Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi-2017/2018

24-tur, 2018 yil 17 fevral, soat 20:15

EYBAR

0 : 2

BARSELONA

Luis Suares (16)
Jordi Alba (88)
JAMOALAR TARKIBI
25.Marko Dmitrovich (D)
04.Ivan Ramis
18.Anaits Arbilla
15.Xose Anxel
02.Fabian Orelyana
24.Joan Jordan
03.Pape Diop
08.Takashi Inui
14.Dani Garsiya
11.Ruben Penya
17.Kike
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
23.Samuel Umtiti
08.Andres Inyesta
05.Serxio Buskets
15.Paulinyo
20.Serxi Roberto
04.Ivan Rakitich
10.Lionel Messi
09.Luis Suares
ZAHIRA
13.Asyer Riyesgo (D)
20.Ivan Alyexo
07.Ander Kapa
22.David Lomban
05.Gonsalo Eskalante
21.Pedro Leon
19.Charlz
  13.Yasper Sillessen (D)
19.Lyuka Din
02.Nelson Semedu
24.Yerri Mina
14.Filippe Koutinyo
22.Aleysh Vidal
11.Usman Dembele
QIZIL KARTOCHKA
Fabian Orelyana (66, ikkinchi ogohlantirish)
 

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Eybar" - "Barselona" 0:2.
90+2'
Koutinyo jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘p uchun kurash olib borib, Messiga yaxshi pas berdi. Leo esa aniq zarba bera olmadi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
"Barsa"da o‘zgarish: Nelson Semedu maydonga tushdi.
88'
GOOOOOOL! Jordi Alba, 0:2! Koutinyo diagonal uzatma bilan o‘ng qanotdan oldinga o‘tayotgan Vidalni to‘p bilan ta’minladi. Aleish to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydonchasidagi Messiga yetkazdi. Lionelning birga-bir vaziyatda bergan zarbasini Dmitrovich qaytardi. Chap qanotdan yordamga kelgan Alba o‘ng oyog‘i bilan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi
86'
Messsi jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Ammo hakam penalti belgilamadi
85'
VUUUUUH! Aleish Vidal yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, zarba berdi. Dmitrovich oyog‘i bilan zarbani qaytardi!
83'
"Eybar"da o‘zgarish: Joan Jordan o‘rniga Sharles tushdi
80'
Oho! Inui chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pga ega chiqdi
80'
Vuuuuh! Koutinyo chiroyli uzatma bilan Messini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Lionel raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi. Ammo Dmitrovich uning niyatini paychadi va xavfni bartaraf etdi
78'
"Eybar" bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda
74'
"Eybar"da ham o‘zgarish: Pape Diop o‘rniga Gonsalo Eskelante tushdi
74'
"Barsa"da o‘zgarish: Paulinyo o‘rniga Aleish Vidal tushdi
69'
Hakam "Eybar" bosh murabbiyini zaxira o‘rindig‘idan chetlatdi
69'
Suares va Koutinyo o‘zaro "devor" o‘ynashdi. Luis yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, ammo ofsayd
67'
Luis Suares birga-bir chiqib ketdi, ammo raqib jarima maydonchasi ichida himoyachiga nisbatan fol ishlatdi
66'
Hissiyotlarini jilovlay olmagan Orelyana ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
66'
Pape Diop sariq oldi
64'
"Eybar" o‘yindagi oltinchi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alba xavfni bartaraf etdi. E’tiborli tomoni, "Barselona" hali biror marta burchak to‘piga ega bo‘lmadi
63'
"Barsa"da dastlabki o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Felippe Koutinyo tushdi
58'
Orelyana sariq kartochka oldi. Inyestaga nisbatan xavfli o‘ynadi
56'
Orelyana o‘ng qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga kirib keldi va markazga yaxshi uzatma berdi. Ammo Takashi Inui darvoza tomon aniq zarba bera olmadi
55'
Jordan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va bor-yo‘g‘i burchak to‘pi ishladi
52'
Messi chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va narigi qanotdan ichkariga kirayotgan Suaresga pas berdi. Luisning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
50'
Suaresning uzatmasidan keyin Paulinyo birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo braziliyalik futbolchi to‘pni yerga tushirib olguncha himoyachi yetib keldi va xavfni bartaraf etdi
48'
Andres Inyesta sariq kartochka oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam vaqt qo‘shmadi. Hozircha "Eybar" - "Barselona" 0:1. Tanaffus
42'
Messi aniq uzatma bilan chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Albaga uzatma berdi. Hakamlar ofsayd qayd etib, xatoga yo‘l qo‘yishdi
39'
"Eybar" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alba to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tayotganida himoyachi uni fol orqali yiqitdi
37'
VUUUUUH! Messining uzatmasidan keyin Suares chap qanotdan darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Urugvaylik futbolchi darvozabonni aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida zarba bermasdan, to‘pni orqadan yetib kelgan Lionelga yetkazishga qaror qildi. Argentinalik futbolchining zarbasidan keyin olis ustunga tegib qaytdi. Messi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi
36'
Kike olis masofadan zarba berdi. Noaniq
33'
Messi chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Albaga uzatma berdi. Albaning havolatib bergan uzatmasiga Paulinyo bosh bilan zarba berdi. To‘pni Dmitrovich egallab oldi
32'
Ehhh Jordan! Yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. U jarima maydonchasiga kirib keldi va 15 metrlardan zarba berdi. Noaniq
28'
Jamoalar ochiq o‘yin namoyish qilishmoqda. "Eybar" futbolchilari aslo himoyada yotish haqida o‘ylashmayapti
22'
Rakitich o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Bmitrovich to‘pni egallab oldi
19'
VUUUH! Orelyana jarima maydonchasi tashqarisidan juda xafli zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi!
16'
GOOOOOL! Luis Suares! "Barsa" qarshi hujumda mezbonlarni jazoladi. Messining ideal uzatmasidan keyin Suares birga-bir vaziyatga chiqdi va urugvaylik futbolchi darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
15'
"Eybar" raqibga nisbatan yuqori pressing ishlatishga harakat qilmoqda
12'
"Eybar" ketma-ket 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Bosh bilan berilgan zarbani Ter Shtegen egallab oldi
11'
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Messining uzatmasidan keyin Alba yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. Ammo laynmen bayroqchasini ko‘tardi. Ofsayd
10'
"Eybar"ning burchak to‘pi samarali chiqmadi
9'
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi: chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Pike maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
6'
"Eybar"dan xavfli javob hujumi. O‘ng qanotga yetkazilgan uzatmani Umtiti qaytara olmadi. Natijada Orelyana jarima maydonchasiga kirar-kirmas zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
5'
EHHHH! "Barselona" futbolchilari ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi! Messi aniq pas bilan Suaresni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Luis darvozabonni aldab o‘tdiyu, ammo zarba berishga ulgurmadi. Urugvaylik futbolchi to‘pni orqadan yordamga kelgan Albaga uzatdi. Xordining zarbasini himoyachi qaytardi
1'
UCHRASHUV BOSHLANDI!
'
Ispaniya La ligasining 24-turi doirasida "Eybar" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilmoqda.
'
Assalomu alaaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.