Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2017/2018
| 4-tur, 17 sentyabr, soat 23:45 | ||
REAL SOSYEDADKevin Rodriges (29)
|
1 : 3 |
REAL MADRIDBorxa Mayoral (19)
Kevin Rodriges (36-avtogol) Garet Beyl (61) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Xeronimo Ruli (D) 15.Ariz Elustondo 03.Diyego Lyorente 20.Kevin Rodriges 16.Kanales 10.Xabi Priyeto 08.Adnan Yanuzay 04.Ilyaramendi 17.Surutusa 19.Alvaro Odriozola 12.Villian Xose |
01.Keylor Navas (D) 04.Serxio Ramos 02.Daniel Karvaxal 05.Rafayel Varan 15.Teo Ernandes 20.Marko Asensio 10.Luka Modrich 21.Borxa Mayoral 14.Kazemiro 22.Isko 11.Garet Beyl |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Tonyo Martines (D) 24.De La Belya 05.Igor Zubeldiya 14.Ruben Pardo 07.Xuanmi 09.Imanol Agirreche 11.Karlos Vela |
13.Kiko Kasilya (D) 06.Nacho 18.Markos Lyorente 24.Daniel Sebalyos 29.Franchu 17.Lukas Vaskes 19.Ashraf Hakimiy |
|
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real Madrid" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 8taga yetkazib oldi |
| 90+3' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Teo Ernandes o‘rniga Nacho tushdi |
| 90+1' | ![]() |
VUUUH! Qarshi hujumda Xuanmi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ammo jarima maydonchasi ostonasida Varan undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! Karlos Vela jarima maydonchasi chizig‘i ustdan kuchli zarba berdi. Noaniq |
| 88' | ![]() |
Mehmonlar tezkor qarshi hujumga o‘tishdi, ammo Karvaxal Iskoga aniq uzatma bera olmadi |
| 86' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Asensio o‘rniga Sebalyos tushirildi |
| 82' | ![]() |
Asensio mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi, ammo gol inobatga olinmadi. Sababi - ofsayd! |
| 81' | ![]() |
Oho! "Real Sosyedad"dan xavfli hujum. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Villian Xose jarima maydonchasi ichida darvoza tomon yo‘lladi. Navas o‘z o‘rnida |
| 80' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi. O‘ng qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmaga Agirretche bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
"Real Sosyedad"da o‘zgarish: Adnan Yanuzay o‘rniga Agirretche tushirildi |
| 76' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" ketma-ket 2ta xavfli hujum tashkil qildi. Dastlab qarshi hujum paytida Asensio chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasi ichidagi Beyl tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Keyingi hujum paytida Iskoning jarima maydonchasiga bergan uzatmasidan keyin Vaske birga bir vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira olmadi |
| 75' | ![]() |
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Mayoral o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi |
| 74' | ![]() |
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 71' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Beyl bosh bilan qaytargan to‘pni Rodriges yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Biroz noaniq |
| 69' | ![]() |
"Real Sosyedad"da o‘zgarish bo‘ldi. Priyeto o‘rniga Xuanmi tushirildi |
| 68' | ![]() |
Mezbonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Villian Xose Kazemiroga nisbatan fol ishlatdi |
| 66' | ![]() |
Qarshi hujum paytida Teo Ernandes yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgan edi, ammo kutilmaganda yiqilib tushdi. Natijada xavfli vaziyat yo‘qqa chiqdi |
| 66' | ![]() |
"Sosyedad" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Madriddiklar xavfni bartaraf etishdi |
| 64' | ![]() |
Kazemiro ogohlantirildi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOL! Garet Beyl, 1:3! Isko uzoq masofadan ajoyib uzatma bilan uelslik futbolchini oldinga boshladi. Garet tezlikda himoyachidan o‘tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va posbonni dog‘da qoldirdi! |
| 57' | ![]() |
"Real Sosyedad"da o‘zgarish: Kanales o‘rniga Karlos Vela tushirildi |
| 57' | ![]() |
Serxio Kanales jarima maydonchasi tashqarisidan ancha noaniq zarba berdi |
| 55' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Asensio to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Ruli rekoshet holatda borgan to‘pni egallashga muvaffaq bo‘ldi |
| 53' | ![]() |
Maydon egalari jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Lyorente jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Keylor Navas to‘pni egalladi |
| 52' | ![]() |
VUUUUUH! Asensioning uzatmasidan keyin Mayoral o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va kuchli zarba yo‘lladi. Darvozabon qaytargan to‘pga Borxaning o‘zi yetib bordi va yaqin masofadan yana zarba berdi. Bu safar noaniq |
| 50' | ![]() |
Vuuuuh! "Real Sosyedad" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va Lyorente bosh bilan xavfli zarba berdi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Basklarning hujumi paytida hujumchi "Real" darvozasi oldida yiqildi. HAkam penalti belgilashga jazm etmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Davom etamiz |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Real Sosyedad" - "Real Madrid" 1:2. Tanaffus |
| 45+3' | ![]() |
Mayoral ofsaydda qoldi |
| 45+1' | ![]() |
Adnan Yanuzay sariq kartochka oldi. Hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan xavfli zarba berdi. Ruli ham ajoyib seyv bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi. Asensio yana bir marta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Noaniq |
| 43' | ![]() |
Asensio olis masofadan zarba berishga qaror qildi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi |
| 42' | ![]() |
Ilyaramendi ogohlantirish oldi. U maydon markazida Iskoni qo‘llari bilan tortib qoldi |
| 38' | ![]() |
Marko Asensio sariq kartochka oldi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOL! Kevin Rodriges, 1:2, avtogol! "Real" esa qarshi hujumda mezbonlarni jazoladi. Mayoral bir himoyachini aldab o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Rodriges to‘pni qaytarish chog‘ida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi |
| 35' | ![]() |
VUUUUUUH! Darvoza to‘sini "Real"ni goldan qutqarmoqda! "Sosyedad" o‘zining birinchi goli kabi kombinasiya tashkil qildi. Zarbani to‘sin o‘ziga qabul qildi |
| 34' | ![]() |
Vuuuuh! Navbatdagi "standart" "Real"ga muvafaqqiyat keltirishi mumkin edi. Burchak to‘pidan so‘ng tashkil etilgan navbatdagi hujumda Kazemiro bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi. Darvozabon qiyinchilik bilan zarbani qaytardi |
| 31' | ![]() |
O‘yinda to‘xtalish yuzaga keldi. Darvoza ortida ishlayotgan operator jarohat oldi shekilli, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 29' | ![]() |
GOOOOOOL! Kevin Rodriges, 1:1! San-sebastyanliklar aniq uzatmalar orqali to‘pni uzoq vaqt nazorat qilishdi va o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Odriosola yuqoridan yetkazib bergan uzatmani Rodriges urga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p Navasning qo‘llari orqali uzoq burchakka borib tushdi. |
| 26' | ![]() |
Madridliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p maydon markaziga qaytarildi |
| 23' | ![]() |
Vuuuh! Markazdan yetkazilgan uzatma natijasida Kanales yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo yarim himoyachi to‘pga biroz yeta olmadi |
| 22' | ![]() |
"Real" ketma-ket 73ta o‘yindan beri gol urib kelmoqda. Ushbu seriya bo‘yicha Zidan shogirdlari jahon rekordini takrorlashdi |
| 19' | ![]() |
GOOOOOOL! Borxa Mayoral, 0:1! "Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda "Sosyedad" xavfni bartaraf etgandek ko‘rindi, ammo mehmonlar hujumni davom ettirishdi. Serxio Ramos jarima maydonchasi ichida to‘pni egallab, chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo‘lganida, Mayoral o‘sha joyda paydo bo‘ldi va darvozani ishg‘ol qildi! |
| 17' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi, Villian Xose 20 metrlardan aniq zarba yo‘lladi. Navas to‘pni egallab oldi |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! Teo chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirib keldi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Asensioning zarbasi yo‘liga himoyachi o‘zini tashladi va xavfni bartaraf etdi |
| 13' | ![]() |
Teo Ernandes chap qanotdan "Sosyedad" jarima maydonchasiga kirib keldi va yiqildi. Hakam penalti deb hisoblamadi bu vaziyatni |
| 8' | ![]() |
Modrichning uzatmasidan keyin Karvaxal o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib kelib uzatma berdi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi |
| 7' | ![]() |
Bakslar himoyaga yotib olmoqchi emaslar. Ular ham dadil oldinga borishmoqda |
| 5' | ![]() |
Zidanning asosiy falsafasiga ko‘ra, jamoa dastlabki daqiqalarda kuchli o‘yin ko‘rsatib, raqib darvozasiga gol urib olishi lozim. Keyin o‘yin "Madrid" uchun ancha oson kechadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun mehmonlar tashabbusga ega bo‘lishmoqda. |
| 3' | ![]() |
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda hujumda fol ishlatildi |
| 2' | ![]() |
Karvaxal o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza oldiga uzatma berdi. Burchak to‘pi |
| 1' | ![]() |
O‘yinga start berildi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi. |
| ' | ![]() |
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun "Real" qora rangli formada o‘ynaydigan bo‘ldi |
| ' | ![]() |
Bugun "Real"ga Ronaldudan tashqari Marselo, Benzema, Toni Kroos yordam bera olishmaydi. Bu esa ancha jiddiy yo‘qotishlar hisoblanadi. |
| ' | ![]() |
San-Sebastyan shahrida "Anoeta" stadionida to‘p surish har qanday raqibga qiyinchilik tug‘diradi. Basklar har bir jamoaga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi. "Real Sosyedad" ushbu mavsumda La ligada 100 foizlik natija bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Real" esa 2ta durang o‘ynab, 4 ochko yo‘qotishga ulgurdi. Ha, Ronalduning 4ta o‘yindan iborat diskvalifikasiyasi "Madrid" uchun og‘riqli kechmoqda. Ko‘ramiz, bugun Zidan shogirdlari navbatdagi sinovdan qanday o‘tishar ekan. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida "Real Sosyedad" jamoasi o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|