Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Yarim final. 24 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya) | ||
LIVERPULMuhammad Saloh (36, 45)
Sadyo Mane (56) Roberto Firmino (61, 69) |
5 : 2 |
ROMAEdin Jeko (81)
Diyego Perotti (85-penalti) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Loris Karius (D) 04.Virjil van Deyk 26.Endryu Robertson 06.Deyan Lovren 21.Aleks 09.Roberto Firmino 66.Trent 07.Jeyms Milner 19.Sadio Mane 14.Jordan Xenderson 11.Muhammad Saloh |
01.Alisson (D) 44.Kostas Manolas 05.Juan Jezus 11.Aleksandr Kolarov 20.Federiko Fasio 06.Kevin Strotman 24.Alessandro Florensi 16.Daniele De Rossi 04.Raja Naynggolan 17.Chengiz Under 09.Edin Jeko |
|
| ZAHIRA | ||
|
22.Simon Minyole (D) 17.Ragnar Klavan 02.Nataniel Klayn 05.Jorjinyo Veynaldum 18.Alberto Moreno 28.Denni Ingz 29.Dominik Solanke |
28.Lukas Skorupski (D) 25.Bruno Peres 08.Diyego Perotti 21.Maksim Gonalon 07.Lorenso Pellegrini 92.Stefan el-Sha’roviy 14.Partik Shik |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Trent Aleksander-Arnold (39)
Deyan Lovren (74) |
Juan Jezus (26)
|
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Liverpul" - "Roma" 5:2. Javob bahsi 2 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi |
| 90+2' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Roberto Firmino o‘rniga Ragnar Klavan tushirildi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! Nainggolan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Rekoshet va burchak to‘pi |
| 85' | ![]() |
GOOOOL! Diyego Perotti, 5:2! "Roma" o‘ziga imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Hali hech narsa tugamadi! |
| 85' | ![]() |
PENALTI! "Liverpul" darvozasi tomon! To‘p jarima maydonchasi ichidagi Milnerning qo‘liga tegdi |
| 84' | ![]() |
Jeko yana zarba berdi. Bu safar zarba kuchli chiqmadi va Karius to‘pni egalladi |
| 82' | ![]() |
Eh, Veynaldum! Robertosn chap qanotdan aniq uzatma berdi. Gollandiyalik futbolchi zarba bera olmadi |
| 81' | ![]() |
GOOOOOOL! Edin Jeko, 5:1! Nainggolan jarima maydonchasiga ajoyib uzatma berdi. Himoyachilar uzatmani qaytara olishmadi, Jeko esa to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysindirdi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 75' | ![]() |
"Liverpul"da o‘zgarish: Klopp Salohni keyingi o‘yinlarga saqlab qo‘yishga qaror qildi. Muhammad o‘rniga Denni Ingz tushirildi |
| 74' | ![]() |
Deyan Lovren sariq kartochka oldi |
| 73' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Shik bosh bilan zarba berdi. Karius to‘pni ikkinchi urinishda egallab oldi |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOOL! Roberto Firmino, 5:0! Burchakdan yetkazilgan uzatmani braziliyalik hujumchi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 68' | ![]() |
"Roma" nimadir qilishni istamoqda, ammo "bo‘rilar"ning kuchi hozircha "Liverpul"ga yetmayapti. Klopp shogirdlari shogirdlari bu bilan cheklanmoqchi emas |
| 64' | ![]() |
Vuuuh! Saloh burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alisson sakradi, ammo to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Uning yonida turgan Mane bosh bilan zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytarib yubordi |
| 61' | ![]() |
GOOOOOOOL! Roberto Firmino, 4:0! Saloh chap qanotda bir himoyachini osongina aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon uzatma berdi. Firmino bo‘sh darvozani 1 metrdan ishg‘ol qildi! |
| 60' | ![]() |
VUUUUUH! "Liverpul" hisobni yanada yiriklashtirishi mumkin edi. Darvoza tomon berilgan zarbalarni himoyachilar katta qiyinchilik evaziga qaytarishdi |
| 59' | ![]() |
Mehmonlarning hujumi. Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Shik darvoza tomon burishga harakat qildi. MUvaffaqiyatsiz |
| 56' | ![]() |
GOOOOOOL! Sadyo Mane, 3:0! Saloh o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va qulay vaziyatda turgan sherigiga uzatma berdi. Mane yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi |
| 54' | ![]() |
"Roma" vaziyatni o‘nglash uchun oldinga tashlanmoqda, ammo hozircha urinishlar samarasiz |
| 48' | ![]() |
Mezbonlar jarima zarbasini tepishdi. Aleksandr Arnold yo‘llagan zarba jonli devorga tegdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Liverpul" - "Roma" 2:0. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Muhammad SALOH! Misrlik futbolchi Firminoning uzatmasidan keyin birga-bir vaziyatga qochib ketdi va to‘pni Alissonnig ustidan oshirib, darvozaga joylab qo‘ydi |
| 43' | ![]() |
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Lovren bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi |
| 40' | ![]() |
Veynaldum! Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘pni Alisson qaytardi |
| 39' | ![]() |
Trent Aleksander-Arnold ogohlantirish oldi |
| 38' | ![]() |
VUUUUH! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Lovren bosh bilan zarba berdi. To‘p mehmonlar darvozasi to‘siniga tegib, maydonni tark etdi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Muhammad Saloh! Ajoyib gol! Misrlik futbolchi chap oyoqda aylanma zarba bilan to‘pni naq "Roma" darvozasi "to‘qqizligi"ga mixlab qo‘ydi! Saloh bu golni katta xursandchilik bilan nishonlamadi. U sobiq jamoasiga nisbatan hurmatni saqladi |
| 34' | ![]() |
Firmino jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Alisson to‘pni egalladi |
| 34' | ![]() |
GOL, ammo OFSAYD! Robertson raqib jarima maydonchasining chap tomonidan darvozabon maydonchasiga oldiga uzatma berdi. Mane to‘pni darvozaga burib qo‘ydi, ammo u ofsaydda turgan edi |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh, Saloh! Muhammad raqib jarima maydonchasi ichida sherigi bilan "devor" o‘ynamoqchi edi, to‘p esa himoyachining oyog‘idan misrlik futbochliga kelib tushdi. Saloh jarima maydonchasining o‘ng tomonidan chap oyoqda olis burchak tomon aylanma zarba berdi. Alisson to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 29' | ![]() |
Ehhhh, Mane! Firmino chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va bir himoyachini aldab, Sadyoga pas berdi. Mane 11 metrdan o‘ta noaniq zarba berdi. |
| 28' | ![]() |
VUUUUUH! "Liverpul" o‘ta xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Sadyo Mane maydon markazidan katta tezlikda oldinga tashlandi. Afrikalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Mane to‘pni Salohga uzatishi ham mumkin edi... |
| 26' | ![]() |
Juan Jezus ogohlantirish oldi. U Manening oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 26' | ![]() |
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Alisson egallab oldi |
| 23' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq italiyaliklar bo‘lishmoqda. "Liverpul"ning hujumlari erta uzilib qolmoqda |
| 19' | ![]() |
VUUUUUUH! Kolarov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. To‘p Kariusning qo‘liga tegib, o‘z yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi va to‘singa tegib qaytdi! |
| 18' | ![]() |
"Liverpul"da majburiy o‘zgarish amalga oshirildi: Chemberlen o‘rniga Jorjinyo Veynaldum maydonga tushdi |
| 16' | ![]() |
Aleks Oksleyd-Chemberlen chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Kolarovni to‘xtatishga harakat qildi, ammo o‘zi jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 14' | ![]() |
Kolarov chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmani Karius egallab oldi |
| 12' | ![]() |
"Roma" aslo himoyada o‘tirish niyatida emas. Imkon bo‘lishi bilan rimliklar oldinga o‘tishmoqda. Italyanlar bugun qanday bo‘lmasin gol urishga harakat qilishmoqda |
| 7' | ![]() |
Chemberlen olis masofadan aniq zarba berdi. Rimliklar posboni to‘pni egalladi |
| 5' | ![]() |
Vuuuuh! Xavfli vaziyat! Salohning uzatmasidan kein Firmino o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi hamda o‘tkir burchak ostida yo zarba berdi, yoki uzatmani amalga oshirdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 5' | ![]() |
Kamdan-kam ro‘y beradigan holat ro‘y berdi. Qanot hakamining bayroqchasi sinib tushdi. Uni yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keldi |
| 2' | ![]() |
Jamoalar ochiq o‘yin namoyish qilishga kirishib ketishdi. Darvoza sari dastlabki aniq zarbani "Roma" futbolchisi yo‘lladi. Jarima maydonchasi tashqarisidan tepilgan to‘pni Karius egallab oldi |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykun, qadrli futbol muxlislari. Yevropa chempionlar ligasida yarim final bosqichigayetib keldik. «Liverpul» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|