Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi-2017/2018
| 23-tur, 2018 yil 11 fevral, soat 20:15 | ||
BARSELONA |
0 : 0 |
XETAFE |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 24.Erri Minya 18.Xordi Alba 19.Lukas Din 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 20.Serxi Roberto 14.Filippe Koutinyo 09.Luis Suares 17.Pako Alkaser 10.Lionel Messi |
13.Visente Guayta (D) 22.Damian Suares 02.Dyene Dakonam 03.Vitorino Antunesh 21.Faykal Fayr 10.Gaku Shibasaki 04.Bruno Gonsales 12.Fransisko Portilyo 18.Mauro Arambarri 23.Amat Ndiaye 09.Anxel Rodriges |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Yasper Sillessen (D) 03.Jerar Pike 02.Nelsinyo Semedu 08.Andres Inyesta 15.Paulinyo 22.Aleysh Vidal 11.Usmon Dembele |
01.Emiliano Martines (D) 16.Kala 14.Serxio Mora 11.Loik Remi 19.Xorxe Molina Leandro Kabrera Matyo Flamini |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" o‘z maydonida "Xetafe"ni mag‘lub eta olmadi |
| 90+4' | ![]() |
Vuh! "Xetafe" jarimadan xavfli zarba yo‘lladi. |
| 90+3' | ![]() |
Yerri Mina sariq oldi |
| 90+3' | ![]() |
Visente Guayta sariq kartochka oldi |
| 90+1' | ![]() |
VUUUH! Dembele o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Suares bosh bilan zarba berdi. Guayta to‘sin ostidan to‘pni qaytardi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
Inyesta tomonidan berilgan uzatmani posbon egallab oldi |
| 88' | ![]() |
"Xetafe"da o‘zgarish: Shibasaki o‘rniga Leandro Kabrera tushdi |
| 86' | ![]() |
Alba o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Guayta bir amallab to‘pni mushti bilan urib yubordi |
| 82' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Serxio Buskets o‘rniga Paulinyo tushirildi |
| 80' | ![]() |
Vuuuuh! Messi darvoza tomon ikki marta zarba berdi. Dastlabki zarbani darvozabon yon tomonga urib yubordi. To‘pga yetib kelgan Alba aniq zarba bera olmadi. Takroriy hujum natijasida argentinalik futbolchi tomonidan berilgan zarbani Guayta egallab oldi |
| 78' | ![]() |
"Xetafe"da o‘zgarish: Anxel Robriges o‘rniga Matyo Flamini tushirildi |
| 77' | ![]() |
"Barsa" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisidan keyin Mina bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 77' | ![]() |
"Barsa" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchisidan keyin Mina bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 75' | ![]() |
Oho! Messi jarimadan yetkazgan uzatmani Mina bosh bilan darvoza tomon burdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 72' | ![]() |
Suares ofsaydda. Uzatmani Inyesta bergandi |
| 70' | ![]() |
Messi ofsaydda qoldi |
| 69' | ![]() |
Inyesta ikki futbolchining orasidan chiroyli tarzda o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 68' | ![]() |
Leoning zarbasi noaniq bo‘ldi |
| 67' | ![]() |
Messiga nisbatan fol ishlatildi. Darvogacha 28 metr |
| 65' | ![]() |
Antunesh ogohlantirish oldi. Vaqtni cho‘zgani uchun |
| 62' | ![]() |
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Andres Inyesta, Alkaser o‘rniga Usmon Dembele tushdi |
| 62' | ![]() |
"Barselona"da ikkita o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Andres Inyesta, Alkaser o‘rniga Usmon Dembele tushdi |
| 62' | ![]() |
Oho! "Xetafe" o‘yinchisi burak to‘pini jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazdi. Mehmon futbolchisi to‘pni yerga tushirmasdan zarba berdi. To‘p biroz to‘sin ustidan o‘tib ketdi |
| 61' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasiga yorib kirishdi. Yerri Mina xavfni bartaraf etdi |
| 60' | ![]() |
Ehhhhh, Shibasaki! Qarshi hujumda yaponiyalik futbolchi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi. Ter Shtegen oldinga chiqib ketganini ko‘rgan futbolchi olis masofadan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi |
| 59' | ![]() |
Jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga Messi uzatma berdi. So‘nggi pallada himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 58' | ![]() |
VUH! Messi! Jarima maydonchasi tashqarisidan darvozabon uchun noqulay zarba berdi. Guayta bir amallab zarbani qaytardi |
| 56' | ![]() |
VUUUH! Alba chap qanotdan jarima maydonchasi tashqarisiga uzatma berdi va Alkaser to‘pni ichkiriga uzatdi. Suares birga-bir vaziyatda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 55' | ![]() |
Mehmonlar burchak to‘pni o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan zarba berildi. Ammo ancha noaniq |
| 54' | ![]() |
Serji Roberto sariq oldi |
| 53' | ![]() |
Serji Roberto o‘ng qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. "Xetafe" posboni to‘pni egallab oldi |
| 50' | ![]() |
Oho! Koutinyo olis masofadan aniq zarba berdi. Guayta to‘pni egallab oldi |
| 47' | ![]() |
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samarasiz |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Barselona" - "Xetafe" 0:0, tanaffus |
| 44' | ![]() |
Vuuuh! Messi jarimadan yetkazib bergan uzatmani Suares oyog‘i bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ammo ofsayd! |
| 44' | ![]() |
Arambarriga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 41' | ![]() |
"Xetafe"da yana bir yaxshi vaziyat. Jaria maydonchasiga kirgan Shibasakiga yaxshi uzatma berildi. U to‘pni to‘xtatmasdan sherigiga uzatishga qaror qildi. Ammo Ter Shtegen to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Vuuuuh! Qarshi hujumda Anxel Rodriges 16 metrdan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Burchak zarbasi |
| 37' | ![]() |
"Xetafe" jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarba ancha noaniq bo‘ldi |
| 35' | ![]() |
Kataloniyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 34' | ![]() |
Messi aniq uzatma bilan Suaresni birga-bir vaziyatga chiqardi. Ammo Luis ofsaydda qoldi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuh! Rakitich raqib jarima maydonchasidagi Messini to‘p bilan ta’minladi. Leo to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 28' | ![]() |
Ancha zerikarli o‘yin. "Barsa" kuch tejab o‘ynamoqda |
| 26' | ![]() |
"Ko‘k-anorranglilar" dastlabki xavfli vaziyatni yaratishdi, ammo Messi ofsaydda qoldi |
| 22' | ![]() |
Messi darvozagacha 30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini tepdi. To‘pni jonli devorga tegib qaytdi. Takroriy hujum xavfli bo‘ldi. Ammo Yerri Mina jarima maydonchasi ichida zarba bera olmadi |
| 20' | ![]() |
Mehmonlar to‘pni egallab, qarshi hujum tashkil etishdi. Ter Shtegen o‘z darvozasini tark etdi va to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 18' | ![]() |
Mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi |
| 15' | ![]() |
"Barsa" mutlaqo shoshilmayapti |
| 9' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Suares qo‘li bilan to‘xtatishga urindi. Hakam darhol hushtak chaldi |
| 6' | ![]() |
To‘p asosan maydon markazida. Hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayapti |
| 2' | ![]() |
Damian Suares "Barsa" posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ammo birozgina ofsaydda qoldi futbolchi. |
| 1' | ![]() |
Oho! Ter Shtegen! To‘pni qabul qilgan darvozabon o‘zi tomon yugurib kelayotgan hujumchini chiroyli tarzda aldadi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuvga start berildi. To‘pni o‘yinga sariq libosdagi "Xetafe" futbolchilari kiritib berishdi |
| ' | ![]() |
Diqqat, futbolchilar maydonda saf tortishdi. Bir-ikki daqiqadan keyin o‘yin boshlanadi |
| ' | Jamoalar maydonga chiqib kelishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. | |
| ' | ![]() |
Ispaniya La ligasining 23-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Xetafe»ni qabul qilmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|