Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
JCH-2018, «D» guruhi, 2-tur
| 21 may, soat 23:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston | ||
ARGENTINA |
0 : 3 |
XORVATIYaAnte Rebich (54)
Luka Modrich (80) Ivan Rakitich (90+1) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Vilfredo Kabalyero (D) Nikolas Otamendi Nikolas Tagliafiko Gabriel Merkado Enso Peres Markos Akunya Xavyer Maskerano Maksimilyano Meza Lionel Messi Serxio Aguero Eduardo Salvio |
Daniyel Subashich (D) Deyan Lovren Shime Vrsalko Domagoy Vida Ivan Strinich Ivan Perishich Marchelo Brozovich Luka Modrich Ivan Rakitich Mario Manjukich Ante Rebich |
|
| ZAHIRA | ||
|
Franko Armani (D) Naxuyel Guzman (D) Kristian Ansaldi Federiko Fasio Markos Roxo Anxel Di Mariya Lukas Bilya Ever Banega Djovani Lo Chelso Paulo Dibala Kristian Pavon Gonsalo Iguain |
Lovre Kalinich (D) Dominik Livakovich (D) Yosip Pivarik Vedran Chorluka Duje Kaleta-Kar Tin Yedvay Filip Bradarich Mateo Kovachich Milan Badel Andrey Kramarich Marko Pyasa |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Gabriyel Merkado (51)
Nikolas Otamendi (85) Markos Akunya (87) |
Ante Rebich (39)
Mario Manjukich (58) Shime Vrsalko (67) |
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
Ravshan Ermatovning hushtagi yangradi. Argentina - Xorvatiya 0:3! Xovartiya keyingi bosqichda. Argentinaliklar musobaqani tark etish xavfi ostida qolishdi |
| 90+4' | ![]() |
Chorluka sariq kartochka oldi |
| 90+3' | ![]() |
Xorvatiyada so‘nggi o‘zgarish: Manjukich o‘rniga Chorluka tushirildi |
| 90+1' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ivan Rakitich, 0:3! Qarshi hujumda Xorvatiya raqibini jazoladi. |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90+1' | ![]() |
Vuuuuuh! Argentinada juda yaxshi imkoniyat! Mesa yaxshi pozisiyaga chiqdi, jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. Vida zarbani qaytardi |
| 87' | ![]() |
Markos Akunya ogohlantirildi |
| 86' | ![]() |
VUUUUUUUUH! Ivan Rakitich jarimadan yo‘llagan zarbasi natijasida to‘p to‘sin va ustun tutashgan nuqtaga tegib qaytdi! |
| 85' | ![]() |
Nikolas Otamendi sariq kartochka oldi. Himoyachi xunuk ish qildi. Maydon yiqilgan Rakitich tomon to‘pni tepdi ataylab |
| 83' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Perishich o‘rniga Kovachich tushirildi |
| 80' | ![]() |
GOOOOOOOL! Luka Modrich, 0:2! Supergol! "Real" yarim himoyachisi 25 metrlardan aniq zarba bilan darvoza burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi |
| 80' | ![]() |
Argentinaning pozision hujumlaridan ko‘ra xorvatlarning qarshi hujumlari xavfli chiqmoqda |
| 76' | ![]() |
Maydonda Raqitich yotibdi. Unga tibbiy yordam zarur |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Dibala o‘ng qanotdan chap oyoqda zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 68' | ![]() |
Argentinada uzoq kutilgan o‘zgarish: Paolo Dibala maydonga tushirildi. |
| 67' | ![]() |
Vrsalko sariq bilan siylandi Ermatov tomonidan |
| 66' | ![]() |
Vuuuuh! Vrsalko o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib ukzatma berdi. Manjukich to‘pni darvoza tomon burdi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi |
| 64' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Otamendi bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 64' | ![]() |
VUUUUUH! Qanday qilib? Argentina qulay vaziyatdan gol ura olmadi? Iguain bergan pasdan keyin Mesa 7-8 metrdan zarba berdi. Suabshich qaytargan to‘pni Mesa egallab olib, Messiga uzatdi. Leoning zarbasi yo‘liga Rakitich oyoq qo‘ydi va jamoasini qutqardi! |
| 63' | ![]() |
Rakitich ofsaydda. Rasulov bayrog‘ini ko‘tardi |
| 63' | ![]() |
Messi bir necha nafar futbolchilarni aldab jarima maydonchasi kirdi, ammo zarba berishga ulgurmadi |
| 62' | ![]() |
Argentinaning hujumi. Pavon o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. Xorvatlar tpni yon qanotga tepib yuborishdi |
| 58' | ![]() |
Mario Manjukich sariq oldi |
| 57' | ![]() |
Xorvatiyada o‘zgarish: Rebich o‘rniga Kramarich tushirildi |
| 56' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Perishich chap qanotdan oldinga o‘tdi va Argentina darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Manjukich bosh bilan zarba berdi. Burchak to‘pi ishlandi |
| 56' | ![]() |
Argentinada yana bir o‘zgarish: Salvio o‘rniga Pavon tushirildi |
| 55' | ![]() |
Argentinada o‘zgarish: Aguero o‘rniga Gonsalo Iguain tushirildi |
| 54' | ![]() |
GOOOOOOOL! Ante Rebich, 0:1! Argentina terma jamoasi posboni Kabalyero o‘ziga yetkazilgan uzatmani tepib yuborish o‘rniga ro‘parasida turgan Rebichga pas berdi. Ante kuchli zarba bilan darvzani ishg‘ol qildi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuuh! Raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Agueroga uzatma berildi. Serxio bir himoyachidan qochdi va zarba berdi. SUbashich to‘pni egallab oldi |
| 51' | ![]() |
IYErkado sariq kartochka oldi. Taktik fol. Rebich qarshi hujumda oldinga o‘tib ketayotgandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga start berildi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi |
| 45+2' | ![]() |
Ehhhhh, Rebich! Argentinalik futbolchi maydon markazida qo‘pol o‘ynadi, to‘p yevropaliklarda qolgani uchun Ermatov hushtak chalmadi. Natijada Modrichning uzatmasidan keyin Rebich yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ante jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga qaror qildi. Ancha noaniq: to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 44' | ![]() |
O‘yin yana maydon markaziga ko‘chdi |
| 39' | ![]() |
Ante Rebich sariq kartochka oldi |
| 37' | ![]() |
Argentinalik himoyachi Merkado jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 33' | ![]() |
Vuuuuuuuuh! O‘ng qanotdan Argentina darvozabon maydonchasiga yuqoridan uzatma berildi. Manjukich yuzma-yuz vaziyatda bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ya olmadi! |
| 30' | ![]() |
Ehhhhh, Enso Peres!!! Aguero raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni olib qo‘yib, uzatma berdi. Boshqa himoyachi to‘pni qaytardi. Peres esa to‘pni egallab olib, deyarli bo‘sh qolgan darvozaga 14 metrdan aniq zarba bera olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 28' | ![]() |
Mesa burchak to‘pini o‘yinga kiritishni qoyillatmadi |
| 27' | ![]() |
Argentinaliklar chap qanot bo‘ylab hujum tashkil qilishdi. Aguero darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Strinich bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 21' | ![]() |
VUUUUUH! Akunya chap qanotdan uzatma/zarba berdi. To‘p to‘singa tegib, narigi qanotga o‘tib ketdi |
| 20' | ![]() |
Kabalyero va himoyachilar qaltis harakat qilishidi. |
| 19' | ![]() |
Hakamlik nuqtai nazaridan bugungi o‘yin Ermatov guruhi uchun oson kechmayapti. Hamyurtlarimiz vaziyatlarni yaxshi baholashmoqda va hozircha bexato ishlashmoqda |
| 13' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messining uzatmasidan keyin Salvio o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Agueroning zarbasidan keyin to‘p Lovrenning boshidan maydonni tark etdi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuuh! Messsi! Unga ajoyib uzatma berildi. U deryali darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda yuqoridan kelayotgani to‘pni to‘xtata olmadi. Subashich to‘pni egallab oldi |
| 10' | ![]() |
Vuuuh! Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Vrsalkoga uzatma berdi. Shime oyoq bilan to‘pni 11 metrli nuqta ustidagi Perishichga yetkazdi. Himoyachi so‘nggi pallada xavfni bartaraf etdi. |
| 9' | ![]() |
Jamoalarning bugungi o‘yin uchun tanlagan taktikasi tushunarli: Argentina to‘pni nazorat qilib, kombinasion hujumlar tashkil qilish haqida o‘ylayapti, Xorvatiya esa qarshi hujumga tayanyapti |
| 6' | ![]() |
Burchak to‘pi xavfli vaziyatni taqdim etmadi. Argentinaliklar to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirishdi |
| 5' | ![]() |
Vuuuuh! Dastlabki xavfli vaziyatni xorvatlar yaratishdi. Perishich chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, olis burchak tomon zarba berdi. Kabalyero qo‘llarining uchi bilan xavfni bartaraf etdi |
| 4' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda |
| 1' | ![]() |
Ravshan Ermatovning hushtagi yangradi. To‘pni o‘yinga xorvatlar kiritib berishdi |
| ' | Argentina oq - och havorang futbolkalarda, Xorvatiya esa qora rangli liboslarda harakat qiladi. Hakamlar guruhi qizil rangli formalarni tanlashgan. | |
| 22:55' | Argentina madhiyasi yangradi, endi navbat Xorvatiyaga madhiyasiga | |
| ' | ![]() |
Diqqat, Ermatovning ortidan Argentina va Xorvatiya terma jamoalari chiqib kelishmoqda |
| ' | ![]() |
Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarining final bosqichida 10-o‘yinni boshqaradi. Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik FIFA referisi JCH-2010da 5ta, JCH-2014da 4ta o‘yinni boshqargandi. Demak, Ermatov bugun o‘ziga tegishli rekordni yangilaydi |
| ' | ![]() |
Matnli onlayn translyasiya uchun bejizga bugungi o‘yinni tanlamadik. Birinchidan, hamyurtimiz Ravshan Ermatov Mundialdagi dastlabki o‘yinini boshqradi. Ikkinchidan esa, Lionel Messi muxlislari Argentinaning navbatdagi bahsini intizorlik bilan kutishmoqda. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Rossiya davom etayotgan jahon chempionati guruh bosqichining ekvatoriga yetib kelyapmiz. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|