Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018, «A» guruhi, 1-tur

14 may, soat 20:00. Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

ROSSIYa

Yuriy Gazinskiy (12)
Denis Chershiyev (42)
Artyom Dzyuba (71)
Andrey Golovin (90+1)
Denis Cherishev (90)
Artyom Dzyuba (71)

5 : 0

SAUDIYa ARABISTONI

JAMOALAR TARKIBI
Igor Akinfeev (D)
Ilya Kutepov
Mario Fernandes
Andrey Semenov
Sergey Ignashevich
Roman Zobnin
Alan Dzagoyev
Yuriy Gazinskiy
Aleksandr Golovin
Yuriy Jirkov
Fyodor Smolov
  Abdulloh al-Mayyuf
Usama Havsaviy
Yosir ash-Shahroniy
Muhammad al-Burayk
Taysir al-Jassim
Abdulloh Otayf
Umar Havsaviy
Salmon al-Faraj
Yahyo ash-Shehriy
Salim ad-Dossariy
Muhammad as-Sahlaviy
ZAHIRA
Andrey Lunyov (D)
Vladimir Gabulov (D)
Igor Smolnikov
Fyodor Kudryashov
Andrey Semenov
Vladimir Granat
Aleksey Miranchuk
Daler Kuzyayev
Anton Miranchuk
Aleksandr Yeroxin
Artem Dzyuba
Denis Cherishev
  Yosir al-Musaylim (D)
Muhammad al-Ovais (D)
Muhammad Kanno
Mansur al-Harbiy
Ali Abdulayxi
Motaz Havsaviy
Muhannad Asiriy
Abdulloh al-Haybariy
Hussayn al-Mug‘oshiy
Hatton Babxir
Abdulmalik al-Haybariy
Fahad al-Muvallad

Matn

90+3'
Uchrashuv tugadi! Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0. Shu bilan bugungi onlayn-translyasiyamizni yakunlaymiz, xayr, sog‘ bo‘ling!
90+2'
Golovin!!! Jarima to‘pini golga aylantirdi! Hisob o‘ta yirik ko‘rinish oldi! 5:0!
90"'
Denis Cherishev ikkinchi golini urdi - 4:0!
88"'
Golovin hakamning ko‘z oldida raqibini yerga qulatgani uchun ogohlantirish oldi. JCH-2018ning bbirinchi sariq kartochkasi.
87"'
Rossiya bursak to‘pi iladi,bu xavfsiz chiqdi, arablar to‘pni uzoqlashtirdilar.
82"'
Baxbir bergan zarba Akinfeevgacha yetib kelmadi.
81"'
Rossiya terma jamoasi o‘yinchilari ko‘proq raqib maydonida harakat qilmoqdalar.
73"'
Saudiyaliklarda yana o‘zgarish: Yahyo Al Shahriy o‘rniga Xatan Baxbir tushdi.
71'
Dzyubaning to‘pga birinchi tegishiyoq golga aylandi! Ruslar autdan to‘pni o‘yinga kiritishdi, Fernandes-Zobnin kombinasiyasidan so‘ng Golovin qulay vaziyatda turgan Dzyubaga oshirdi va Artyom to‘pni aniq yo‘lladi!
70"'
Cherchesov so‘nggi almashtirishni amalga oshirdi: Smolov o‘rniga Dzyuba tushdi.
68'
Jarima maydonchasi ichida Zobnin bergan zarbani darvozabon qo‘lidan chiqarib yubordi, qaytgan to‘pga Smolov ulgurmadi, arablar to‘pni uzoqlashtirdilar!
65"'
Cherishevning 11-metrlik nuqta oldidan bosh bilan bergan zarbasi xavfli chiqmadi.
64'
Saudiyalikrda o‘zgarish: Otayf o‘rniga Al Muvallad tushdi.
63"'
Rossiyaning navbatdagi =uumi samarasiz yakunlandi.
58'
Saudiya jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Salmon al-Faraj bosh bilan zarba berdi. Noaniq
56'
VUUUUUH! Saudiya ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi! O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Sahlaviy darvoza tomon burishga harakat qildi. Ammo to‘p uning oyog‘iga yaxshi tegmay qoldi. To‘p yo‘liga ash-Shehriy tashlandi, u ham kech qoldi va to‘p to‘sin oldidan maydonni tark etdi
54'
Cherishev chap qanotdan uzatma berdi. Mayyuf to‘pni egallab oldi
52'
Saudiyaliklar o‘z o‘yinlarini kuchaytira olishmayapti
52'
Samedov jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berdi. Ammo noaniq. Aleksandr o‘ng qanotdan ichkariga kirayotgan sherigiga uzatma berishi mumkin edi, biroq jamoadoshini ko‘rmay qoldi
50'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani himoyachi qaytarib yubordi
50'
Xavflii vaziyat! Smolov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+2'
Birinchi bo‘lim tugadi. Hozircha Rossiya - Saudiya Arabistoni 2:0, tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
42'
GOOOOOOL! Denis Cherishev, 2:0! Rossiyalik qarshi hujumni samarali yakunlashdi. Oldinga uzatilgan to‘pni Golovin egallab olib, Smolovga berdi. Fyodor chap qanotdan ichkariga kirayotgan Cherishevni to‘p bilan ta’minladi. "Vilyarreal" futbolchisi bitta fint bilan ikki raqib yo‘ldan olib tashladi va birga bir vaziyatda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.
42'
Eh, Cherishev! Denis chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini chalg‘itdi, ammo keyingi harakat bilan to‘pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi
36'
Golovin raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borib, yiqildi. Hakam vaziyatni aniq ko‘rib turgandi. Penalti yo‘q. Lekin sariq ham berilmadi
31'
S.Arabistoni o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Shahroniy tomonidan bosh bilan berilgan zarba aniq chiqmadi
24'
Zagoyev o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Denis Cherishev maydonga tushdi
23'
Alan Zagoyev yugurib ketayotib jarohat oldi.
22'
Saudiyaliklar 2 marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Muvaffaqiyatli chiqmadi
21'
Vuuuuh! Saudiyaliklar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
20'
Rossiya terma jamoasi yaxshi hujum tashkil qildi, ammo jarima maydonchasi ichida zarba beradigan futbolchi topilmadi
15'
Rossiyaliklar xavfli hujum tashkil qilishdi. Laynsmen yaqqol ofsaydni qayd etmadi. Yaxshiyamki, vaziyat gol bilan tugamadi
12'
GOOOOOOL! Yuriy Gazinskiy, 1:0! Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi. To‘p chap qanotdan yana jarima maydonchasiga yetkazildi. Gazinskiy bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
12'
Rossiyaliklar o‘yin nazoratini o‘z tomonlariga og‘dirib, qanotlardan bir nechta hujum tashkil qilishdi. Hozir esa musobaqadagi ilk burchak to‘pi ishlandi
6'
Saudiyaliklar qisqa paslar bilan yaxshi o‘ynashmoqda. Qoyil qolish kerak
1'
Diqqat! Jahon chempionati start oldi!
'
Endi esa Rossiya madhiyasi yangramoqda
'
Saudiya Arabistoni davlat madhiyasi yangramoqda
'
Dastlab Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin nutq so‘zlab, barcha mehmonlarni qutladi. So‘ngra FIFA prezidenti Janni Infantino qisqacha nutq iroda qildi
'
Hakamlar va futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. Kutib olamiz!
'
Diqqat! Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari futbolchilari maydonga chiqishga shay bo‘lib turishibdi
'
Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi Mundialning ochilish o‘yini boshlanish arafasida. Ayni pallada Moskvadagi "Lujniki" stadionida JCH-2018ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari, vatandoshlar! Avvalo barchangizni Ramazon hayiti ayyomi bilan muborakbod etamiz. Qolaversa, Rossiya yashil maydonlarida boshlanayotgan Jahon chempionati bilan tabriklaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.