Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2017/2018

3-tur, 9 sentyabr, 16:00

REAL MADRID

Lukas Vaskes (36)

1 : 1

LEVANTE

Ivi Lopes (12)
JAMOALAR TARKIBI
13.Kiko Kasilya (D)
12.Marselo
06.Nacho
02.Daniel Karvaxal
15.Teo Ernandes
04.Serxio Ramos
08.Toni Kroos
18.Markos Lyorente
20.Marko Asensio
17.Lukas Vaskes
09.Karim Benzema
  01.Raul Fenrandes (D)
03.Tonyo
02.Ivan Lopes
06.Xema Rodrigez
04.Rober Pyer
15.Serxio Postigo
24.Xose Kampanya
08.Jefeson Lerma
23.Jason Remeseyro
17.Aleks Alegriya
14.Ivi Lopes
ZAHIRA
30.Luka Zidan (D)
03.Xesus Valyexo
24.Daniel Sebalyos
14.Kazemiro
22.Isko
23.Mateo Kovachich
11.Garet Beyl
  13.Oyer Olazabal (D)
22.Antonio Luna
19.Pedro Lopes
10.Enis Bardi
20.Sasha Lukich
07.Samu
21.Emmanuel Boateng
QIZIL KARTOCHKA
Marselo (89)
 

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Real" kutilmaganda o‘z uyida ochko yo‘qotdi. "Madrid" - "Levante" 1:1.
90+3'
VUUUUH! Krooosss! Toni jarima maydonchasi tashqarsiidan zarba berdi. To‘p ustunga tegib maydonni tark etdi
90+3'
"Levante" o‘tkir burchak ostida xavfli zarba berdi. Kasilya to‘pni egalladi
90+2'
Teo Ernandes chap qanotdan to‘g‘ri darvozabonga uzatma berdi.
90+2'
Qo‘shimcha daqiqalarning dastlabkisi ortda qoldi. Yana 3 daqiqa...
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Qiziq! Marselo maydondan chetlatildi. Braziliyalik futbolchi himoyachi bilan to‘qnashuv paytida raqibining boshiga tepibdi.
89'
VUUUUUH! Marselo jarima maydonchasi chizig‘i ustida kuchli zarba berdi. To‘p olis burchak tomon ketayotgandi. Raul mahorat bilan qaytardi!
87'
VUUUUUUUH! Omad mehmonlar tomonida bo‘ldi. Isko o‘ng qanodan havolatib uzatma berdi. Beyl baland sakrab bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi!
85'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nacho bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
82'
Vuuuuh! Isko-Beyl-Asensio kombinasiyasidan keyin Marko raqib jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. Raul to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
82'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. O‘ta samarasiz
81'
Kiko Kasilya qaltis harakat qildi. Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmaga "Real" darvozaboni chiqib bordi, ammo to‘p uchun kurashda "Levante" futbolchisi Karvaxal va darvozabondan ustun keldi. Natijada u bo‘sh darvozani ishg‘ol qilishi mumkin edi. Karvaxal bir amallab xavfni bartaraf etdi
80'
Asensio Iskoni yakkama-yakka vaziyatga chiqaruvchi uzatma berdi. Ammo yarim himoyachi buni kutmagandi shekilli, to‘pga yeta olmadi
79'
Kroos tomonidan yetkazilgan uzatmani darvozabon mushti bilan urib yubordi
78'
"Real" raqib jarima maydonchasining o‘ng tomonidan jarima zarbasi tepadi
78'
"Levante" futbolchisi ofsaydda qoldi. Bu o‘yinda birinchi marta
76'
Isko Beyl bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdiyu, ammo yarim himoyachi ofsaydda qolgandi
74'
Karvaxal olis masofadan zarba berdi. Rekoshet holatda borgan to‘p Raul uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Fernandes to‘pni egallab oldi
72'
"Real"da o‘zgarish: Lukas Vaskes o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi
72'
"Madrid" navbatdagi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz
71'
Oho! Asensio o‘ng qanotdan "Levante" jarima maydonchasiga kirib keldi va olis ustun tomon zarba berdi. Ancha noaniq
70'
Karvaxal o‘ng qanotdan zarba-uzatma berdi. Raul to‘pni egallab oldi
68'
"Levante"da uchinchi o‘zgarish: Ivi Lopes o‘rniga Samu tushdi
66'
Dani Karvaxal sariq kartochka oldi. Maydon markazida Lermani yiqitdi
65'
Toni Kroos olis masofadan aniq zarba berdi. Raul to‘pni egalladi
63'
Isko jarima maydonchasiga kirayotgan Asensioga uzatma berdi. Marko biroz to‘pga yeta olmadi
62'
"Real"da o‘zgarish: Lyorente o‘rniga Isko tushdi
62'
Vuuuh! Vaskes o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
60'
Boateng ogohlantirildi
58'
"Real" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda
55'
"Levante"da o‘rniga Aleks Alegriya o‘rniga Emmanueel Boateng tushdi
54'
Endi maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Hujumda fol — xavfli o‘yin namoyish qilindi. Ramos himoyachining yuziga tepib yubordi va sariq kartochka oldi.
52'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl bosh bilan to‘pni qaytardi
50'
"Levante" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Alegriya jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Kiko Kasilya to‘g‘ri pozisiya tanladi va to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi. Davom etamiz
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob — 1:1. Tanaffus
45+2'
Toni Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. Fernandes zarbani qaytarib, so‘ngra to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
VUUUUUUUUH! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Beyl birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Raul ajoyib seyv bilan xavfni bartaraf etdi
43'
"Real" ijrosidagi navbatdagi burchak to‘pi xavfli bo‘ldi. Beyl baland sakrab bosh bilan zarba berdi. Biroz noaniq
36'
GOOOOOL! Lukas Vaskes, 1:1! Madridliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ramos tomonidan bosh bilan berilgan zarbani darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni Vaskes darvozaga joylab qo‘ydi
32'
Ivi Lopes jarimadan darvoza tomon zarba berdi. Biroz noaniq
29'
Teo Ernanes chap qanotdan hujumga qo‘shildi va darvoza oldiga uzatma berdi. Raul to‘pni egallab oldi
28'
Benzema o‘rniga Garet Beyl tushdi
27'
Karim Benzema kutilmaganda jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi
27'
Zidan shogirdlari hozircha raqib darvozasi tomon yo‘l ola bilishmayapti
20'
"Levante"da majburiy o‘zgarish: Ivan Lopes jarohat oldi. Uning o‘rniga Pedro Lopes tushdi
19'
Lyorente jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Ancha noaniq
17'
Marselo chiroyli uzatma bilan Teo Ernandesni raqib jarima maydonchasiga boshladi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
16'
Mezbonlar bir daqiqada ikkita qanotdan 2ta hujum tashkil qilishdi. Har safar Raul Fernandes to‘pni egallab oldi
14'
"Real" tezda hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Benzema raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va Asensioga qoldirdi. Markoning zarbasi yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi
12'
GOOOOOOOOOL! Ivi Lopes, 0:1! "Levante" futbolchisi autdan to‘pni "Real" jarima maydonchasiga uloqtirib berdi. Ivi Lopes darvozabon maydonchasida to‘pni qabul qilib, so‘ngra raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. "Real" himoyachilari bunday "standart"ni kutishmagandi...
11'
Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi va uni o‘yinga kiritishdi. Kasilya musht bilan to‘pni narigi qanotga urib yubordi
10'
"Levante" o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Madridliklar xavfni bartaraf etishdi
6'
"Madrid" to‘pni nazorat qilmoqda
3'
Benzema Kroos bilan "devor" o‘ynab, raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo himoyachi so‘nggi pallada to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
2'
Asensio raqib jarima maydonchasi tashqarisida chiroyli uzatma bilan Marseloni birga-bir vaziyatga chiqarishga urindi. Himoyachi to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "Levante" futbolchilari kiritib berishdi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. O‘yindan matnli onlayn translyasiyani boshladik. Uchrashuv UzReport telekanali orqali jonli translyasiya qilinishini eslatib o‘tamiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! FIFA kunlari yakuniga yetib, yana Yevropa milliy chempionatlari davom ettiriladi. Bugun e’tiborimizni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadioniga qaratamiz. "Real" o‘z uyida "Levante"ni qabul qilmoqda
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.