Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018 saralash, Osiyo
| «A» guruhi, 9-tur, 31 avgust, soat 17:00. Bosh hakam: Xettikamkanamge Perera (Shri Lanka) | ||
XITOY |
0 : 0 |
O‘ZBEKISTON |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Jeng Cheng 05.Jang Linpeng 06.Feng Siaoting 07.Vu Ley 10.Jeng Ji (S) 11.Xao Junmin 17.Li Suyepeng 18.Gao Lin 19.Jang Sije 20.Yu Xanchao 21.Deng Xanven |
12.Ignatiy Nesterov 02.Igor Krimes 04.Marat Bikmayev 05.Anzur Ismoilov 08.Server Jeparov 09.Odil Ahmedov (S) 11.Igor Sergeev 17.Otabek Shukurov 19.Vitaliy Denisov 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 23.Eldor Shomurodov |
|
| ZAHIRA | ||
| 01.Nikita Ribkin 21.Aleksandr Lobanov 03.Sherzod A’zamov 06.Jaloliddin Masharipov 07.Azizbek Haydarov 10.Sardor Mirzayev 13.Akmal Shorahmedov 14.Farrux Sayfiyev 15.Aleksandr Geynrix 16.Jamshid Iskandarov 18.Fozil Musayev 22.Temurxo‘ja Abduxoliqov |
||
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Feng Sioating (62)
|
Marat Bikmayev (19)
Ignatiy Nesterov (27) |
|
Matn
| 79' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Sardor Mirzayev tushirildi |
| 77' | ![]() |
O‘yin ancha faol kechmoqda |
| 71' | ![]() |
Jeparov olis masofadan zarba berdi. To‘pni egallab oldi |
| 67' | ![]() |
EHHHHHH, JEPAROOOV! Shomurodovning uzatmasidan keyin Server birga bir vaziyatga chiqdi. Jeparov o‘zi berish o‘rniga ikki himoyachi orasidagi Bikmayevga uzatma berishga qaror qildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. |
| 67' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Sergeev o‘rniga Aziz Haydarov tushdi |
| 66' | ![]() |
Igor Sergeev jarohat oldi va u o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Jarimadan yetkazilgan uzatmaga, adashmasak, Krimey bosh bilan aniq zarba berdi. Jeng Cheng to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
Feng Sioating sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Shomurodovni yiqitdi |
| 61' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Nesterov to‘pni mushti bilan urib yubordi |
| 60' | ![]() |
VUUUUUH! Nesterov! Ikkita xavfli zarbani qaytardi! Xitoylik futbolchi dastlab olis masofadan zarba bergan bo‘lsa, ikkinchisida yaqin masofadan berilgan zarbani Ignat qaytardi! |
| 58' | ![]() |
To‘xtaxo‘jayev o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Sergeev to‘p uchun kurashdi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatdi |
| 58' | ![]() |
Xitoy qarshi hujumga o‘tayotganiga Krimes xavfni bartaraf etdi |
| 56' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Xitoylik posbon muqarrar goldan qutqayrdi. Shomurodov bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ostiga kirayotgan ediya... |
| 56' | ![]() |
Ketma-ket hujum tashkil qilyapmiz. O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujum natijasida To‘xtaxo‘jayev burchak to‘pi ishladi |
| 54' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Jeparov hujumni boshladi hamda to‘pni o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Shomurodovga uzatma berdi. Eldor to‘pni orqaroqqa — jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Jeparovning zarbasidan keyin to‘p birozgina to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 52' | ![]() |
Shomurodov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Jeng Cheng to‘pni egalladi |
| 51' | ![]() |
Xitoy burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jang LinPeng bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Anzur xavfni bartaraf etdi |
| 47' | ![]() |
EHHHHHHHH! Bikmayev raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, birga bir vaziyatga chiqib ketdi hamda to‘pni Sergeevga uzatma berdi. Igorning zarbasini himoyachi qaytarib qoldi!!! Marat to‘pni tezroq Jeparovga uzatganida Server bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekiston ilk hujumda burchak to‘pi ishladi va uni o‘yinga kiritdi. Xitoyliklar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim start oldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim oldidan Xitoyda o‘zgarish bo‘ldi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha — 0:0 |
| 45+2' | ![]() |
Denisov aytdan to‘pni uloqtirib berdi. Anzur bosh bilan sheriklariga uzatma berdi. Ammo darvozaga zarba berilmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 45' | ![]() |
Yaxshi vaziyat! Shomurodov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berdi. Ammo to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi! |
| 40' | ![]() |
Vuuuuuh! Himoyachilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishdi. Burchak to‘pi tepadi mezbonlar |
| 38' | ![]() |
Denisov raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Jeparov to‘pga yeta olmadi |
| 37' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Nesteroooovv, Qoyil! Xitoylik futbolchi Jang Sije birga bir vaziyatda jarima maydonchamiz ichida zarba berdi. Ignatiy qutqarmoqda! |
| 36' | ![]() |
O‘zbekiston to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirmoqda, ammo bu hozircha naf keltirayotgani yo‘q |
| 32' | ![]() |
Burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytimizda Odil fol ishlatdi |
| 31' | ![]() |
Server o‘ng qanotdan yerlatib Xitoy jarima maydonchasi ichiga yetkazdi. Mezbonlar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etishdi. Burchak zarbasi tepamiz |
| 31' | ![]() |
Jeparov oldinga o‘tayotganida Jeng Ji qo‘li bilan Serverni tortib qoldi |
| 27' | ![]() |
Ignatiy Nesterov sariq kartochka oldi. Kerakmas vaziyatda o‘yinni cho‘zdi. |
| 25' | ![]() |
Ehhh, Shri Lankalik laynsmen! Serverning uzatmasidan keyin Shomurodov birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo hakamlar ofsayd deya baholab, xatoga yo‘l qo‘yishdi |
| 24' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xitoylik futbolchi 17 metrlardan kuchli zarba berdi. Nesteroq mahorat bilan zarbani qaytardi! |
| 19' | ![]() |
Marat Bikmayev sariq kartochka oldi |
| 17' | ![]() |
Qoyil! Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani Vu Ley yerga tushirmasdan jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Nesterov to‘pni egalladi |
| 15' | ![]() |
Xitoy yaxshi o‘ynamoqda, tan olish kerak. Vu Ley chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Baxtimizga noaniq |
| 14' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritildi. Yu Xanchao bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 14' | ![]() |
Xitoy terma jamoamizni bosim ostida ushlab turibdi. Lu Suyepeng olis masofadan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda maydonni tark etdi |
| 10' | ![]() |
Vuuuuuh! Nesterov, nimalar qilyapsan? Xitoyliklar markazdan uzatma bilan hujumchini birga bir vaziyatga chiqarishdi, Ignatiy to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldiyu, ammo uni ushlab olish o‘rniga oyog‘i bilan tepishga urindi. Urinish muvaffaqiyatsiz chiqdi, To‘xtaxo‘jayev to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 9' | ![]() |
Shukurov jarimadan to‘pni o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi |
| 8' | ![]() |
Denisov chap qanotdan hujumga qo‘shildi, himoyachini aldab o‘tayotganida mezbon futbolchisi uni chalib yiqitdi. |
| 6' | ![]() |
Xitoyliklar chap qanotdan tezkorlik bilan jarima maydonchamizga kirib kelishdi. So‘nggi pallada futbolchimiz xavfni bartaraf etdi |
| 4' | ![]() |
Vuuuuh! Darvozamiz oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Markaziy himoyachilarimiz jarima maydonchamiz ichida to‘pni raqiblardan olib qo‘ya olishmadi. Natijada xitoylik futbolchi 12 metrlardan zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Biroz noaniq |
| 3' | ![]() |
Oho! Terma jamoamiz raqib jarima maydonchasi yaqinida pressing evaziga to‘pni olib qo‘yishdi hamda Odil Ahmedov olis masofadan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 2' | Maydon markazi uchun kurash kechayotgandek tasavvur uyg‘onmoqda | |
| 1' | ![]() |
Diqqat uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga xitoyliklar kiritib berishdi |
| ' | Endi esa Xitoy madhiyasi ijro etilmoqda | |
| ' | ![]() |
Dastlab O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraydi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. O‘zbekiston oq, Xitoy qizil ringli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Rossiya o‘tadigan Mundial yo‘llanmasi uchun kurashda Osiyo qit’asida hal qiluvchi palla yetib keldi. Terma jamoamiz Uxan shahrida Xitoy termasiga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin boshlanishiga taxminan 12 daqiqa vaqt qoldi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|