Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

JCH-2018. 30 iyun, soat 19:00

Nimchorak final. Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

FRANSIYa

Antuan Grizmann (13-penalti)
Benjamin Pavar (58)
Kilian Mbappe (64, 68)

4 : 3

ARGENTINA

Anxel di Mariya (41)
Gabriyel Merkado (48)
Serxio Aguero (90+3)
JAMOALAR TARKIBI
Ugo Lyoris (D)
Rafayel Varan
Lukas Ernandes
Samuel Umtiti
N’Golo Kante
Benjamin Pavar
Blez Matyuydi
Pol Pogba
Olivye Jiru
Antuan Grizmann
Klyayn Mbappe
  Franko Armani (D)
Gabriel Merkado
Nikolas Otamendi
Markos Roxo
Nikolas Tagliafiko
Anxel Di Mariya
Ever Banega
Xavyer Maskerano
Enso Peres
Kristian Pavon
Lionel Messi
ZAHIRA
Stiv Mandanda (D)
Alfons Areola (D)
Benjamin Mendi
Odil Rami
Djibril Sidibe
Presnil Kimpemb
Toma Lemar
Korenten Tolisso
Nabil Fekir
Stiven N'Zonzi
Ousman Dembele
Floryan Toven
  Naxuyel Guzman (D)
Vilfredo Kabalyero (D)
Kristian Ansaldi
Federiko Fasio
Maksimilyano Meza
Markos Akunya
Lukas Bilya
Djovani Lo Chelso
Gonsalo Iguain
Paulo Dibala
Eduardo Salvio
Serxio Aguero

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. Fransiya chorak finalga chiqdi, Argentina ortga qaytmoqda
90+5'
VUUUUUUUH! Argentina hisobni tenglashtirishi mumkin edi.
90+3'
Otamendi va Jiru sariq kartochka oldi
90+3'
GOOOOOOLLLLL! Serxio Aguero, 4:3! Qanotdan yetkazilgan uzatmani "Siti" hujumchisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Di Mariya qap qanotdan jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Burchak to‘pi
89'
Fransiyada o‘zgarish: Mbappe o‘rniga Floryan Toven tushirildi
87'
Janubiy amerikaliklar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ernandes bosh bilan uzatmani qaytardi
86'
Messining uzatmasidan keyin Aguero jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p himoyachidan o‘tmadi
85'
VUUUUUUH! Messi 3 nafar himoyachini aldab o‘tdi, jarima maydonchasiga kirdi va o‘ng oyoqda zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi
83'
Fransiyada o‘zgarish: Grizmann o‘rniga Nabil Fekir tushirildi
80'
Mesa jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qilib, uzatma berdi. To‘p himoyachining oyog‘i orqali darvozabonning qo‘liga borib tushdi
73'
Evropaliklar xavfli qarshi hujum tashkil qilishdi: 3 hujumchi 2 nafar argentinalik himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Mbappe so‘nggi pas berishni qoyillatmadi.
72'
Argentinaliklar chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Himoyachilar uzatmani qaytarishdi
70'
Vuuuh! Yana qarshi hujum va Jiru zarba berdi. Biroz naoniq
68'
GOOOOOOOL! Kilian MBAPPE, 4:2! Hujumchi Argentinani nokdaunga uchratmoqda! Qarshi hujumda fransuzlar Mbappeni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. "PSJ" futbolchisi aniq zarba bilan hisobni oshirdi
67'
Messi olis masofadan jarima zarbasini tepdi. Jonli devorga tegib qaytgan to‘pga Leo yana zarba berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi
66'
Argentinada o‘zgarish: Enso Peres o‘rniga Serxio Aguero tushirildi
64'
GOOOOOOOL! Kilian Mbappe, 3:2! "PSJ" hujumchisining bir o‘zi Argentina mudofaasini parchalab tashladi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Mbappe egalladi, bir fint bilan ikki himoyachi orasida o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Armani qo‘llarining ostidan to‘pni o‘tkazib yubordi
58'
GOOOOOOOOL! Benjamin Pavar, 2:2! Fransuzlar o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga uzatma berildi. Himoyachi to‘pni qaytara olmadi. Pavar esa 17 metrlardan shunday zarba berdiki, to‘p olis burchakka kirib ketdi! Juda chiroyli gol!
48'
GOOOOOOOOOL! Gabriyel Merkado, 1:2! Argentinaliklar "standart"ni amalga oshirishdi. Himoyachi uzatmani qaytardi, ammo to‘p Messiga kelib tushdi. Leoning zarbasiga Merkado muvaffaqiyatli oyoq qo‘ydi va gol!
48'
Ikkiichi bo‘limda Argentina terma jamoasida uzgarish bo‘ldi. Markos Roxo o‘rniga Federiko Fasio tushirildi
46'
Ikkinchi bo‘limga start berildi.
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha hisob — 1:1. Tanaffus
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
43'
Xavyer Maskerano sariq kartochka oldi
41'
GOOOOOOOOOL! Anxel Di Mariya! 30 metrlardan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi. Chiroyli gol! 1:1
41'
Messi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
38'
Pavon o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib, yerlatib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar qaytarishdi to‘pni
36'
To‘p asosan maydon markazida aylanmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
30'
Evropaliklar qarshi hujum tashkil qilishdi. Pogbaning uzatmasidan keyin Mbappe to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Ammo u bu safar himoyachini aldab o‘ta olmadi
27'
Vuuuuuh! Argantinada ajoyib imkoniyat. Pavonning chiroyli uzatmasidan keyin Merkado o‘ng tomondan Fransiya jarima maydonchasiga yorib kirib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p Umtitidan maydonni tark etdi. Ammo Fag‘oniy burchak to‘pi belgilamadi
26'
Vuuuuh! Grizmann o‘ng qanotdan bir himoyachini aldab, raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Armani to‘pni egallab oldi
25'
Maskerano jarima maydonchasi ichidagi Enso Peresga uzatma berdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi. Lyoris to‘pni egallab oldi
23'
Burchakdan yetazilgan uzatmani himoyachilar bosh bilan qaytarishdi
22'
Banega olis masofadan zarba berdi. Rekoshet holatida to‘p maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
21'
Eh, Pogba! 17 metrlardan bunchalik kuch bilan tepmaydida! Yuqoridan o‘tib ketdi. Grizmannga bermaysanmi?
19'
Vuuuuh! Mbappe yana penalti ishlashgi mumkin edi. Fag‘oniy jarima maydonchasi chizig‘i tashqarisidan jarima zarbasi belgiladi. Eronlik hakam juda to‘g‘ri qaror chiqardi. Kilianni to‘xtatish juda qiyin bo‘lyapti Argentina uchun
18'
Argentina burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi
16'
Argentinaliklar to‘pni nazorat qilishmoqda
13'
GOOOOOOOL! Antuan Grizmann, 1:0! Hujumchi markaz bo‘ylab zarba berdi, Armani yon tomonga tashlandi.
11'
PENALTI! Argentina darvozasiga! Mbappe butun maydonni katta tezlikda bosib o‘tib, raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. Roxo uni qo‘li bilan yiqitdi
9'
VUUUUUUUHHH! Fransiya terma jamoasi jarima to‘pini tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Darvozagacha 27 metrlardan belgilangan jarima zarbani Grizmann amalga oshirdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
5'
Argentinaliklar maydon markazida to‘pni egallab olib, chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Di Mariyani to‘p bilan ta’minlashdi. "PSJ" yarpim himoyachisining uzatmasi ancha noaniq bo‘ldi
4'
Messiga qarshi fol ishlatildi. Jarima to‘pi jarima maydonchasiga yetkazildi. Fransuzlar to‘pni egallab olib, xavfni bartaraf etishdi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Jahon chempionatida pley-off bosqichining dastlabki o‘yini boshlandi. Fransiya - Argentina!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.