Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya premyer-ligasi-2017/2018

7-tur. 30 oktyabr. soat 23:30. Bosh hakam: Martin Atkinson

CHELSI

0 : 1

MANCHESTER SITI

Kevin de Bryuyne (67)
JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
03.Markos Alonso
24.Geri Kexill
27.Andreas Kristensen
28.Sesar Aspilikueta
02.Antonio Ryudiger
07.N’Golo Kante
04.Sesk Fabregas
10.Eden Azar
14.Timu Bakayoko
09.Alvaro Morata
  31.Ederson Morayes (D)
30.Nikolas Otamendi
02.Kayl Uoker
05.Djon Stounz
19.Leroy Sane
25.Fernandinyo
18.Fabian Delf
17.Kevin de Breyne
07.Rahim Sterling
21.David Silva
33.Gabriyel Xesus
ZAHIRA
01.Vilfredo Kabalyero (D)
21.David Sappakosta
16.Kenedi
22.Villian
11.Pedro Rodriges
15.Viktor Mozes
23.Michi Batshuayi
  01.Klaudio Bravo (D)
15.Elyakim Mangalya
20.Bernardo Silva
35.Aleksandr Zinchenko
42.Yahyo Ture
03.Danilo
08.Ilkay Gyundogan

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Manchester Siti" 0:1.
90+3'
Gvardiola so‘nggi daqiqada o‘zgarish qildi. De Bryuyne o‘rniga Danilo tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuuh! "Chelsi"da yaxshgi imkoniyat! Qanotdan yetkazilgan jarima to‘piga Kristensen hammadan baland sakradi, ammo zarba aniq chiqmadi
89'
Otamendi sariq oldi
87'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Stounz bosh bilan zarba berdi. Kurtua to‘pni egallab oldi
85'
VUUUUUUH! Ryudiger "Chelsi"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi va Jezus jarima maydonchasi ichida zarba yo‘lladi. To‘p Kurtuadan o‘tib ketdi, ammo Ryudiger bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani goldan qutqardi!
84'
"Man Siti"da o‘zgarish: Leroy Sane o‘rniga Ilkay Gyundagan tushirildi
83'
Jezus to‘pni Sterlingga berib, o‘z ichkariga intildi. Rahimning uzatmasini himoyachi qaytarib qoldi
79'
Gvardiola shogirdlari to‘pni nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirishdi
77'
Pedro raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ikki marta qabul qildi, ammo xavfli vaziyat yarata olmadi
75'
"Siti"da o‘zgarish: David Silva o‘rniga Bernardu Silva tushdi
75'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. XAvf bartaraf etildi
72'
"Chelsi"da ikkita o‘zgarish: Azar o‘rniga Pedro, Bakayoko o‘rniga Batshuayi tushirildi
72'
Hisobda ortda qolayotgan "aristokratlar" hozircha hujumga o‘ta olishmayapti
67'
GOOOOOOOOL! Kevin de Bryuyne 24 metrlardan kuchli zarba bilan "Chelsi" darvozasini ishg‘ol qildi!!! Chiroyli gol
66'
VUUUUH! "Siti" ketma-ket 2 marta xavfli hujumlar tashkil qildi. Dastlab berilgan zarbani Alonso qaytargan bo‘lsa, ikkinchi hujumda Jezus va Silva bir-birlarin yaxshi tushunmay qolishdi
64'
Azar ofsaydda qoldi
61'
Vuuuuh! "Chelsi" jarima zarabsini kombinasiya shaklida amalga oshirdi. To‘p jarima maydonchasiga kirayotgan Azarga yetkazildi. Eden yo‘llagan zarbani Ederson qaytardi!
60'
Fernandinyo sariq kartochka oldi
56'
Mankunianliklar bosimni oshirib borishmoqda. "Chelsi"ning himoyalanishi qiyinlashib bormoqda
54'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda to‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Sterlingga kelib tushdi. Rahim shoshdi va ancha noaniq zarba berdi.
49'
"Siti" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va xavfli vaziyat yaratdi. Yana burchak to‘pi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha — 0:0. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
VUUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Fernandinyo bosh bilan juda kuchli zarba berdi. Kurtua ajoyib seyv bilan zarbani qaytardi
41'
Gvardiola shogirdlarining hujumi paytida mezbonlar o‘z jarima maydonchalari atrofida zich o‘ynashmoqda
39'
Villian ijro etgan jarima zarbasi bir kishilik jonli devordan o‘tmadi
38'
Qanotda Villianga nisbatan qoida buzildi. "Chelsi" chap qanotdan jarima zarbasini tepadi
37'
"Manchester Siti" chap qanotdan qisqa paslar bilan mezbonlar jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo hujumda fol qayd etildi
35'
"Chelsi"da tezda o‘zgarish yuz berdi. Morata o‘rniga Villian tushirildi
35'
Alvaro Morata jarohat oldi shekilli, u o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi
31'
KDB yetkazgan burchak to‘piga Otamendi bosh bilan zarba berdi. Noaniq
29'
Vuuuh! Sanening uzatmasidan keyin Silva jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Kurtua zarbani qaytardi
28'
Morata chap tomondan mehmonlar jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi
27'
"Siti" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Sterling o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Silva uzatmaga biroz yeta olmadi
26'
Vuuuh! "Siti" darvozaboni biroz ishonchsiz o‘ynadi. U unchalik kuchli bo‘lmagan zarbani egalaly olmadi va jamoasini xavotirga qo‘ydi
23'
"Siti" shoshmasdan to‘pni nazorat qilmoqda
20'
Burchak to‘pi mehmonlar uchun samarali yakunlanmadi
19'
Sterling o‘ng tomondan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachini to‘pni qaytardi. Delf to‘pni egalladiyu, kuchli zarba berdi. To‘p Ryudigerdan maydonni tark etdi
18'
"Shaharliklar" jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi, ammo samarasiz
17'
Kevin de Bryuyne (KDB) o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va darvoza oldiga uzatma berdi. To‘pni Kurtua egallab oldi
15'
Morata birga-bir vaziyatga qochib ketdi, ammo ofsayd
12'
Vuuuuh! "Chelsi" himoyachisi va darvozaboni o‘ta qaltis ish qilishdi. Kurtuaga yetkazilgan to‘pni posbon o‘z vaqtida tepib yubormadi. Jezus darvoza oldiga yetib keldi va to‘p "Chelsi" darvozasidan o‘rin olishiga bir baxya qoldi
12'
David Silva jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun tomondan o‘tib ketdi
10'
To‘p nazorati asosan Gvardoila jamoasi tomonida bo‘lmoqda. Mezbonlar hozircha bunga qarshi emas
6'
Bakayoko shundoqqina o‘z jarima maydonchasi oldida Sterlingni yiqitdi. Ammo hakam fol qayd etilmadi
4'
Sterlingga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. De Bryuyne jarimadani aniq zarba berdi. Kurtua uchun muammo tug‘dirmadi bu zarba
3'
"Chelsi" o‘ng qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi. Havolatib yetkazilgan uzatmani Morata bosh bilan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga "shaharliklar" kiritib berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi, o‘yinni boshlash uchun barcha narsa shay
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Angliya premyer-ligasining 7-turi doirasida markaziy uchrashuv Londondagi "Stemford Brij" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Chelsi" o‘z uyida musobaqa yetakchisi "Manchester Siti"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.