Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Yarim final. javob bahsi. 2 may, soat 23:45. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

ROMA

Jeyms Milner (15-avtogol)
Edin Jeko (52)
Rajji Nainggolan (86, 90+4-penalti)

4 : 2

LIVERPUL

Sadyo Mane (9)
Jorjinyo Veynaldum (26)
JAMOALAR TARKIBI
01.Alisson (D)
11.Aleksandr Kolarov
20.Federiko Fasio
44.Kostas Manolas
24.Alessandro Florensi
07.Lorenso Pellegrini
16.Daniele De Rossi
04.Rajja Nainggolan
14.Partik Shik
09.Edin Jeko
92.Stefan el-Sha’raviy
  01.Loris Karius (D)
06.Deyan Lovren
04.Virjil van Deyk
26.Endryu Robertson
09.Roberto Firmino
66.Trent
07.Jeyms Milner
19.Sadio Mane
05.Jorjinyo Veynaldum
14.Jordan Xenderson
11.Muhammad Saloh
ZAHIRA
28.Lukas Skorupski (D)
25.Bruno Peres
05.Juan Jezus
48.Mirko Antonuchchi
21.Maksim Gonalon
30.Jerson
17.Chengiz Under
  22.Simon Minyole (D)
02.Nataniel Klayn
17.Ragnar Klavan
18.Alberto Moreno
28.Denni Ingz
29.Dominik Solanke
58.Ben Vudburn

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Liverpul" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Demak, 26 may kuni Kiyevda "Real" - "Liverpul" bahsi bizni kutmoqda
90+4'
GOOOOOOOL! Raja Nainggolan, 4:2! Yarim himoyachi kuchli zarba bilan darvozani zabt etdi
90+3'
PENALTI! "Liverpul" darvozasiga!
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
86'
GOOOOOOOL! Rajja Nainggolan, 3:2! Olis masofadan berilgan zarbadan keyin to‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi!
84'
"Roma" himoyachisi Manolas va "Liverpul" himoyachisi Robertson ogohlantirish oldi
83'
Oho! Olis masofadan "Liverpul" jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Karius bosh bilan qaytarishga qaror qildi. U to‘pni ushlaganida to‘p bilan jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketishi mumkin edi. Under esa to‘pni bosh bilan darvoza tomon yo‘llashga qaror qildi. Karius ortga qaytdi va to‘pni egallab oldi
83'
"Liverpul"da o‘zgarish: Mane o‘rniga Ragnar Klavan tushdi
80'
Vuuuuh! Karius Jeko o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbani qiyinchilik bilan qaytardi. Keyin esa himoyachi xavfni bartaraf etdi
79'
Nainggolan burchakdan yetkazib bergan to‘pga Jeko oyoq bilan zarba berdi.
Zarba kuchli, ammo aniq chiqmadi
78'
Vuuuh! Patrik Shik jarima maydonchasi tashqarisidan yaxshi zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
77'
Aleksandro Florensi sariq kartochka oldi. Maneni oyoqlari bilan "o‘rib" yiqitgani uchun
75'
"Roma"da o‘zgarish: El-Sha’raviy o‘rniga Mirko Antonuchchi tushirildi
74'
Qarshi hujumda Mane oldinga tashlandi, ammo ofsayd qayd etildi
71'
Gonalon jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba berdi
69'
Vuuuuh! Alisson jamoasini goldan qutqardi. Salohning pasidan keyin Firmino zarbavor vaziyatga chiqdi va zarba berdi. "Roma" posboni oyog‘i bilan to‘pni qaytardi
66'
"Roma" navbatdagi qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Jekoning zarbasiga aniqlik yetishmadi
63'
VUUUUH! Rimliklar ajyib imkoniyatdan fofdalana olishmadi. Sha’raviynnig zarbasidan keyin to‘p Trentning qo‘liga tegib, maydonni tark etdi. Hakam buni ko‘rmadi va penalti belgilamadi
62'
Mane raqib darvozasini ishg‘ol qilishga bir baxya qoldi. Ammo u ofsaydda qolgandi
60'
VUUUUUH! Maydon markazidan de Rossi raqib darvozabon maydonchasiga yaqiniga uzatma berdi. Chengiz Under to‘pni darvoza tomon burdi. Krius chiziq ustida to‘pni egallab oldi
56'
Jarimadan yetkazilgan uzatmaga Jeko bosh bilan zarba berdi. Noaniq
55'
"Roma" raqib jarima maydonchasi burchagidan jarima zarbasi ishladi
52'
GOOOOOOL! Edin Jeko, 2:2! Sha’raviy chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib kelib, 18 metrlardan zarba berdi. Karius zarbani qaytardi. Aimo Jeko to‘pni egalladi va darvozani ishg‘ol qildi
49'
Hakamlar Jekoni ofsaydda qolganini ta’kidlashdi, ammo xato qilishdi. Aksincha "Liverpul" darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi
49'
Saloh ofsaydda qoldi. Mirslik futbolchi dastlabki o‘yinga nisbatan passivroq harakat qilayotganini ta’kidlash lozim
47'
Saloh jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda darvozabonning qo‘liga borib tushdi
46'
Qanotdan yetkazilgan uzatma Pllegriniga aniq yetib keldi. Ammo to‘p uning oyog‘i ostidan o‘tib, maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:2 (umumiy — 3:7). "Roma" finalga chiqish uchun ikkinchi bo‘limda 4ta gol urishi kerak, albatta, o‘z darvozasidan boshqa gol o‘tkazmagan holda
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Pellegrini juda muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi mazkur jarima to‘pini
44'
Sha’raviy bu safar jarima to‘pi ishladi. Stefan chap tomondan jarima maydonchasiga kirayotganida Lovren uni qo‘li bilan yiqitdi. Deyan sariq kartochka oldi
42'
Vuuuh! Mezbonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Florensi 15 metrlardan aniq zarba bera olmadi
41'
Salohning chiroyli uzatmasidan keyin Mane raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo sheriklariga aniq uzatma bera olmadi
40'
Sha’raviy raqib jarima maydonchasiga kira solib, bir himoyachini aldash chog‘ida yiqildi. Hakam unga ishonmadi
38'
Qarshi hujum paytida "Liverpul" futbolchilari to‘pni Salohga yetkazishdi. Muhammadning zarbasidan keyin himoyachiga tegib, maydonni tark etdi
37'
Karius mushti bilan to‘pni urib yuborib, xavfni bartaraf etdi
37'
Jeko jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib, burchak to‘pi ishladi
35'
VUUUUUUH! Stefan el-Sha’raviy! Uning olis masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi! Bu safar omad "Liverpul" tomonida bo‘ldi
33'
Rimliklar o‘ng qanotdan to‘pni mehmonlar jarima maydonchasiga yetkazishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
29'
Saloh burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Alisson musht bilan to‘pni urib yubordi. Ammo hakam hushtagini chaldi: posbonga nisbatan fol ishlatildi
26'
GOOOOOOL! Jorjinyo Veynaldum, 1:2! Burchak to‘pi o‘yinga kiritdi. Mezbon himoyachisi to‘pni bosh bilan qaytardi. Biroq jarima maydonchasi chizig‘i ustidan to‘p yana "Roma" darvozasi oldiga qaytardi. U yerda yolg‘iz qolgan Veynaldum bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
25'
VUUUUUUUH! "Liverpul" chap qanot himoyachisi bir futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirib keldi va Manega uzatma berdi. Sadyo yaqin masofadan zarba berdi. Alisson oyog‘i bilan zarbani qaytarib qoldi. Burchak to‘pi
20'
Kolarov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Firmino himoyada yaxshi harakat qilib, Jekoning zarba berishiga yo‘l qo‘ymadi
15'
GOOOOOOOL! Milner, avtogol, 1:1! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Sha’raviy bosh bilan "Liverpul" darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Lovren to‘pni tepib yubordi, ammo kutilmaganda to‘p Milnerning boshiga tegib, darvozaga kirib ketdi.
14'
Oho! Saloh jarima maydonchasi tashqarisidan Messi uslubida zarba berdi. Burchak tomon yerlatib berilgan zarbani Alisson egallab oldi
12'
Hakam "Roma" darvozasiga penalti belgilashi mumkin edi. Jarima maydonchasiga kirayotgan Manega yuqoridan uzatma berildi. Manolas esa hujumchini qo‘li bilan itarib yubordi. Damir Skamina hushtak chalmadi
9'
GOOOOOOOOL! Sadyo Mane, 0:1! Nainggolan maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi. Firmino to‘p bilan oldinga bordi va Manega uzatma berdi. Sadyo deyarli birga-bir vaziyatda kuchli zarba bilan "Roma" darvozasini ishg‘ol qildi
6'
Vuuuuh! Florensi olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
3'
Rimliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Jeko bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozagacha yetib bormadi
2'
Rimliklar o‘yin boshidan oldinga o‘tishmoqda. Bu tabiiy hol. "Roma" bugun 3ta gol urishi shart
1'
Uchrashuv boshlandi. To‘pni o‘yinga mezbonlar kiritib berishdi.
'
Jamoalar maydonda saf tortishdi. YECHL madhiyasi yangramoqda. Mezbonlar o‘zlarining an’anaviy to‘q qizil rangli formasida harakat qilishsa, angliyaliklar oq rangli formani tanlashgan.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchi jamoa nomi aniq bo‘ladi. Rimdagi "Olimpiko" stadionida "Roma" va "Liverpul" jamoalari to‘qnash kelishmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.