Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Superliga, 10-tur

4 may, soat 18:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov

BUNYODKOR

Javlon Ibrohimov (57)
Xurshid G‘iyosov (70)

2 : 1

NASAF

Sherzod Temirov (90+2)
JAMOALAR TARKIBI
25.Murodjon Zuhurov
02.Rustamjon Ashurmatov
04.Akramjon Komilov
06.Anvar G‘ofurov
08.Jovlon Ibrohimov (S)
09.Shahzodbek Nurmatov
11.Murodjon Toshmatov
18.Sardor Sobirxo‘jayev
20.Mirg‘iyos Sulaymonov
30.Xurshid G‘iyosov
44.Mirjamol Qosimov
  35.Sanjar Quvvatov
04.Maqsud Karimov (S)
05.G‘olib G‘aybullayev
06.Azizjon G‘aniyev
07.Odiljon Xamrobekov
10.Bobur Abduxoliqov
22.Igor Golban
27.Islom Rashidxonov
31.Saydullo Rahmatov
55.Slavko Lukich
77.Jasur Hasanov
ZAHIRA
32.Suhrobjon Sultonov
03.Islomjon Qobilov
15.Farruh Ikromov
21.Rasul Yuldoshev
28.Davronbek Umirov
99.Filip Rayevas
  65.Mashhurjon Muhammadjonov
18.Bobur Davlatov
21.Jahongir Aliyev
30.Xudoyorxon Sa’dullayev
34.Sherzod Nasrullayev
38.Akmal Mozgovoy
52.Sherzod Temirov
69.Dragan Cheran

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" - "Nasaf" 2:1.
90+2'
GOOOOOOOOL! Sherzod Temirov, 2:! "Nasaf" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hasanov yetkazib bergan uzatmani yosh himoyachi darvozagajoyladi. To‘p to‘sin-er-ustun aralash to‘rga borib tushdi
90+1'
Murod Toshmatov sariq oldi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Ibroahimov o‘rniga Islom Qobilov tushirildi
83'
Vuuuuuh! Sobirxo‘jayev jarima maydonchasi burchagidan ajoyib zarba yo‘lladi. Quvvatov ham ajoyib seyv namoyish qildi
79'
Yana bir xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Toshmatov darvoza tomon bura olmadi. G‘aybullayev xavfni bartaraf etdi
77'
"Bunyodkor"ning qarshi hujumi xavfli chiqdi. G‘aybullayev so‘nggi pallada xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi
74'
Mehmonlarning hujumi paytida Zuhurov jarima maydonchasini tark etgan holda xavfni bartaraf etdi
73'
"Bunyodkor"da ham o‘zgarish: Mirjamol Qosimov o‘rniga Davronbek Umirov tushirildi
72'
"Nasaf"da o‘zgarish: Maqsud Karimov o‘rniga Sherzod Temirov maydonga tushdi
70'
GOOOOOOOL! Xurshid G‘iyosov, 2:0! Sobirxo‘jayevning uzatmasidan keyin G‘iyosov deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi hamda to‘pni Quvvatovning ustidan oshirib, darvozaga joyladi
67'
Berdiyev shogirdlari ketma-ket 3 marta o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berishdi. To‘p Cherangacha yetib bormadi. Hur safar to‘pni Ashurmatov bosh bilan qaytaraverdi
62'
"Nasaf"da o‘zgarish: Rashidoxonov o‘rniga Jahongir Aliyev tushirildi
61'
"Nasaf" qarshi hujum tashkil qildi. Hasanov uzatmasini Zuhurov egallab oldi
60'
Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi, ish zarbagacha yetib bormadi
57'
GOOOOOOOOL! Javlon Ibrohimov, 1:0! G‘iyosovning uzatmasidan keyin Sobirxo‘jayev jarima maydonchasining o‘ng tomonida Hamrobekovni chiroyli aldab o‘tdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Bu joyga yetib kelgan Javlon bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!
54'
Xavfli vaziyat! Hasanov o‘z qanotidan uzatma berdi. Zuhurov bir amallab urib yuborgan to‘p jarima maydonchasi ichidagi G‘aniyevga kelib tushdi. Azizjon o‘tkir burchak ostida na aniq zarba berdi va na aniq uzatma
52'
Nurmatov o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Toshmatov bosh bilan zarba berdi. Maqsud Karimovning tizzasiga tegib yuqoriga ko‘tarilgan to‘pni Quvvatov egallab oldi
52'
Hasanov chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Zuhurov to‘pni egallab oldi
47'
Oho! Hamrobekov olis masofadan kuchli va aniq zarba berdi. Zuhurov mushti bilan to‘pni urib yuborishga qaror qildi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi. Davom etamiz
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha o‘yinda hisob ochilmadi
41'
Yana bir xavfli vaziyat. Bu galgi burchak to‘piga Sobirxo‘jayev bosh bilan zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
41'
VUUUUUH! "Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Nurmatov bosh bilan xavfli zarba yo‘lladi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Quvvatov yuqoriga ko‘tarib yubordi. Yana bir burchak to‘pi
35'
O‘yin tengkurashlar ostida kechmoqda
28'
Bobur Abduxoliqov mezbonlar jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilib, zarba berdi. Ammo u ofsaydda qolgan ekan
27'
"Bunyodkor" ijrosida yana bir xavfli vaziyat. Toshmatov chap qanotdan oldinga o‘tdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Nurmatov muvaffaqiyatli zarba bera olmadi, Golban to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
25'
Xavfli vaziyat! Nurmatov Golbanni aldab o‘tib, chap tomonidan jarima maydonchasiga kirdi, ammo G‘aybullayev xavfni bartaraf etdi. Burchak to‘pi
23'
Sobirxo‘jayev o‘ng qanotda himoyachini aldab o‘tib, jarima maydonchasiga kirib keldi va sherigiga uzatma berdi. Ammo himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda vaziyat gol bilan yakunlanishi mumkin edi
22'
Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Quvvatov egallab olib, xavfni bartaraf etdi
18'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin "Nasaf" futbolchisi zarba berdi, ammo himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
19'
Hasanov o‘z qanotida aldamchi harakatlari evaziga burchak to‘pi ishladi
16'
VUUUUUUH! Jasur HASANOOOOV! Yarim himoyachi chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va kutilmaganda, "parashyut" uslubida zarba berdi. To‘p Zuhurovning ustidan oshib o‘tdi, ammo Ashurmatov darvozaga kirayotgan to‘pni chiziq ustida qaytarib qoldi
15'
"Bunyodkor" o‘ng qanotdan hujum tashkil qildi, ammo vaziyat samarasiz yakunlandi
12'
To‘p nazorati "qaldirg‘ochlar" tomonida, ammo qarshiliklarning qarshi hujumi xavfli tus oladigandek ko‘rinmoqda
5'
Uchrashuv boshlanib ketdi. Hozircha jamoalar biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qilishayotgandek
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. O‘zbekiston chempionatining 10-turi doirasida markaziy o‘yin boshlandi. "Bunyodkor" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qilmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.