Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Final. 26 may, soat 23:45. Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

REAL MADRID

Karim Benzema (51)
Garet Beyl (64, 84)

3 : 1

LIVERPUL

Sadyo Mane (55)
JAMOALAR TARKIBI
01.Keylor Navas (D)
04.Serxio Ramos
05.Rafayel Varan
12.Marselo
02.Daniel Karvaxal
10.Luka Modrich
14.Kazemiro
08.Toni Kroos
22.Isko
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
  01.Loris Karius (D)
06.Deyan Lovren
26.Endryu Robertson
04.Virjil van Deyk
05.Jorjinyo Veynaldum
14.Jordan Xenderson
19.Sadio Mane
07.Jeyms Milner
09.Roberto Firmino
66.Alexandr-Arnold Trent
11.Muhammad Saloh
ZAHIRA
13.Kiko Kasilya (D)
06.Nacho
15.Teo Ernandes
20.Marko Asensio
23.Mateo Kovachich
17.Lukas Vaskes
11.Garet Beyl
  22.Simon Minyole (D)
23.Emre Jan
02.Nataniel Klayn
17.Ragnar Klavan
18.Alberto Moreno
20.Adam Lallana
29.Dominik Solanke

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi! "Real" Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi! Tabriklar!
90+3'
Ehhh! Ronaldu raqib jarima maydonchasiga kirgan paytda qayerdan muxlis maydonga yugurib chiqib, hujumni uzib qo‘ydi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Marko Asensio tushirildi
85'
VUUUUUH! Beyl xet-trikka erishishi mumkin edi. U darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Lovren xavfni bartaraf etdi
85'
Bu o‘yinda qahramon bor — Garet Beyl! Antiqahramon ham bor. Loris Karius!
84'
GOOOOOOOL! Garet Beyl, 3:1! Uelslik futbolchi olis masofadan zarba berdi. Karius oddiy vaziyatda to‘pni o‘tkazib yubordi. To‘p darvozabonning qo‘lidan sirpanib, to‘rga borib tushdi.
83'
"Liverpul"da o‘zgarish: Jeyms Milner o‘rniga Emre Jan tushdi
82'
Mane sariq kartochka oldi. U Ramosga nisbatan fol ishlatdi
81'
"Madrid"ning xavfli hujumi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmagan Benzema 15 metrlardan zarba berdi. Karius seyv namoyish qildi
77'
Milner chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi
75'
Kroos jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Beyl ofsaydda qoldi
74'
VUUUUUH Ronaldu! Krishtianu darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Robertson esa ortdan yetib kelib, to‘p yo‘liga o‘zini tashladi. Natijada Ronaldu berayotgan zarbadan so‘ng to‘p himoyachidan oyog‘idan maydonni tark etdi
73'
Firmino o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Navas to‘pni egalladi
70'
VUUUUUUH! Sadyo Maneeeee! Senegallik futbolchi 16 metrdan yerlatib zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!!
69'
Vuuuuh! Olis masofadan Manega uzatma berildi. Ramos so‘nggi pallada xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi
67'
Bunaqa goldan keyin "Liverpul" futbolchilarining o‘ziga kelishi oson bo‘lmaydi. To‘p nazorati madridliklar tomonida
64'
GOOOOOOOOOL! Garet Beyl, 2:1! Dahshatli gol! Chap qanotdan Marselo tomonidan yetkazilgan uzatmani uelslik futbolchi chalqancha uslubda raqib darvozasiga joylab qo‘ydi!
62'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Beyl tushirildi
61'
Vuuuuuh! Nachoning uzatmasidan keyin Isko jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va zarba berdi. Karius qutqardi!
60'
"Liverpul"ning golidan keyin o‘yinning tempi yana maksimal darajdaga ko‘tarildi. Maydon keskin kurashlar kechmoqda. Hech kim o‘zniyam, raqibniyam ayab o‘tirmayapti
55'
GOOOOOOOL! Sadyo Mane, 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga van Deyk bosh bilan zarba berdi. Mane shundoqqina darvoza oldidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi
54'
VUUUUUH! "Liverpul" hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi! Milner chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Varan to‘p yo‘nalishini biroz o‘zgartirdi. Natijada Firmino to‘pga biroz yeta olmadi
53'
Benzema ofsaydda qoldi
51'
GOOOOOOL! Karim Benzema, 1:0! Eh, Karius! Yosh bolalarcha xatoga yo‘l qo‘ydi! Kroosning uzatmasidan keyin Benzema to‘pga yeta olmadi va uni darvozabon egallab oldi. Karius egallagan to‘pni jamoadoshiga otayotganida Benzema to‘p yo‘liga oyoq qo‘ydi. To‘p Karimning oyog‘idan darvozga kirib ketdi
48'
VUUUUUUUH! Iskoning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi!!! Bu vaziyatda "Liverpul" himoyachilari konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yishdi. Isko esa birga-bir vaziyatda 14 metrlardan zarba bergandi...
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha hisob ochilmadi
45+3'
Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
45'
Vuuuh! Yuqoridan "Liverpul" jarima maydonchasiga uzatma berildi. O‘ng qanotdan yordamga kelgan Nacho oyoq bilan zarba berdi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi
43'
VUUUUUUUH! Isko o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. Ronaldu bosh bilan zarba berdi. Karius qaytardi, Benzema bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etgandi. Ammo ofsayd qayd etildi. Yo Krishtianu, yo Karim ofsaydda qolgan
41'
Ketma-ket ikkita jarohatlardan keyin o‘yin tempi ancha tushdi
37'
Vuuuh! Milner kutilmaganda oldingi chiziqqa uzatma berdi. Lallana uzatmaga biroz yeta olmadi
36'
Dani Karvaxal o‘rniga Nacho tushdi.
35'
Endi Karvaxal jarohat oldi. Daniyel ham yig‘lamoqda. Nahotki o‘yinni davom ettira olmaydi?!
32'
"Real"ning hujumi. Modrichning jarima maydonchasi tomon uzatmasi himoyachidan o‘tmadi
30'
Adam Lallana tayyorlanmoqda. U Salohning o‘rniga maydonga tushadi
29'
Muhammad Saloh o‘yinni davom ettira olmaydigan ko‘rinadi. Uning chap yelkasidagi og‘riq uni qiynamoqda. Misrlik futbolchi ko‘zda yosh bilan maydonni tark etmoqda. Afsus
28'
Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Navasga nisbatan fol ishlatildi, deb topildi
28'
Saloh maydonga qaytdi. Mane esa chap qanotdan hujumga o‘tib, burchak to‘pi ishladi
26'
Muhammad Saloh jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi. Serxio Ramos misrlik futbolchining yo‘lini qo‘ltig‘iga qisib olib yiqildi.
23'
VUUUUUUUUH! "Liverpul"dan ajoyib hujum! Manening uzatmasidan keyin Xenderson o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Firmino 11 metrli nuqta ustidan to‘pni egallab, zarba berdi. To‘p Ramosga tegib qaytdi. To‘pni egallagan Trent 12 metrlardan zarba berdi. Navasdan ajoyib seyv! Qoyil, Keylor! Qutqarding "Real"ni
22'
Oho! Firmino va Mane chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelishdi. Ammo Roberto bosh bilan uzatmani biroz noaniq bergani uchun to‘pga Mane emas, Karvaxal yetib bordi birinchi bo‘lib
18'
Vuuuh! "Real" yo‘q joydan o‘z darvozasiga burchak to‘pi olib keldi. Burchakdan to‘pni Saloh yetkazdi. Navas baland sakragan van Deyyka kurashda imkoniyatni boy berdi. "Real" baxtiga to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
15'
Vuuuuuh! "Liverpul" maydon markazida to‘pni yo‘qotishi natijasida "Real" o‘ng qanotdan tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelib, o‘tkir burchak ostida kuchli zarba berdi. To‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi
14'
Vuuuh! Inglizlar raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab, 3 marta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Har safar himoyachilar zarab yo‘liga g‘ov bo‘lishdi
12'
"Real" mersisaydliklarning birinchi 10 daqiqadagi bosimiga dosh berib, endi o‘zi to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda
11'
Oho! Marselo jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda yerlatib zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan 2 metrlar masofadan o‘tib ketdi
8'
"Liverpul"ning xavfli hujumi. Yana Navas vaziyat qahramoni!
7'
Vuuuuh! Ajoyib uzatma natijasida tezkor Mane darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. So‘nggi pallada Keylor Navas xavfni bartaraf etdi
6'
Xenderson jarima to‘pini o‘z yaqinidagi Salohga tashlab berdi. Muhammadning zarbasi yo‘liga Modrich g‘ov bo‘ldi
5'
Marselo jarima maydonchasi burchagida Salohga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi. Xavfli bo‘lishi mumkin
4'
Trent o‘ng qanotdan uzatma berdi. Varan to‘pni qaytardi
3'
Salohning uzatmasidan keyin Veynaldum jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. Himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘ldi
2'
Vuuuuuh! Karvaxal o‘ng qanotdan raqib darvozasiga yaqiniga havodan uzatma berdi. Benzema to‘pga tashlandi, darvozabon to‘pni urib yubordi. Karim ofsaydda qolgan ekan
1'
Vuuuuuh! "Liverpul"ning xavfli hujumi! Salohning uzatmasidan keyin Mane raqib jarima maydonchasiga kirdi, ammo Varan so‘nggi pallada xavfni bartaraf etib qoldi
1'
Diqqat! Milorad Majichning hushtagi yangradi va o‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga mersisaydliklar kiritib berishdi
'
"Real" oq, "Liverpul" qizil rangli formada maydonga tushishgan
'
Evropa chempionlar ligasi madhyasi yangramoqda!
'
DIQQAT! "Real" va "Liverpul" jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda! Futbochlilarni kutib olamiz!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Yevropa chempionlra ligasining hal qiluvchi bahsiga yetib keldik!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.