Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
UYEFA superkubogi
| 8 avgust, 23:45 | ||
REAL MADRIDKazemiro (24)
Isko (52) |
2 : 1 |
MANCHESTER YUNAYTEDRomelu Lukaku (62)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 12.Marselo 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 22.Isko 10.Luka Modrich 11.Garet Beyl 09.Karim Benzema |
01.David de Xea (D) 12.Kris Smolling 02.Viktor Lindelyof 36.Matteo Darmian 22.Genrix Mxitaryan 21.Ander Errera 06.Pol Pogba 25.Antonio Valensiya 14.Jessi Lingard 31.Nemanya Matich 09.Romelu Lukaku |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 15.Teo Ernandes 20.Marko Asensio 23.Mateo Kovachich 17.Lukas Vaskes 07.Krishtianu Ronaldu |
20.Serxio Romero (D) 17.Deyli Blind 08.Xuan Mata 27.Maruan Fellayni 16.Maykl Kerrik 19.Markus Reshford 11.Antoni Marsial |
|
Matn
| 90+7' | ![]() |
O‘yin tugadi. "Real" - "MYu" 2:1. Madridliklar Yevropa superkubogini qo‘lga kiritishdi. Tabriklaymiz! |
| 90+7' | ![]() |
Ronaldu jarimadan ancha noaniq zarba yo‘lladi |
| 90+6' | ![]() |
Ronalduga nisbatan fol ishlatildi. |
| 90+4' | ![]() |
Reshford ogohlantirish oldi |
| 90+2' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Ramos bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 90+2' | ![]() |
VUUUUUH! Lukas Vaskes raqib jarima maydonchasi ichida ajoyib harakat qildi va Asensioga uzatma berdi. Markoning zarabsini David de Xea ajoyib seyv orqali qaytardi! |
| 90+1' | ![]() |
Vuh! Valensiya o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Fellayni bosh bilan zarba berdi. Navas to‘pni egalladi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 7 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
Qanotda belgilangan jarima zarbasi to‘pi to‘g‘ri darvoza tomon tepdi. Navas to‘pni chiziq ustida ushlab oldi |
| 86' | ![]() |
Serxio Ramos sariq kartochka evaziga Pogbani to‘xtatdi. |
| 85' | ![]() |
Reshford jarimadan zarba yo‘lladi. Ancha noaniq |
| 84' | ![]() |
Karvaxal "sariq" oldi |
| 83' | ![]() |
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Krishtianu Ronaldu tushdi |
| 82' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo "Madrid" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Darmian xavfni bartaraf etdi |
| 81' | ![]() |
VUUUUUUUUUH! Mxitaryanning ajoyib uzatmasidan keyin Reshford birga-bir vaziyatga chiqib, zarba berdi. To‘p Navasning qo‘llari uchiga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 79' | ![]() |
Fellayniga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni cho‘zilib ketdi |
| 76' | ![]() |
"Real" jarima maydonchasi ichida Ramos va Fellayni to‘qnashib ketishdi |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish bo‘ldi: Isko va Beyl o‘rniga Asensio va Lukas Vaskes tushdi |
| ' | ![]() |
Suv ichib olish uchun tanaffus e’lon qilindi |
| 72' | ![]() |
Manchesterliklar 2 marta to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 68' | ![]() |
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 62' | ![]() |
GOOOOOOOL! Romelu Lukaku, 2:1! Matich jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Navas zarbani qaytardi, ammo Lukaku to‘pni egallab, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 61' | ![]() |
"Real"da yana bir yaxshi vaziyat! Beyl chap tomondan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Benzema to‘pni egalladiyu, ammo darvozani ishg‘ol eta olmadi |
| 61' | ![]() |
VUUUUUUUH! Benzemaning uzatmasidan keyin Beyl birga bir vaziyatga chiqib, kuchli zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 58' | ![]() |
Modrich olis masofadan zarba berdi. De Xeani to‘pn egalladi |
| 56' | ![]() |
"MYu"da yana bir o‘zgarish: Errera o‘rniga Fellayni tushdi |
| 54' | ![]() |
VUUUUUUH, Ehhhhh, Lukaku! Qanotdan yetkazilgan uzatmagan Pogba bosh bilan zarba berdi. Navas zarbani qaytardi. Lukaku esa 10 metrlardan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi! |
| 52' | ![]() |
GOOOOOOOL! Isko, 2:0! Isko raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustida Beyl bilan "devor" o‘ynadi hamda yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 49' | ![]() |
Darmian chap qanotdan uzatma berdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! "MYu" himoyadan chiqayotganida Marselo to‘pni olib qo‘ydi va o‘zi jarima maydonchasiga yorib kirib, chap oyoqda zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Kroos kutilmaganda jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda kulchi zarba berdi. De Xeadan ajoyib seyv |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi |
| 46' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Lingard o‘rniga Reshford tushdi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishmoqda | |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi taym tugadi. Hozircha "Real" - "MYu" 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Oho! Pogbaning uzatmasidan keyin Lukaku darvozabon maydonchasi oldidan bosh bilan zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 43' | ![]() |
Vuuuuh! Modrich to‘p bilan "MYu" jarima maydonchasiga kirib keldi va yiqildi. To‘pni esa Benzema egalladi va 13 metrlardan zarba berdi. De Xea zarbani qaytardi |
| 42' | ![]() |
Jessi Lingard sariq kartochka oldi |
| 38' | ![]() |
Angliyaliklar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Valensiya jarima maydonchasidagi Mxitaryanni oldinga bsholadi. Ammo Genrix to‘pga biroz yeta olmadi. |
| 35' | ![]() |
Pogba jarima maydonchasiga kirdi va olis burchak tomon zarba berdi. Himoyachi to‘pga tegib qaytdi |
| 34' | ![]() |
Errera Modrichdan to‘pni olib qo‘ydi. Ammo to‘pga ofsaydda turgan Lukaku yugurdi va o‘yin to‘xtatildi. Romelu to‘pga tegmaganida, Ander birga-bir vaziyatga qochib ketardi |
| 33' | ![]() |
Errera olis ustun tomon yaqinlashayotgan Matich tomon uzatma berdi. Ammo Nemanya uzatmaga yeta olmadi |
| 32' | ![]() |
Pogbaga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 35 metr masofa |
| 30' | ![]() |
Water time. Tomoqni ho‘llab olish uchun 1 daqiqa tanaffus e’lon qilindi |
| 27' | ![]() |
Beyl chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pogba to‘pni egallab, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 26' | ![]() |
"Real" to‘pni juda yaxshi nazorat qilmoqda |
| 24' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Kazemiro, 1:0! Karvaxal jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Kazemiro himoyachilardan qochib ketib, to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 22' | ![]() |
Modrich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza oldiga pas berdi. De Xea to‘pni egalladi |
| 21' | ![]() |
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ancha noaniq |
| 17' | ![]() |
Kazemiro jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 17' | ![]() |
"MYu" darhol qarshi hujumga o‘tdi. Pogba 1-2 futbolchini aldab o‘tib, 20 metrlardan zarba berdi. To‘p Modrichga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni Navas egallab oldi. |
| 16' | ![]() |
Vuuuuuuh! Burchak uzatmasidan keyin Kazemiro bosh bilan zarba berdi. To‘ to‘singa tegib qaytdi!!! |
| 16' | ![]() |
Madridliklar o‘yin nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qilishmoqda. |
| 12' | ![]() |
"Real burchak to‘pini o‘yinga kiritganda Ramos fol ishlatdi deb topildi |
| 7' | ![]() |
Vuuuuuh! Mxitaryan Ramosdan to‘pni chiroyli tarzda olib o‘tib, jarima maydonchasiga kirayotganida, Serxioning oyog‘iga qoqilib yiqildi, ammo hakam bahsni to‘xtatib o‘tirmadi |
| 6' | ![]() |
Oho! Pogbaning chiroyli uzatmasidan keyin Lingard "Madrid" jarima maydonchasiga kirishga urindi, ammo himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" hisobni ochishi mumkin edi. Marselo qanotdan yetkazgan uzatmaga Beyl darvozabon maydonchasi chizig‘i ustidan oyoq bilan zarba berdi. To‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi. Himoyachilar "uxlab" qolishdi |
| 2' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi. Matich to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 1' | ![]() |
To‘p "Real" jarima maydonchasiga yetkazildi. Lukaku bosh bilan to‘pni Navasning ustidan oshirishga harakat qildi. Keylor to‘pni egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "MYu" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar Skopye shahridagi "Filipp II" stadioniga chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Yevropada futbol mavsumi asta-sekin boshlanmoqda. Bugun UYEFA superkubogi uchun "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalari bahs olib borishadi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|