Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Ispaniya La-ligasi, 24-tur

15 fevral, soat 00:00

BARSELONA

Adriano (3)
Messi (36, 68)
Sanches(53)
Pedro (56)
Neymar (89)

6 : 0

RAYO VALYEKANO

JAMOALAR TARKIBI
Valdes
Dani Alves
Pike
Puyol
Adriano
Buskets
Fabregas
Inyesta
Sanches
Messi
Pedro
  Ruben
Arbilya
Ze Kashtru
Saul
Moxika
Bayena
Trashorras
Rochina
Bueno
Yago Falke
Larrivey

Matn

90+3'
O‘yin tugadi.
91'
Neymar juda chiroyli golga mualliflik qildi. U maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga kirmay juda kuchli zarba berdi. Daxshatli gol.
90'
Gooooooooooooooool
80'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi xavfli ko‘rinish oldi. Sanchesning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni egallab oldi.
77'
Messi maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Telyo tushdi.
75'
«Barselona» yana to‘pni nazorat qilishni boshladi.
72'
Puyol o‘rniga Maskerano tushdi.
70'
Yana Messi. Fanregas markazdan to‘pni qabul qilib olib, jarima maydoniga kirib, to‘pni Sanchesga uzatdi. Sanches o‘z navbatida Messini topdi va Leo sekingina darvozaning uzoq buchagini nishonga oldi.
69'
Gooooooooool 5:0.
68'
«Barselona»ning navbatdagi hujumini Neymar yo‘qqa chiqardi. U ancha vaqt maydonga tushmaganini bildirib qo‘ydi. Ofsayd chizig‘ida hujumchi to‘pni egallab oldi, lekin shoshib qoldi.
66'
Ex Leo. Messi qizg‘anchiqlik qildi. U jarima maydoniga markazdan yorib kirdi va darvoza tomon zarba berdi. Sal chaproqda Neymar ochiq turgan edi.
64'
Kattagina tanaffusdan keyin Neymar maydonga tushdi. Adashmasam, u Pedroni almashtirdi.
62'
«Barselona»ning yana bir ajoyib hujumi. Messi to‘pni jarima maydoni ichida qabul qilib oldi va uni chaproqdagi Sanchesga tashlab berdi. Sanches to‘pni to‘xtata olmadi va qanotga ketib qoldi. Uning to‘p uzatishidan keyin himoyachilardan qaytgan to‘pga Alves zarba berdi, lekin noaniq.
60'
«Barselona» juda juda yaxshi o‘ynamoqda. To‘p uzatishlari ham oddiy emas, chiroyli ko‘rinish ola boshladi. Masala hal qilindi endi «Siti» bilan o‘yinga tayyorgarlik davom etmoqda.
58'
Fabregas maydon markazidan oldinga bordi va to‘pni Inyestaga uzatdi. Inyesta oyog‘ini chalkashitirib to‘pni yana Fabregasga uzatdi. Yarim himoyachi Pedroni topdi va hujumchi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
57'
Gooool 4:0.
56'
Messi bugun o‘zining 12-golini urgan bo‘lsa, sakkizinchi golli uzatmasini amalga oshirdi.
55'
Jimlikni Messi buzdi. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Messi bitta to‘p uzatishi bilan Sanchesni darvozabon bilan birga-bir holatga chiqardi. Aleksis esa jarima maydoniga kirmasdanoq darvozabonni dog‘da qoldirdi. Sekingina, lekin juda aniq zarba bilan.
54'
Goooooooooooooool
52'
Ikkinchi bo‘lim juda zerikarli davom etmoqda. To‘p maydon markazida dumalab yuribdi. Hech qanday vaziyat yo‘q
50'
Mehonlarning kam sonli hujumlaridan biri chap qanotdan rivojlandi. Yarim himoyachi to‘pni argentinalik hujumchi Lavarelaga uzatdi. Pikedan yakkakurashda ustun kelgan hujumchi bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq.
48'
Kutilmaganda «Rayo» ikkinchi bo‘lim avvalida to‘pni nazorat qilishni boshladi va ancha vaqt «Barselona»ga to‘p bermadi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hech qancha vaqt qo‘shib berilmadi.
42'
Pedritooooo. Pedro juda zo‘r hujumchi, lekin ozgina o‘zini o‘ylamaydida. Pedro qanotdan oldinga bordi va himoyachini tezlikda ortda qoldirib jarima maydoniga yorib kirdi. U o‘zi ham to‘pni darvozaga yo‘llashi mumkin edi, lekin Messiga to‘p uzatdi va himoyachi to‘pni egallab oldi.
40'
Mehmonlar tarkibida o‘zgarish. Arbilio o‘rniga Tito tushdi.
38'
Ikkinchi goldan keyin «Barselona» ancha tinchlanib qoldi va maydon markazida to‘p uzatishlar boshlanib ketdi.
36'
Bugun Buskets maydon markazida har doimgidanda faol. U hujumlarni buzish bilan birga maydon markazida juda ko‘p marta to‘pni raqibdan olib qo‘yib hujumni boshlamoqda.
34'
MESSIIIIIIIIIIIIIIIIIIIII. Bu yigit nimalar qilayotganini kimdir tushuntirib bera oladimi? Fabregas to‘pni qanotdan oldinga borayotgan Leoga tashlab berdi va Messi bag‘ritoshlarcha to‘pni darvozabonning ustidan tashlab qo‘ydi. Messi juda chiroyli gol urdi.
33'
Goooooool
31'
Eslatib o‘tamiz, Messi bugun ikkita gol ursa, Alfredo di Stefanodan Ispaniya chempionatida gol urish bo‘yicha o‘zib ketadi.
29'
Messi!!!!!!!!! O‘ng qanotda to‘pni egallab olgan Leo himoyachilar ichiga o‘zini otdi va uchta raqibni aldab o‘tdi. Biroq darvozabon to‘pni qaytardi.
27'
Messi bugun juda zo‘r o‘ynamoqda. Dani Alves kutilmaganda chap qanotda paydo bo‘ldi va to‘pni egallab olib, bitta himoyachini aldab o‘tdi va to‘pni Messiga uzatdi. Leoning o‘ng oyoqda bergan zarbasidan keyin darvozabon katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
25'
«Barselona» bugun juda yomon himoyalanmoqda. «Rayo» navbatdagi hujumida ham kam sonli futbolchilar qatnashishdi. Jarima maydoniga kirib berilgan zarbani qaytargan Valdes o‘zining Bartesga o‘xshash qiliqlarini eslab qoldi va darvoza bo‘sh qoldi. Hujumchining ochiq darvozaga yo‘llagan to‘pini Pike qaytardi.
23'
«Barselona»ning navbatdagi hujumi. Messi maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va katta tezlikda borayotgan Alvesni topdi. Biroq Alves yiqilib tushdi.
21'
Inyestaaaaaaaaa. Dosent, professor, akademik. Har qanday futbol unvoniga munosib bu futbolchi. Andres maydon markazida to‘pni egallab oldi va bitta himoyachini orqa tomonga aldadi. Ko‘pchilik uning to‘pni himoyachilarga uzatishini kutgan edi, lekin Inyesta to‘pni butun boshli maydondan o‘tkazib hujumdagi Aleksisga yetkazib berdi. Sanches katta zona bo‘ylab oldinga bordi va Messiga to‘pni tashladi, biroq Leo to‘pga yetmadi.
19'
«Barselona» 25 metrlar masofadan juda yaxshi jarima zarbasi tepish imkoniga ega bo‘lgan edi. Messining zarbasidan keyin to‘p jonli devorga tegdi, qaytgan to‘pga Alves kuchli zarba berdi, lekin to‘p yuqorilab ketdi.
17'
!!!!!!!!!!!!!! Pedro chap qanotda to‘pni egallab oldi va himoyachilarni juda ajoyib tarzda ortda qoldirib, jarima maydoniga yorib kirdi. Uning uzor burchakka yo‘llagan zarbasi to‘singa tegdi.
15'
«Barselona» bu mavsumda burchak to‘plaridan keyin juda ko‘p gol qo‘yib yubormoqda. Lekin bu gal mehmonlar standartdan foyda chiqara olishmadi.
14'
Madridliklar bugun qarshi hujumda juda yaxshi o‘ynashmoqda. Navbatdagi hujumda ikkita futbolchi qatnashmoqda. Qanotdagi futbolchi to‘pni hujumdagi sherigiga yetkazib bermoqchi bo‘ldi, lekin Puyol to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi.
12'
!!!!!!!!!!!!!!! Messiiiiiiiiiiii. Buskets yakkakurashda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va jarima maydoni yaqinida Fabregas to‘pni Messiga havolatib tashladi. Leo to‘pni ko‘kragi bilan to‘xtatib oldi va bir aylanib darvoza tomon zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegdi.
10'
!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Buni maydonni ko‘rish deyishadi. Mehmonlar darvozaboni to‘pni o‘yinga kiritib berdi. To‘pni «Rayo» futbolchisi bosh bilan urib yubordi. Maydon markazida darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rgan Inyesta darvoza tomon zarba yo‘lladi, lekin ozgina noaniq.
8'
«Barselona» navbatdagi golni ham kiritishi mumkin edi. Fabregas qanotdan oldinga bordi va Pedroni juda yaxshi vaziyatga olib chiqdi. Pedrito zarba berdi va darvozabon to‘pni qaytardi, lekin baribir ofsayd qayd etildi.
6'
!!!!!!!!!!!! «Rayo» javobni uzoq kutdrimadi. Hujumga berilib ketgan «Barselona» to‘pni oldirib qo‘ydi va mehmonlar katta kuch bilan oldinga borishdi. Hujumchining bergan zarbasini Valdes ishonch bilan qaytardi.
4'
Adriano hisobni ochdi. Adriano Korrea juda chiroyli harakatlari bilan jarima maydoniga yaqin joyda himoyachilarni chalg‘itdi va darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi. Ajoyib gol.
3'
Goooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
1'
O‘yin boshlandi.
'
Assalomua alaykum, qadrli futbol muxlislari. Sizlarni «Barselona» hamda «Rayo Valyekano» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.