari to‘pni egallab oldinga o‘tishayotganida Modrichga nisbatan fol ishlatildi |
| 1' | ![]() |
Bahs boshlandi. To‘pni o‘yinga "Yuventus" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar sardorlari — Buffon va Ramos hakamlar bilan birgalikda to‘pni o‘yinga kim kiritishini aniqlab olishadi |
| ' | Jamoalar maydonga tushib kelmoqda | |
| ' | ![]() |
Bir necha daqiqalardan so‘ng Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Real" o‘yini boshlanadi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum muhtaram futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|