Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2017/2018
| 7-tur. 01 oktyabr. soat 19:15 | ||
BARSELONA |
0 : 3 |
LAS-PALMASSerxio Buskets (49)
Lionel Messi (70, 77) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 15.Paulinyo 22.Aleish Vidal 20.Serxi Roberto 06.Denis Suares 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
13.Leandro Chichisola (D) 15.Borxa Errera 22.Ximo Novarro 03.Maurisio Lemos 12.Michel Masedo 14.Xernan 25.Alberto Akvilani 10.Usama Tannane 24.Tana 21.Xonatan Viyera 09.Jonatan Kallyeri |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 02.Nelsinyo Semedu 23.Samuel Umtiti 21.Andre Gomes 04.Ivan Rakitich 08.Andres Inyesta 16.Delofeu |
01.Raul Lizoain (D) 16.Aytami Artiles 02.David Simon 05.David Garsiya 18.Xavi Kastelyano 19.Ernan Toledo 04.Visente Gomes |
|
Matn
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - "Las-Palmas" 3:0. Kataloniyaliklar mavsumdagi ketma-ket yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi |
| 90+1' | ![]() |
Messining pasidan keyin Luis Suares birga bir vaziyatga chiqdi, ammo gol ura olmadi. Bundan jahli chiqqan urugvayli futbolchi o‘z futbolkasini yirtib tashlab, maydonni tark etdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
Luis Suares chalqancha uslubda gol urdi, ammo hujumda fol ishlatdi |
| 85' | ![]() |
Vuuuuh! Tannaneda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. U Maskeranoni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 84' | ![]() |
Valverde g‘alati o‘zgarishga qo‘l urdi. O‘zi ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushgan Inyesta o‘rniga Andre Gomeshni tushirdi |
| 83' | ![]() |
Messi chiroyli uzatma bilan Luis Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo urugvaylik futbolchi biroz yeta olmadi |
| 82' | ![]() |
Mehmonlar taslim bo‘lgandek ko‘rinishmoqda |
| 77' | ![]() |
GOOOOOOOL! Lionel Messi, 3:0! Kataloniyaliklar o‘z uslublarida ajoyib kombinasiya tashkil qilishdi. Luis Suaresning uzatmasidan keyin Messi darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqdi hamda darvozani ishg‘ol qildi |
| 74' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ter Shtegen mushti bilan urib yubordi |
| 73' | ![]() |
"Barselona"dan yana bir tezkor hujum. Alba chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va sheriklariga uzatma berdi. Chichisola to‘pni egallab oldi. |
| 70' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:0! Denis Suares ajoyib uzatma bilan argentinalik futbolchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Leo darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi |
| 69' | ![]() |
Vuuuuh! "Barsa"chilar ajoyib kombinasiya tashkil qilishdi. Inyesta tovoni bilan Rakitich jarima maydonchasiga boshladi. Ivan buni biroz kech tushundi va zarba berishga kech qoldi |
| 65' | ![]() |
Messi ketma-ket bir qator futbolchilarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. Chichisola to‘pni egallab oldi |
| 62' | ![]() |
"Las-Palmas" futbolchisi olis masofadan zarba berishga qaror qildi. Muvaffaqiyatsiz |
| 59' | ![]() |
Ximo Novarro sariq oldi |
| 58' | ![]() |
Messi kutilmaganda jarimadan to‘pni Luisga yetkazdi. Ammo Suares ofsaydda qoldi |
| 58' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida (tashqarisida) Rakitichga nisbatan fol ishlatildi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuuuh! Suares o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yuqoridan uzatma berdi. Messi bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 55' | ![]() |
Maurisio Lemos jarima zarbasini ijro etdi. Noaniq |
| 52' | ![]() |
Eh, Suares, eh, Luis! Urugvaylik futbolchi birga bir vaziyatga chiqdi, darvozabonni aldab o‘tdiyu, yiqildi. Simulyasiya uchun sariq kartochka. To‘ppa-to‘g‘ri! |
| 51' | ![]() |
Vuuuuuh! Usama Tannane jarima maydonchasiga kira solib zarba berib, to‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 50' | ![]() |
VUUUUH! Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, chap oyoqda zarba berdi. DArvozabon qaytardi! |
| 49' | ![]() |
GOOOOOOL! Serxio Buskets, 1:0! Burchakdan Messi yetkazib bergan to‘pni yarim himoyachi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. |
| 48' | ![]() |
VUUUUH! Rakitich jarima maydonchasi tashqarisidan juda xavfli zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni to‘sin ustidan oshirib yubordi |
| 47' | ![]() |
Messi ijrosida jarima zarbasi juda xavfli bo‘ldi. BUrchakka kirayotgan to‘pni Chichisola qaytarishga muvaffaq bo‘ldi |
| 47' | ![]() |
Luis Suaresga nisbatan fol ishlatildi. Darvozagacha 25 metrlar |
| 46' | ![]() |
"Barselona"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi: Paulinyo va Aleish Vidal o‘rniga Rakitich va Inyesta maydonga tushdi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha — 0:0 |
| 45' | ![]() |
Serxio Buskets va Alba sariq kartochka olishdi. Ular hakamdan raqibga nisbatan sariq kartochka talab qilgani uchun ogohlantirish olishdi |
| 44' | ![]() |
Eh, Messi! Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin to‘p Leoga kelib tushdi. Argentinalik futbolchi 15 metrlardan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 43' | ![]() |
VUUUUUUH! Kalyeri! Jarima maydonchasi ichida berilgan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi!!! |
| 42' | ![]() |
Jamoadoshlaridan uzatma qabul qilgan Messi jarima maydonchasi ichida aniq uzatma bera olmadi |
| 41' | ![]() |
Vuuh! Luis Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi hamda ikki futbolchini aldab zarba berdi. To‘p uchinchi futbolchiga tegib qaytdi |
| 39' | ![]() |
Messi birdaniga 4-5 futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo so‘nggi pallada xavf bartaraf etildi |
| 38' | ![]() |
"Barsa"ning o‘yini unchaliq qovushmayapti |
| 35' | ![]() |
Pike sariq kartochka oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Kalyerining shortigidan tortib qoldi |
| 33' | ![]() |
Paulinyo sariq kartochka oldi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuuuh! Paulinyo darvozani ishg‘ol qilishga juda yaqin keldi. Serji Roberto o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga braziliyalik futbolchi bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 31' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi, ammo hujumda fol ishlatildi |
| 30' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Pike bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
"Las-Palmas" gol urishga yaqin keldi. Usama Tannane jarima maydonchasiga kirib, to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Roberto hujumchiga darvozani ishg‘ol qilish imkonini bermadi |
| 26' | ![]() |
Maskerano qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni raqibga berib qo‘ydi. Kallyeri jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. To‘p Pikedan maydonni tark etdi |
| 24' | ![]() |
Tana olis masofadan kuchli zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 23' | ![]() |
Burchak to‘pi samarali chiqmadi |
| 22' | ![]() |
Vuuuuh! Denis Suares birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, darvozabonni aldab o‘tdi, ammo qanotga ketib qolgani uchun darvoza tomon zarba bera olmadi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi |
| 21' | ![]() |
VUUUUUH! Messi tomoonidan "to‘qqizlik"ga yo‘naltirilgan zarbani Chichisola mahorat bilan qaytardi. Luis Suares to‘pga yetib keldi va zarba berdi. Darvozabon yana qaytardi |
| 20' | ![]() |
Shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i oldida Messiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 20' | ![]() |
Vuuuuh! Luis Suaresning uzatmasidan keyin Aleish Vidal raqib jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi. Himoyachi uni qo‘li bilan tortib qoldi. Ammo hakam penalti belgilamadi |
| 19' | ![]() |
Denis va Luis Suareslar o‘zaro devor o‘ynashdi, ammo Denis uzatmaga yetib bora olmadi |
| 16' | ![]() |
Mehmonlar o‘yinni maydon markaziga ko‘chirishga muvaffaq bo‘ldi |
| 10' | ![]() |
Messi raqib jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi |
| 9' | ![]() |
Messining uzatmasidan keyin Luis Suares birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi. Boz ustiga, urugvaylik futbolchi ofsaydda qolgan ekan |
| 9' | ![]() |
Maydon egalari to‘pni to‘liq nazorat qilishmoqda. |
| 5' | ![]() |
Oho! Serji Roberto o‘ng qanotdan markaz tomon surilib bordi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. Chichisola to‘pni egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Borxa Errera olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 3' | ![]() |
"Barsa" ijrosida xavfli hujum. Alba chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Denis Suares biroz yeta olmadi to‘pga |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Bo‘m-bo‘sh "Kamp Nou" stadioni qiziq ko‘rinarkan... |
| ' | ![]() |
Xabiringiz bor, bugun Kataloniyada mustaqillik uchun referendum o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbir tufayli Ispaniya polisiyasi va katalon xalqi o‘rtasida tortishuvlar kelib chiqmoqda. Shu bois, o‘yin qoldirilishi ham mumkin edi. Ammo La liga rahbariyati o‘yinni o‘z vaqtida o‘tkazishga qaror qildi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli Ispaniya La ligasi muxlislari. 7-tur doirasida "Barselona" va "Las-Palmas" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin turli mish-mishlardan keyin axiyri o‘tkaziladigan bo‘ldi. Faqat stadionga muxlislar kiritilmaydi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|