Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

AFC U23 championship

Chorak final

YAPONIYa

0 : 4

O‘ZBEKISTON

Javohir Siddiqov (31)
Dostonbek Hamdamov (35)
Jasur Yaxshiboyev (39, 47)
JAMOALAR TARKIBI
Riyosuki Kojima
So Fujitani
Teruki Hara
Kiyosuki Tagava
Keyta Endo
Yuto Ivasaki
Takagi Akito
Shion Inoue
Yuta Kamiy (s)
Taiyo Koga
Yugo Tatsuta
  Botirali Ergashev
Rustamjon Ashurmatov
Akramjon Komilov
Abbosjon Otaxonov
Azizjon G‘aniyev
Odiljon Hamrobekov
Jasurbek Yaxshiboyev
Zabixillo O‘rinboyev (s)
Javohir Siddiqov
Donstonbek Hamdamov
Dostonbek Tursunov

Matn

'
Barchani tabriklaymiz!
90+3'
O‘yin yakunlandi. Yaponiya - O‘zbekiston 0:4. Terma jamoamiz Osiyo chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi
90+2'
Yapon futbolchisi yo‘llagan kuchli zarbani Ergashev qaytardi
90+1'
O‘zbekistonda yaxshi imkoniyat! Futbolchilarimiz tomonidan berilgan bir nechta zarbalarni himoyachilar qaytarishdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Abduxoliqov birga bir vaziyatga chiqib, endi jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lganida, himoyachi uni yiqitdi. Ammo hakam hushtak chalmadi
88'
Yaponiyalik futbolchi yaxshi vaziyatga chiqdi, ammo zarba bera olmadi
87'
Yaxshiboyev burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p olis ustun tomondan maydonni tark etdi
86'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Odiljon Hamrobekov o‘rniga Abdujamol Isroilov tushdi
85'
Kyosake Tagava ogohlantirish oldi. U Tursunovning oyog‘iga xavfli tashlandi
84'
Bobur Abduxoliqov yana ofsaydda. Aks holda u darvozabon yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi
81'
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: O‘rinboyev o‘rniga Doniyorjon Narzullayev maydonga tushdi
81'
Abduxoliqov ofsaydda qolib ketdi
80'
Hamdamov o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabon musht bilan to‘pni urib yubordi
78'
Doston Tursunov sariq kartochka oldi
77'
Termamizda yaxshi imkoniyat. Abduxoliqov chap qanotdan oldinga o‘tdi va to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Komilovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
76'
Yaponiyaliklar qisqa paslar orqali jarima maydonchamizga kirib kelishdi. Tagavaning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi
74'
O‘zbekistonda o‘zgarish: Javohir Siddiqov o‘rniga Bobur Abduxoliqov maydonga tushdi
72'
Terma jamoamizning hujumi. Yaxshiboyev sherigiga uzatma berishi mumkin edi, ammo raqib aldashga qaror qilib, to‘pni yo‘qotdi
68'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Doston Tursunov qaytardi
68'
Yaponiyada o‘zgarish: Shion Inoue o‘rniga Xiroki Ito tushdi.
68'
Yaponlar burchak to‘pi ishlashdi
67'
Komilov chap qanotdan uzatma berdi. O‘r inboyev raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni egallay olmadi
65'
VUUUUUUH! O‘zbekistonliklar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. Yaxshiboyev jarima maydonchasiga kirib, O‘rinboyevga uzatma berdi. Zabihillo to‘pni egalladi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
64'
O‘rinboyev maydon markazida to‘pni ko‘kragi bilan qaytarib, oldinga chiziqqa tashlab berdi. Ammo u yerda biznikilardan hech kim yo‘q edi
63'
Olimpiyachilarmiiz ko‘proq himoyada o‘ynash boshlashdi. Yana qarshi hujumdan foydalanishimiz mumkin
58'
Kagava chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib keldi. Himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi
54'
VUUUUUUUH! Hisob 5:0ga, Yaxshiboyev xat-trikka erishishiga bir baxya qoldi!!! Komilov chap qanotdan yuqorilatib uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan qaytargan to‘pni Jasur egalladi va chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p ustun va to‘sin kesishgan nuqtaga tegib, maydonni tark etdi!
51'
Yaponlarning hujumi. Botirali Ergashev darvozasini tark etdi va to‘pni egallab oldi. Barakalla
50'
Akrom Komilov chap qanotdan Yaponiya jarima maydonchasiga kirish arafasida himoyachi uni yiqitdi, ammo xitoylik hakam jarima zarbasi belgilamadi
49'
Xavfli vaziyat! Miyoshi jarima maydonchamizga yaqinlashib kelib, 18 metrlardan chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.
47'
GOOOOOOOOOL! Jasurbek Yaxshiboyeeeeeev! 4:0! Maydon markazidan berilgan uzatma natijasida "Paxtakor" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib oldi, bir himoyachini aldadi va chap oyoqda olis burchakni ishg‘ol qildi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi. O‘zbekistonliklarga omad tilab qolamiz
46'
Ikkinchi bo‘lim boshida Yaponiya termasida ikkita o‘zgarish bo‘ldi.
'
Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki 45 daqiqa ichida raqib darvozasiga javobsiz 3ta to‘p yo‘llashdi. Bahs boshidanoq o‘zbekistonliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, hujumkor o‘yin namoyish qila boshlashdi. Vakillarimiz burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin 31-daqiqada Javohir Siddiqov 16 metrlardan kuchli zarba berib, hisobni ochdi.
Yaponlar hali o‘ziga kelib ulgurmasidan terma jamoamiz raqib darvozasiga yana 2 marta yo‘l topishdi. Hamdamov va Yaxshiboyevning gollari evaziga O‘zbekiston 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Xitoyda o‘tayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga start berildi. Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limi yakuniga yetdi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.