Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 13:17 Mayns 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/10 13:17 Hannover-96 1-4 Hoffenhaym
20/10 13:17 Bayer 2-1 Augsburg
20/10 13:17 Shalke 1-3 Borussiya D
20/10 13:17 Bavariya 3-2 Gerta
20/10 13:20 Volfsburg 3-0 Verder

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya chempionati, 36-tur

«El-klasiko», 6 may, 23:45. Bosh hakam: Ernandes Ernandes

BARSELONA

Luis Suares (10)
Lionel Messi (53)

2 : 2

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (15)
Garet Beyl (72)
JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
23.Samuel Umtiti
03.Jerar Pike
18.Xordi Alba
20.Serji Roberto
08.Andres Inyesta
04.Ivan Rakitich
05.Serxio Buskets
14.Filippe Koutinyo
09.Luis Suares
10.Lionel Messi
  01.Keylor Navas (D)
06.Nacho
04.Serxio Ramos
12.Marselo
05.Rafayel Varan
10.Luka Modrich
08.Toni Kroos
14.Kazemiro
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
11.Garet Beyl
ZAHIRA
13.Yasper Sillessen (D)
25.Tomas Vermalen
02.Nelson Semedu
06.Denis Suares
15.Paulinyo
11.Usmon Dembele
17.Pako Alkaser
  13.Kiko Kasilya (D)
03.Xesus Valyexo
15.Teo Ernandes
20.Marko Asensio
23.Mateo Kovachich
24.Daniel Sebalyos
17.Lukas Vaskes
SARIQ KARTOCHKA
Lionel Messi (45)
Luis Suares (44)
 
Nacho (12)
Rafael Varan (31)
Serxio Ramos (45)
QIZIL KARTOCHKA
Serji Roberto (45+3G‘
 

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Toomnlar jangovar durangga imzo chekishdi
90+5'
"Real" so‘nggi daqiqalarda ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi
90+4'
"Barselona" naq 4 kishi bo‘lib oldinga o‘tib ketdi. Ammo Paulinyo Rakitichga aniq uzatma bera olmadi va ajoyib vaziyatni yo‘qqa chiqardi
90+3'
Burchak to‘pidan keyin Paulinyo zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. To‘p darvozagacha yetib bormadi
90+3'
Paulinyo burchak to‘pi ishladi.
90+1'
"Barselona"da o‘zgarish: Luis Suares o‘rniga Pako Alkaser tushdi
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
85'
"Madrid" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos ofsaydda qoldi
84'
"Real"da o‘zgarish: Kroos o‘rniga Mateo Kovachich tushirildi
84'
Marselo uzatma berdi. Alba bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
82'
Vuuuuh! Yana bir xavfli vaziyat! Messi bu safar chap qanotdan kirib, o‘tkir burchak ostida o‘ng oyoqda zarba berdi. Navas qutqardi!
82'
VUUUUUUUH! Ramosning xatosidan keyin Messi to‘pni egallab oldi, u jarima maydonchasi ichida Ramosni yana bir marta aldab, chap oyoqda olis burchak tomon aylanma zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
77'
"Real"ning ikki futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatildi. Beyl qoidabuzarlik uchun, Marselo esa avvalgi vaziyatda simulyasiya ishlatdi deb hisoblangani uchun
76'
Ehhh, hakam! Xordi Alba o‘z jarima maydonchasi ichida Marseloni chalib yiqitdi. Ammo Ernandes jim!
75'
Lukas Vaskes o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
72'
GOOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:2! Jarima maydonchasi ostonasi tomon ochilayotgan uelslik futbolchiga Asensio uzatma berdi. Beyl to‘pni to‘xtatmasdan 18 metrlardan aniq zarba berdi. Ter Shtegen ojiz qoldi. Chiroyli gol!
71'
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos bosh bilan to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
70'
VUUUUUUUUH! Mezbonlar dahshatli qarshi hujum tashkil qilishdi. Leonel Messi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Keylor Navas to‘g‘ri pozisiya tanlagani uchun ajoyib seyv namoyish qildi!
67'
Asensio jarima maydonchasi ichida zarbavor vaziyatga chiqdi. Ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi
66'
To‘p nazorati Zidan shogirdlari tomoniga o‘tdi
65'
Beyl Pikening oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib jarima maydonchasiga kirdi, ammo Umtiti unga imkoniyat bermadi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
63'
Messi ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
63'
Messi ijrosidagi jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
62'
Nacho o‘z jarima maydonchasi yaqinida Messini yiqitdi. Darvozagacha 25 metrlar...
59'
VUUUUUUH! "Barselona" o‘ta xavfli hujum tashkil qildi. Suaresning uzatmasidan keyin Semedu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Paulinyoga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchiga to‘pga biroz yeta olmadi va Navasga urilib ketdi. Hammasi joyida, Keylor o‘yinni davom ettiradi
58'
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Paulinyo tushirildi. Muxlislar Andresni olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Inyesta faoliyatida so‘nggi klasikoda ishtirok etdi
56'
Nacho o‘ng qanotdan uzatma berdi. To‘p Ter Shtegenning o‘lchasiga aylandi
53'
GOOOOOOOOOOL! Lionel Messi, 2:1! Luis Suares qanotda Varan bilan to‘p uchun kurash olib bordi va qoidani buzgan holda raqibidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tdi. Hakamlar fol qayd etishmadi. Urugvaylik futbolchi Messiga pas berdi. Leo raqibning ikki futbolchisini aldab, 16 metrlardan o‘ta aniq zarba berdi.
52'
VUUUUUH! "Real" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Asensio ikkiga-ikki vaziyatda raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Beylga uzatma bermadi va o‘zi 14 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab oldi
50'
Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
47'
Oho! Marselo "Barsa" jarima maydonchasi yarim aylanasi ichidan zarba berdi. Noaniq
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi
46'
"Real"da esa kutilmagan o‘zgarish: Ronaldu o‘rniga Asensio tushirildi
46'
"Barsa"da kutilgan o‘zgarish: Koutinyo o‘rniga Nelson Semedu tushirildi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Barselona" - "Real" 1:1. Tanaffus
45+3'
Aslida bir daqiqa oldin Beyl maydondan chetlatilishi krak edi. U ochiqchasiga Umtitining oyog‘iga butsaning tishlari bilan tepgandi
45+3'
Serji Roberto qizil kartochka oldi. Yo‘q joydan! Himoyachi to‘psiz joyda Marseloning yelkasiga zarba berdi. Braziliyalik futbolchi yiqilib berishni o‘xshatdi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
45'
Messi ham ogohlantirildi. Ramosga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun
44'
Luis Suares va Serxio Ramos ogohlantirish olishdi
42'
VUUUUUUH! Koutinyoning uzatmasidan keyin Messi jarima maydonchasiga kirdi va Navasni aldashga harakat qildi. Keylor so‘nggi pallada qo‘llari bilan to‘pni yon tomonga urib yuborib, xavfni bartaraf etdi
40'
Oho! Madridliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Benza raqib jarima maydonchasiga kirar-kirmas olis burchak tomon zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
38'
Mezbonlar Marselo qanotidan ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda. Braziliyalik himoyachining uzatmasiga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
37'
Messi jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. Umtiti to‘pga zarba berdi. Ofsayd
31'
Rafael Varan ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Suaresni qo‘li bilan tortib yiqitdi
30'
Vuuuuh! Messining ajoyib uzatmasidan keyin Alba yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgandi, Beyl to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
28'
Vuuuuuuh! Modrichning uzatmasidan keyin Krishtianu chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chap oyoqda zarba berdi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
27'
VUUUUUUUH! Beylning uzatmasidan keyin Ronaldu birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Ter Shtegen zarbani qaytardi!!!
26'
Kroos jarima maydonchasi burchagidan zarba berdi. Noaniq
24'
Marselo chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Pike boshi bilan to‘pni qaytardi. Nacho o‘ng qanotdan to‘pni "Barsa" jarima maydonchasiga qaytardi. Ronaldu bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p yuqoridan o‘tib ketdi
22'
"Barselona" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi, ammo ish xavfli vaziyatgacha yetib bormadi
19'
Vuuuuh! Chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Albaga Messi uzatma berdi. Xordi to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon burishga harakat qildi, ammo bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi
15'
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, "Barselona" - "Real" - 1:1! Hujumni portugaliyalik futbolchining o‘zi boshlab berdi. U chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirdi va tovoni bilan Kroosga uzatma berdi. Toni olis ustun tomondagi Benzemaga yuqoridan uzatma berdi. Karimning bosh bilan pasidan keyin Ronaldu yaqin masofadan darvozani zabt etdi!
12'
Nacho sariq kartochka oldi
10'
GOOOOOOOOL! Luis SUARES! "Barselona" - "Real Madrid" - 1:0! Mezbonlar qarshi hujumda raqibini jazoladi. Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto o‘ng qanot bo‘ylab yolg‘iz oldinga o‘tdi. Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Messini yopishdi, ammo Roberto ochilayotgan Suaresga to‘pni yetkazdi. Urugvaylik futbolchi aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi
9'
Rakitichning uzatmasidan keyin Messi birga-bir vaziyatga qochdI, ammo ofsayd
9'
Beyl o‘ng qanotdan "Barsa" jarima maydonchasiga uzatma berdi. Pike bosh bilan to‘pni qaytardi, so‘ngra uni Ter Shtegen egalladi
6'
Marseloning ajoyib uzatmasidan keyin Ronaldu yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo birozgina ofsayd
5'
Messi o‘ng qanotdan jarima to‘pini raqib darvozasini oldiga yetkazdi. Navas to‘pni egallab oldi
4'
Burchak to‘pi xavfli chiqmadi
4'
VUUUUUH! Ilk xavfli vaziyat! Messining uzatmasidan keyin Suares "Real" jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi. To‘p Varanning oyog‘idan maydonni tark etdi
3'
Mezbonlar chap qanotdan Inyesta va Alba yordamida hujum tashkil qilishdi. Mehmonlar xavfni bartaraf etishdi
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni qaymoqranglilar kiritib berishdi
'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yinga eng jangovar tarkibni tanlashgan. Faqatgina "Real"da Karvaxal yo‘qligi bilinishi mumkin. "Qirollik klubi" safida Iskoning yo‘qligini bilintirmaydigan futbolchilar yetarli. Isko ikkinchi bo‘limda madridliklarni kuchaytirishi mumkin edi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Ispaniya La ligasining 36-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilmoqda. Navbatdagi el-klasikodan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.