Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi, saralash pley-off
| 2018 yil 30 yanvar, soat 16:00. Qarshi shahri. Bosh hakam: Xiryuki Kimura (Yaponiya) | ||
NASAFIgor Golban (12)
Bobur Abduxoliqov (49) Azizjon G‘aniyev (52) Dragan Cheran (61-penalti) Oday Zahron (87-avtogol) |
5 : 1 |
AL-FAYSALIYAlban Meha (90+4)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
35.Sanjar Quvvatov 06.Azizjon G‘aniyev 07.Odil Hamrobekov 10.Bobur Abduxoliqov 14.Sharof Muhitdinov 20.Islom Kenjaboyev 22.Igor Golban 55.Slavko Lukich 69.Dragan Cheran (s) 77.Jasur Hasanov 92.Umarbek Eshmurodov |
12.Yazid Abulayla 07.Yusuf Ravshdeh 11.Oday Zahron 13.Xalil Baniatiyah (s) 17.Salim Alajalin 19.Anas Bani Yosin 25.Yosir Alravashdeh 30.Mendi Dominik 37.Maxmud Almardi 77.Alban Meha 99.Lukash Gikevich. |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Umidjon Ergashev 04.Maqsud Karimov 05.G‘olib G‘aybullayev 08.Sanjar Rashidov 15.Dilshod Saitov 17.Doniyor Narzullayev 27.Islom Rashidxonov |
01.Nuriddin Atiyah 6.Yusuf Abu Jalbush 10.Mahdi Alameh 15.Suhib Abu Alhayja 16.Axmad Israyvah 18.Husam Sadah 20.Anas Salim. |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Slavko Lukich (32)
|
Xalil Beniatiya (19)
Oday Zahron (36) |
|
Matn
| ' | ![]() |
"Nasaf" OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar "S" guruhiga borib joylashishdi |
| 90+4' | ![]() |
Goldan keyin hakam o‘z hushtagini chaldi va o‘yinga yakun yasadi. "Nasaf" - "Al-Faysaliy" 5:1. |
| 90+4' | ![]() |
GOL" Alban Meha jarima zarbasini golga aylantirdi. Quvvatov to‘pga yetdi, ammo uni qaytara olmadi |
| 93' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasi tepishadi. Darvozagacha 28 metr |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 87' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Oday Zahron, 5:0! Avtogol! Narzullayev o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va sherigiga uzatma berdi. Ammo himoyachi bosh bilan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi |
| 85' | ![]() |
VUUUUH! Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Quvvatov qutqardi! |
| 84' | ![]() |
"Al-Faysaliy"da o‘zgarish: Mendi Domenik o‘rniga Ahmad Israyvah tushirildi |
| 81' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Odil Hamrobekov o‘rniga Sanjar Rashidov tushirildi |
| 81' | ![]() |
Xavfli zarba! Mahdi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 79' | ![]() |
Bugun 12893 nafar tomoshabin uchrashuvni bevosita "Markaziy" stadionda kuzatib bormoqda |
| 76' | ![]() |
Yusuf Ravshdeh o‘rniga Mahdi Al-Ameh tushirildi |
| 76' | ![]() |
Qanotdan havolatib yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab oldi |
| 75' | ![]() |
"Nasaf"da o‘zgarish: Azizjon G‘aniyev o‘rniga G‘olib G‘aybullayev tushirildi |
| 74' | ![]() |
Mehmonlar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ikkinchisi paytida Quvvatov to‘pni qabul qilib oldi |
| 73' | ![]() |
"Faysaliy" burchak to‘pi ishladi |
| 70' | ![]() |
Jasur Hasanov o‘rniga Doniyor Narzullayev tushdi |
| 69' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishdi. Zarba kuchli emas |
| 65' | ![]() |
Oho! "Al-Faysaliy"ning xavfli hujumi. O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani hujumchi jarima maydonchasi ichida to‘xtatib berdi. Mahmud al-Mardi 14 metrlardan zarba berdi. Quvvatov o‘z o‘rnida |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOL! Dragan Cheran, 4:0! "Nasaf" legioneri penaltini xotirjamlik bilan golga aylantirdi. |
| 59' | ![]() |
Penalti! "Al-Faysaliy" darvozasiga! Kenjaboyev to‘pni himoyachining ustidan o‘tkazib, undan o‘tib ketayotganida raqib futbolchisi uni yiqitdi |
| 56' | ![]() |
Xalil 22 metrlardan zarba berdi. To‘p Quvvatovga nasib etdi |
| 54' | ![]() |
Meha o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ancha noaniq |
| 53' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Azizjon G‘aniyev, 3:0! Ajoyib gol! Qarshiliklar chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi. Hasanov darvoza yaqiniga uzatgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Azizjon 18 metrdan aniq zarba bilan "to‘qqizlik"ni ishg‘ol etdi! |
| 49' | ![]() |
GOOOOOOOL! Bobur Abduxoliqov, 2:0! Bu safardan burchakdan yetkazilgan uzatmani hujumchi bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi! |
| 48' | ![]() |
Vuuuuh! Cheran olis masofadan zarba berdi. To‘p himoyachining beliga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 47' | ![]() |
Vuuuh! Lukash Gikiyevich olis masofadan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 46' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| ' | Jamoalar maydonga qaytishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha "Nasaf" - "Al-Faysaliy" 1:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi |
| 42' | ![]() |
Iordaniyaliklarning hujumi. Quvvatov to‘pga ega chiqdi |
| 41' | ![]() |
Eh, Abduxoliqov! Hasanov chap qanotdan raqib darvozasi oldiga uzatma berdi. Bobur esa to‘pning himoyachidan o‘tib ketishini kutmagani bois, zarba berishga ulgurmadi. To‘p undan maydonni tark etdi |
| 37' | ![]() |
Burchkkdan yetkazilgan uzatmani himoyachi Lukichning o‘ziga qaytardi. Slavko o‘tkir burchak ostidan zarba berdi. Posbon to‘pni egallab oldi |
| 37' | ![]() |
Jarimadan zarbani Sharofitdinov yo‘lladi, to‘pni jonli devorga tegdi. So‘ngra G‘aniyev zarba berdi. Burchak to‘pi |
| 36' | ![]() |
Oday Zahron sariq kartochka oldi. U xavfli vaziyatga chiqayotgan Kenjaboyevni yiqitdi |
| 32' | ![]() |
Slavko Lukich ogohlantirish oldi. |
| 25' | ![]() |
"Faysaliy"ning xavfli hujumi. Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelishdi va futbolchi o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Sanjar to‘pni egallab oldi |
| 19' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Eshmurodov 14 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 19' | ![]() |
Xalil Beniatiya sariq kartochka oldi. U Cheranning futbolkasidan ochiqchasiga tortib qoldi |
| 17' | ![]() |
VUUUH! Sanjar Quvvatov muqarrar goldan qutqardi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Alban Meha jarima maydonchamizga olib kirib ketdi va yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi. Qavvatov to‘p tezligi pasaytirdi va to‘pni Eshmurodov egallab, xavfni bartaraf etdi |
| 15' | ![]() |
"Nasaf" yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hakam darvozabon Abulaylaga nisbatan fol ishlatildi deb hisobladi |
| 11' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Igor Golban, 1:0! Lukich tomonidan yetkazilgan uzatmani Golban darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 9' | ![]() |
Qarshiliklar raqib jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni olib qo‘yishdi va Jasur Hasanov kuchli zarba berdi. To‘p himoyachining boshidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi tepamiz |
| 8' | ![]() |
Iordaniyaliklar yana bir marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Raqib futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Quvvatov to‘pni egallab oldi |
| 6' | ![]() |
"Faysaliy" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar himoyada ishonchli o‘ynashdi bu vaziyatd |
| 4' | ![]() |
Mehmonlarning ilk hujumi xavfli tus olishi mumkin edi. O‘ng qanotdan jarima maydonchamizga kirayotgan hujumchiga uzatma berildi. Eshmurodov xavfni bartaraf etdi |
| 3' | ![]() |
To‘p chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yetkazildi. Himoyachilar qaytargan to‘pni Hamrobekov 17 metrlardan darvoza tomon yo‘llashga harakat qildi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 2' | ![]() |
Jasur Husanovning uzatmasi raqib jarima maydonchasigacha yetib bormadi |
| 2' | ![]() |
O‘ng qanotdan Kenjaboyevga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi tepamiz |
| 1' | ![]() |
Diqqat uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga maydon egalari kiritib berishdi. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun "Nasaf" ko‘k, "Faysaliy" oq rangli futbolkalarda harakat qilishadi |
| ' | ![]() |
Osiyo chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichi doirasida «Nasaf» va «Al-Faysaliy» o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|