Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2017/2018

2-tur, 26 avgust, soat 21:15

ALAVES

0 : 2

BARSELONA

Lionel Messi (55, 66)
JAMOALAR TARKIBI
01.Fernando Pacheko (D)
04.Aleksis
12.Rodrigo Eli
02.Karlos Vigaray
18.Tomas Pinya
10.Oskar Romero
22.Mubarak Vakaso
17.Alfonso Pedraza
19.Manu Garsiya
07.Ruben Sobrino
11.Ibai Gomes
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
18.Xordi Alba
23.Samuel Yumtiti
03.Jerar Pike
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
22.Aleyks Vidal
20.Serxi Roberto
08.Andres Inyesta
10.Lionel Messi
16.Delofeu
ZAHIRA
13.Antonio Sivera (D)
03.Ruben Dyuarte
06.Gilyermo Maripan
16.Daniyel Torres
21.Enso Zidan
14.Burjui
09.Kristian Santos
  13.Yasper Sillessen (D)
02.Nelsinyo Semedu
19.Lukas Din
06.Denis Suares
14.Xavyer Maskerano
17.Pako Alkaser
SARIQ KARTOCHKA
Muborak Vakaso (36)
Rodrigo Eli (39)
 
Samuel Umtiti (32)
Serji Roberto (41)

Matn

90+3'
O‘yin tugadi. "Barselona" La liganing 2-turida ham 2:0 hisobida g‘alaba qozondi
90+2'
Kataloniyaliklar gol urish uchun 2ta imkoniyatga ega bo‘lishdi, ammo ulardan foydalana olishmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Paulinyo tushirildi
83'
Messi jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Rakitich bosh bilan to‘pni Alkaserga yetkazishga urindi. HImoyachilar xavfni bartaraf etishdi
78'
"Alaves"da o‘zgarish: Vakaso o‘rniga Enso Zidan, Sobrino o‘rniga Kristian Santos tushdi
76'
Manu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq
75'
Vuuuuh! Alkaser to‘pni Messi yaxshi qoldirdi. Leoning zarba berishiga himoyachi xalal berib qoldi
74'
VUUUUUU! Messi 15 metrlardan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!
73'
Suaresga nisbatan ishlatilgan fol tufayli belgilangan jarima to‘pini Messi o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
71'
"Barselona"da o‘zgarish: Deulofeu o‘rniga Denis Suares tushdi
66'
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:2! Mezbonlar "Barsa"ning xavfli hujumini bartaraf etgandek bo‘lishgandi, ammo himoyachilar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va Messi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi
64'
Vuuuuuh! Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alkaserni to‘p bilan ta’minladi. Pakoning uzatmasidan keyin Alba narigi tomondan darvoza tomon zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
63'
"Barsa" hisobni ochib olganidan keyin to‘pni nazorat qilishda davom etmoqda.
55'
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 0:1! Argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasi ichida aniq zarba bilan "Alaves" arvozasini ishg‘ol qildi!
53'
Messi jarima zarbasini yo‘lladi. To‘pni Pacheko egallab oldi
49'
"Barselona" hamon to‘pni nazorat qilmoqda, hujum variantlarini qidirmoqda. Ammo mezbonlar zich himoyalanishmoqda
46'
Vuuuuuh! "Alaves" chiroyli hujum tashkil qilib, ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Mezbon futbolchisi 5 metrdan zarba bera olmadi. To‘pga biroz yeta olmadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Alaves" - "Barselona" 0:0. Tanaffus
45+1'
Vuuuh! Messi bergan uzatmadan keyin Deulofeu raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va zarba berdi. Pacheko ishonchli harakat qildi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Pike sariq kartochka oldi. Inyesta darvozabon maydonchasiga yetkazgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berish chog‘ida qo‘l bilan o‘ynadi
43'
Valverde shogirdlari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Vidal yetkazgan to‘pni Messi yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Himoyachilar qaytarishdi
41'
Serji Roberto ogohlantirish oldi
39'
VUUUUUUUH! Messi tomonidan naq burchakka yo‘naltirilgan zarbani Fernando Pacheko qaytardi!!!
38'
PENALTI! "Alaves" darvozasiga! Himoyachi Pikeni tortib yiqitdi
36'
Muborak Vakaso ogohlantirish oldi. U Serxi Robertoning oyoqlari ostiga xavfli tashlandi
35'
"Barsa" ijrosidagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Pike yaqin masofadan zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
34'
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi
34'
Darvozagacha 22 metr masofada belgilangan jarima zarbasini Ibai Gomes tepdi. To‘p dastlab jonli devorga tegib qaytdi, so‘ngra burchak to‘pi ishlandi
32'
Samuel Umtiti sariq kartochka oldi
31'
VUUUUUUUH! "Alaves" hisobni ochishi shart edi! Pike maydon markazida noaniq uzatma berganidan keyin maydon egalari to‘pni egallab, oldinga chiziqqa yetkazishdi. Sobrino Pikedan qochib ketib, birga-bir vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Ter Shetegen oyoqlari bilan zarbani qaytardi!
30'
"Barselona" to‘pni to‘liq nazorat qilmoqda. Ammo Valverde jamoasi harakatlarida keskinlik kuzatilmayapti. Mehmonlar raqib mudofaasini yorib o‘ta olishmayapti
25'
Messi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo laynsmen to‘p chiziqni kesib o‘tdi deb hisobladi
22'
"Ko‘k-anorranglilar" burchakdan zarbasini o‘yinga kiritib, to‘pni uzoq vaqt nazorat qilishdi. Yakunda Messi jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvozabonning qo‘liga kelib tushdi
21'
Messi raqib jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldadi, ammo ikkinchisidan o‘ta olmadi
16'
Inyesta 17 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Pacheko xavfni bartaraf etdi
12'
VUUUUUUH! "Alaves" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Sabrino 2 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. Boz ustiga, hujumchi ofsaydda ham qolgan ekan
11'
Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza yaqinga uzatma berdi. Pacheko to‘pni egallab oldi
10'
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
9'
Messi! Jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Pacheko to‘pni egalladi
8'
Kataloniyaliklar katta ustunlikka ega bo‘lib, ketma-ket hujumlar tashkil qilishmoqda
5'
Vuuh! Duulofeu jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon uchun noqulay zarba yo‘lladi. Pacheko o‘z o‘rnida
3'
Rakitichning yuqoridan bergan uzatmasidan so‘ng Deulofeu bosh bilan zarba berdi. Zarba aniq chiqdi, ammo to‘pni Pacheko egallab oldi
2'
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini tepishdi, ammo hujumchilar "Barselona" himoyachisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzishdi
1'
Uchrashuv boshlandi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 3-turi doirasida "Alaves" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.