Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, «V» guruhi, 1-tur
| 15 may, soat 23:00. Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya) | ||
PORTUGALIYaKrishtianu Ronaldu (4-penalti, 44, 88)
|
3 : 3 |
ISPANIYaDiyego Kosta (24, 55)
Nacho (58) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Ruy Patrisiu (D) Pepe Sedrik Suaresh Joze Fonte Rafael Gerreyro Adriyen Silva Joau Moutinyu Vilyam Karvalyu Bruno Fernandes Krishtianu Ronaldu Gonsalo Gedesh |
David de Xea (D) Serxio Ramos Jerar Pike Xordi Alba Nacho David Silva Serxio Buskets Isko Koke Andres Inyesta Diyego Kosta |
|
| ZAHIRA | ||
|
Antoni Lopesh (D) Beto (D) Brunu Alvesh Ruben Diaz Mario Rui Juan Mariu Bernardo Silva Manuel Fernandesh Rikardu Kuarejma Jelson Martinsh Andre Silva Rikardu Pereyra |
Kepa (D) Pepe Reyna (D) Daniel Karvaxal Saul Sesar Aspilikueta Nacho Monreal Marko Asensio Tyago Alkantara Yago Aspas Alvaro Odriozola Rodrigo Lukas Vaskes |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Portugaliya - Ispaniya 3:3! Ronaldudan xet-trik! |
| 90+3' | ![]() |
Ronaldu jarohat oldi shekilli, u yerda o‘tiribdi |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! Portugaliya g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Kuarejma raqib jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Koke zarba yo‘liga tashlandi! |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 5 daqiqa qo‘shib berildi |
| 88' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:3! Dahshatli gol! Portugaliyalik futbolchi jarima zarbasidan so‘ng to‘pni "to‘qqizlik"ga mixlab qo‘ydi! Qoyil!!! |
| 86' | ![]() |
Krishtianu jarima zarbasi ishladi. DArvozagacha 22 metr |
| 86' | ![]() |
Ispaniyada o‘zgarish: David Silva o‘rniga Lukas VAskes tushirildi |
| 83' | ![]() |
Ispanlar ancha vaqt to‘pni nazorat qilib turib, Aspas tomon pas berishdi. Yago 16 metrdan bergan zarba kuchli chiqmadi. Patrisiu to‘pga ega chiqdi |
| 80' | ![]() |
Portugaliyada so‘nggi o‘zgarish: Gedesh o‘rniga Andre Silva tushirildi |
| 79' | ![]() |
Oho! Olis masofadan yetkazilgan uzatma natijasida Ronaldu deyarli birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Nacho to‘pni yon tomonga tepishga ulgurdi. To‘pni Kuarejma egalladiyu, ammo to‘p uning qo‘liga tekkani uchun hakam hushtak chaldi |
| 77' | ![]() |
Ispaniyada ikkinchi o‘zgarish: Diyego Kosta o‘rniga Yago Aspas tushirildi |
| 76' | ![]() |
Kuarejma chap qanotdan zarba yo‘llashga qaror qildi. Aniq chiqmadi |
| 71' | ![]() |
Vuuuuh! Silva-Alba kombinasiyasidan keyin DIYEgo Kosta darvozagacha 7-8 metrlardan zarba berdi. Biroz noaniq |
| 70' | ![]() |
Ispaniyada ham o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Tyago Alkantara tushdi |
| 69' | ![]() |
Portugaliyada yana bir o‘zgarish: Bernardu Silva o‘rniga Rikardu Kuarejma tushirildi |
| 68' | ![]() |
Portugaliyada o‘zgarish: Bruno Fernandesh o‘rniga Joao Miriu tushirildi |
| 65' | ![]() |
Endi buyog‘iga o‘yin Ispaniyaning nazorati ostida kechayotgandek |
| 58' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Nacho, 2:3! Juda chiroyli gol! "Real" himoyachisi 19 metrlardan zarba berdi. To‘p birdaniga 2ta ustunga tegib, so‘ngra to‘rga borib tushdi |
| 55' | ![]() |
GOOOOOOL! Diyego Kosta, 2:2! Ispaniya standartdan hisobni tenglashtirdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Buskets bosh bilan darvozabon maydonchasiga tashlab berdi. Kosta yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi |
| 52' | ![]() |
Ispanlar o‘z uslublarida to‘pn nazorat qilib, hujum tashkil qilish yo‘llarini qidirmoqda. Santush shogirdlari yaxshi himoyalanishmoqda |
| 50' | ![]() |
Portugaliyaning hujumi. Fernandes olis masofadan zarba berdi. Noaniq |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. To‘pni o‘yinga Ronaldu kiritibberdi |
| 45+1' | ![]() |
Ispaniya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Shu pallada birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. |
| 44' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:1! DAvid de Xea qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan unchalik kuchli bo‘lmagan zarbadan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘llaridan sirpanib, darvoza to‘ridan o‘rin oldi |
| 42' | ![]() |
Isko chap oyoqda jarima maydonchasi chizig‘i ustida zarba berdi. Patrisiu to‘pni egallab oldi |
| 35' | ![]() |
Vuuuuuh! Alba chap qanotdan yerlatib uzatma berdi. Jarima maydonchasidagi Inyesta to‘pni darvoza tomon burdi, ammo to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 29' | ![]() |
David Silva bergan zarba natijasida to‘p jonli devorga tegdi |
| 28' | ![]() |
Bruno Fernandesh sariq kartochka oldi. Ispaniya jarima maydonchasi tashqarisijan jarima zarbasi tepadi |
| 26' | ![]() |
VUUUUUUH! Isko! "Real" yarim himoyachisi olis masofadan kuchli zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, chiziq ustiga kelib tushdi! |
| 24' | ![]() |
GOOOOOOOL! Diyego Kosta, 1:1! To‘p oldingi chiziqqa yetkazildi. Hujumchi Pepeni 2-3 marta chalg‘itib, 15 metrdan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi. |
| 22' | ![]() |
Vuuuuuh! Portugaliya juda xavfli qarshi hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan tashkil qilingan hujum chap tomondagi Ronalduga yetkazildi. Krishtianu sherigidan to‘pni qizg‘anmadi va Gedeshni to‘p bilan ta’minladi. Gonsalu 12 metrlardan zarba berishga ulgurmadi, himoyachi xavfni bartaraf etdi |
| 21' | ![]() |
Vuuuuuh! Inyesta chap qanotdan jarima raqib jarima maydonchasiga kirib kelib, Silvaga uzatma berdi. David yo‘llagan zarba natijasida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
Ronaldu tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 17' | ![]() |
Serxio Buskets sariq kartochka oldi |
| 16' | ![]() |
Ronalduning ajoyib uzatmasidan keyin Portugaliya tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Gonsalu Gedesh olis masofadan zarba berishga qaror qildi. To‘p Ramosga tegib qaytdi |
| 15' | ![]() |
Portugallar yaxshi himoyalanishmoqda |
| 10' | ![]() |
Vuuuuh! Chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Diyego Kosta David Silvaga uzatdi. "Siti" futbolchisining zarbasiga aniqlik yetishmadi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 9' | ![]() |
Ispanlar asta-sekin to‘pni o‘z nazoratiga olishga harakat qilmoqda |
| 4' | ![]() |
GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 1:0! Ronaldu de Xeaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi! |
| 3' | ![]() |
PENALTI! Ronaldu penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Nacho aybdor! |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga ispaniyaliklar kiritib berishdi |
| ' | O‘yin boshlanishiga bir necha daqiqalar qoldi. Birozdan keyin jamoalar maydonga chiqishadi, navbati bilan madhiyalar yangraydi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. JCH-2018 guruh bosqichining markaziy o‘yinlaridan biri boshlanish arafasida. Portugaliya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi to‘qnash kelmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|