Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya superkubogi
| final, 14 avgust, soat 01:00 | ||
BARSELONALionel Messi (77-penalti)
|
1 : 3 |
REAL MADRIDJerar Pike (50-avtogol)
Krishtianu Ronaldu (80) Marko Asensio (90) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 23.Samuel Umtiti 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 22.Aleyks Vidal 08.Andres Inyesta 16.Delofeu 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
01.Keylor Navas (D) 12.Marselo 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 04.Serxio Ramos 22.Isko 23.Mateo Kovachich 08.Toni Kroos 14.Kazemiro 09.Karim Benzema 11.Garet Beyl |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 02.Nelsinyo Semedu 19.Lukas Din 20.Serxi Roberto 06.Denis Suares 14.Xavyer Maskerano 17.Pako Alkaser |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 15.Teo Ernandes 20.Marko Asensio 24.Daniel Sebalyos 07.Krishtianu Ronaldu 17.Lukas Vaskes |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Pike (27)
Buskets (39) |
Kazemiro (20)
Beyl (41) Karvaxal (41) |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Javob bahsi oldidan "Real" juda katta ustunlikni qo‘lga kiritdi! |
| 90+2' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pi "Barsa"ga omad keltirmadi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Marko Asensioooo, supergol! 1:3! "Real" qarshi hujum tashkil qildi. Lukas Vaskes bergan pasni qabul qilgan Asensio jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba bilan zarvozani ishg‘ol qildi. |
| 88' | ![]() |
Vuuuh! Serji Roberto chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Ramos xavfni bartaraf etdi. Aks holda Messi zarba berishga tayyor edi |
| 85' | ![]() |
Messi va Suares raqib jarima maydonchasi ichida "devor" o‘ynab olishdi. Luisning zarbasi qovushmadi |
| 82' | ![]() |
Ehhhh! Krishtianu Ronaldu maydondan chetlatildi. Hakam uni simulyasiyada aybladi va ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, portugaliyalik futbolchini maydondan haydadi |
| 81' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Beyl o‘rniga Lukas Vaskes tushdi |
| 81' | ![]() |
Futbolkani yechgani uchun Ronaldu ogohlantirildi |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 1:2! Ajoyib zarba va chiroyli gol! Qarshi hujumda portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasi burchagidan zarba berib, olis yuqori burchakni ishg‘ol qildi! |
| 78' | ![]() |
Vuuuuuh! "Barselona" yana bir xavfli hujum tashkil qildi. Messi bir necha futbolchilarni aldab Luisga uzatma berdi. Ammo Suares ofsaydda qolgandi |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 1:1. Argentanalik futbolchi Navasni alday oldi |
| 75' | ![]() |
PENALTI! "Real" darvozasiga! Keylor Navas o‘z darvozasi oldida Luis Suaresni yiqitdi |
| 73' | ![]() |
VUUUUUUUUUH! "Barselona" 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Denis Suares raqib jarima maydonchasi ichida ikki futbolchini aldab o‘tdi, Karvaxal uni yiqitdi. To‘p Busketsga kelib tushgani bois hakam o‘yinni to‘xtatmadi. Serxio esa 7 metrdan 7 metrli darvozani ishg‘ol eta olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuh! Ronaldu birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi. Ammo uzatma berilayotgan paytda u biroz ofsaydda qolgan ekan |
| 71' | ![]() |
VUUUUUH! "Real" juda chiroyli va xavfli hujum tashkil qildi. Ronalduning tovon bilan bergan uzatmasidan keyin Marselo chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va kuchli zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi |
| 70' | ![]() |
Oho! Beyl chap qanotdan Ronaldu tomon uzatma berdi. Krishtianu chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. To‘p uning oyog‘iga yaxshi o‘tirmadi |
| 68' | ![]() |
Denis Suares o‘yinga faol qo‘shilib ketdi. U "Real" himoyachilariga tashvish tug‘dira boshladi |
| 68' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Mateo Kovachich o‘rniga Marko Asensio tushdi |
| 67' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Serji Roberto tushdi |
| 66' | ![]() |
"Barselona" bosimni oshirib bormoqda. Ketma-ket burchak to‘plari mezbonlarga naf keltirmayapti |
| 64' | ![]() |
Vuuuuh! "Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritib, takroriy hujumni tashkil qildi. Luis Suaresning uzatmasidan keyin Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga oz qoldi |
| 63' | ![]() |
"Barselona" yaxshi qarshi hujum tashkil qildi. Vidalning uzatmasidan keyin Luis Suares birga bir vaziyatga chiqdi, ammo urugvaylik futbolchi ofsaydda qolgandi |
| 62' | ![]() |
Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p Pikedan maydonni tark etdi |
| 61' | ![]() |
Ronaldu "Barsa" jarima maydonchasi ichida ofsaydda qoldi |
| 60' | ![]() |
Vuuuh! Denis burchakdan yetkazgan uzatmani Luis Suares bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Navas to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi |
| 59' | ![]() |
"Barsa"da ham o‘zgarish: Deulofeu o‘rniga Denis Suares tushdi |
| 58' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Krishtianu Ronaldu tushdi! |
| 57' | ![]() |
Buskets ogohlantirish oldi. Birinchi bo‘limda Buskets emas, Messi sariq olgan ekan. Shuning uchun maydondan chetlatish yo‘q |
| 56' | ![]() |
Rakitichga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik tufayli belgilangan jarima zarbasini Messi tepdi. To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 55' | ![]() |
VUUUUUUUH! KARVAXAL! 100 foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Benzema chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va Karvaxalni to‘p bilan taminladi. Dani bo‘sh qolgan darvozaga zarba berdi. Ammo Alba to‘p yo‘liga tashlandi va zarbani qaytardi!!! |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuuh! Deulofeu ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 52' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pike bartaraf etdi |
| 52' | ![]() |
"Real" chiroyli qarshi hujum tashkil qildi. Benzema chapdan yetkazgan uzatmadan keyin to‘p Pikedan maydonni tark etdi |
| 50' | ![]() |
GOOOOOOL! Jerar Pike, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi! Isko chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Marseloga uzatma berdi. Braziliyalik himoyachining yerlatib uzatmasini Pike o‘z darvozasiga burib qo‘ydi. |
| 47' | ![]() |
Messi birdaniga 4 nafar raqib futbolchilari orasida jarima maydonchasiga kirib kelib, yiqildi. Penalti yo‘q |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib berilmadi. Tanaffus. Hozircha hisob — 0:0 |
| 45' | ![]() |
Yuqoridan berilgan uzatmaga Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 44' | ![]() |
Kataloniyaliklar tezkor va qisqa kombinasiya orqali raqib mudofaasini yorib o‘tishdi, ammo Albaning yuqoridan bergan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi |
| 42' | ![]() |
Messi jarimadan uzatma berdi. Ramos bosh bilan to‘pn yon tomonga urib yubordi |
| 41' | ![]() |
Dani Karvaxal ogohlantirish oldi. Inyestaning oyog‘iga xavfli tepdi |
| 41' | ![]() |
Garet Beyl sariq kartochka oldi |
| 39' | ![]() |
Serxio Buskets sariq oldi |
| 38' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo "Barsa" qarshi hujum tashkil qildi. Deulofeu - Alba - SUares kombinasiyasidan keyin Luis jarima maydonchasiga kirishga urindi. Ammo Kovachich xavfni bartaraf etdi |
| 37' | ![]() |
Zarba! Isko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Beylga uzatma berdi. Garet 10 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi |
| 36' | ![]() |
Xavfli hujum. Suares Rakitich bilan devor o‘ynab olib, birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi. Varan xavfni bartaraf etdi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyestaning uzatmasidan keyin Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasidagi Messiga uzatma berdi. Mehmonlar bir amallab xavfni bartaraf etishdi |
| 30' | ![]() |
Kazemiro olis masofadan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pga ega chiqdi |
| 29' | ![]() |
Marselo chap qanotdan havolatib uzatma berdi. To‘pni Alba bosh bilan qaytardi |
| 27' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Pike qo‘l bilan to‘pni darvozaga burishga harakat qildi va sariq kartochka oldi. |
| 25' | ![]() |
Messi ijrosidagi jarima zarbasi xafli bo‘ldi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Bu safar Beyl Messini qo‘pollik bilan to‘xtatdi |
| 22' | ![]() |
Beyl chap qanotdan uzatma berdi. Alba to‘pni maydon markaziga qaytardi |
| 20' | ![]() |
Kazemiro Messini ta’qib qilishdan kech qola boshladi va dastlabki sariq kartochkani aynan u oldi. |
| 18' | ![]() |
Deulofeu chap qanotdan uzatma berayotganida to‘p jarima maydonchasi ichida turgan Karvaxalning qo‘liga tegdi, ammo bu penalti emas |
| 18' | ![]() |
Vuuuuh! Isko chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Vidalni 2 marta chalg‘itib, zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib, to‘rga yon tomondan tegdi |
| 16' | ![]() |
"Barsa" yaxshi hujum tashkil qildi. Vidal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, uzatma berdi. Messi to‘pga biroz yeta olmadi |
| 14' | ![]() |
Deulofeu o‘yindan tashqari holatda qoldi |
| 14' | ![]() |
Messi asta-sekin o‘yin nazoratini o‘z tomoniga olib, jamoasining hujumlarini boshlab bermoqda. Hozircha madridliklar uning uzatmalarini to‘xtatib qolishmoqda |
| 10' | ![]() |
Vuh! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Suares "Real" jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Navas to‘pni egalladi |
| 10' | ![]() |
Deulofeu chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Marselo uzatmani qaytardi |
| 8' | ![]() |
Jamoalar ancha ehtiyotkor o‘yin olib borishmoqda. To‘p bilan ko‘proq Qirollik klubi bo‘lmoqda |
| 6' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar uni maydon markaziga qaytarishdi |
| 5' | ![]() |
Ofsaydlar bo‘yicha hisob — 1:1. Marselo biroz oldinga chiqib ketdi |
| 2' | ![]() |
Ter Shtegen ilk daqiqalardan hazillashishni boshladi. U to‘pni raqib futbolchisiga berib qo‘ydi. Kovachich olis masofadan darvozani ishg‘ol qilishga harakat qildi. Nemis posboni to‘pni egallab oldi |
| 2' | ![]() |
"Barsa" o‘zining an’anaviy ko‘k-anorrang formasida o‘ynayotgan bo‘lsa, "Real" kutilmaganda ushbu mavsumga tayyorlagan ikkinchi formasi — ko‘k rangli futbolkalarda o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
Diqqat! Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barselona" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
El-klasiko! Bu o‘yin hech qachon hech kimni befarq qoldirmagan! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadril futbol muxlislari! Ispaniyada mavsum ajoyib to‘qnashuv bilan boshlanmoqda! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|